TADQIQOT NATIJALARI
O.Berdiyeva hozirgi iqtisodiy oʻtish davrida taʼlim jarayonini isloh etishda muammolar
mavjudligi va shu muammolarning bir qismini hal etishda oʻqituvchidan tashabbuskorlik,
izlanuvchanlik va ijodkorlik talab qilinishi va taʼlim jarayonida yangi pedagogik texnologiyaning
maqsadi, maqsadga erishish uchun undan samara berilishiga toʻxtalib, yangi mavzuni
tushuntirishda oʻqituvchi reja asosida savol-javob, chizma, kerakli kompyuter vositalaridan
foydalanishi lozimligini keltirgan. Shundagina oʻqituvchining xotirasida mavzu uzoq vaqt
saqlanib qolishi toʻgʻrisida fikr yuritilib, oʻqituvchi dars oʻtishda nimalarga eʼtibor berishi
kerakligi haqida maʼlumotlar keltirgan.
R.Safarova va L.Shermatov oʻz asarlarida pedagogika fanining muammosi va ularni
qanday yechish kerakligi toʻgʻrisida toʻxtalganlar. Taʼlim-tarbiya boʻyicha uning samaradorligini
oshirish uchun ilmiy jihatdan shaxsni rivojlantirish va uning manfaatlarini uygʻunlashtirish,
dunyoqarashini moddiy jihatdan rivojlantirish haqida ham fikr yuritganlar. Bunda oʻquvchi
jamiyat taraqqiyotini faol rivojlantirishda ijtimoiy va siyosiy, texnikaviy apparatlardan
foydalanib, oʻz ustida koʻproq ishlashi lozimligi koʻrsatib berilgan.
U.Nishonaliyev tadqiqotlarida dasturli texnologik vositalar majmuasi va ularni
kompyuter orqali taʼlim jarayoniga tatbiq etish, oʻquvchi shaxsini rivojlantirish orqali taʼlim
maqsadiga erishish uchun taʼlim-tarbiya jarayonini loyihalash, axborot va pedagogik
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
2022
№ 3
137
texnologiyaning metodlaridan foydalanish, oʻqituvchi va oʻquvchilarning hamkorlikda faoliyat
koʻrsatish imkoniyatlari va vositalari, oʻquvchilarning ijobiy, shaxsiy sifatlari toʻgʻrisida aytib
oʻtilgan va shunga amal qilish lozimligi qayd etilgan.
Pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun oʻziga xos vositalar zarur boʻladi. Har
bir pedagogik texnologiyada qoʻllaniladigan vositalar umuman oʻxshash boʻlib, ularning turlari
koʻp. Ularni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: verbal, noverbal, vizual, studiya,
tabiiy, oʻquv anjomlari hamda maktab jihozlari.
Verbal vositalarning asosini axborot tashkil qiladi. Bular soʻzlar bilan ifodalanadigan
axborotlar boʻlib, ularni soʻz orqali ifodalab berish uchun oʻqituvchi uni oʻzlashtirgan boʻlishi,
yaʼni shu axborot haqida bilimga ega boʻlishi kerak. Boshqacha aytganda, pedagogik
texnologiyalarning verbal vositalari oʻqituvchining bilimlari darajasidagi axborot hisoblanadi.
Shu sababli hozirgi taʼlim jarayonida faqat oʻqituvchi va oʻquvchilarning ishtirok etishi yetarli
boʻlmay qoldi.
Zamonaviy taʼlimni amalga oshirishning yana bir zarur sharti oʻquv fanlari boʻyicha
axborot manbalari, shu jumladan, yangi axborot texnologiyalaridan tez va qulay foydalanish
imkonini beruvchi turlaridan har bir oʻqituvchi va oʻquvchi erkin foydalana oladigan sharoit
yaratishdan iborat. Yaʼni, hozirda sifatli taʼlim berish uchun oʻqituvchi oʻquvchiga zarur
axborotlarni yetkazib turuvchi xizmatdan iborat faoliyatni tashkil qilish zarur. Bu yoʻnalish
axborot texnologiyalarini taʼlim-tarbiya jarayoniga joriy qilish yoʻnalishi deb nomlanadi. Shu
axborotlarni oʻquvchilar tushuna oladigan mantiqiy shakllarda ifodalash oʻquvchi bilan
oʻqituvchining verbal muloqotini tashkil qiladi.
Verbal muloqot shakllari turli boʻlib, ularning asosiylari nutq soʻzlash, suhbatlashish,
savol berish, savolga javob berish, bahs, munozara, xabar berish, maslahat, nasihat, tanbeh,
tabrik, salomlashish, xayrlashish kabilarni oʻz ichiga oladi. Ushbu verbal muloqot shakllarida
qoʻllaniladigan nutq intonatsiyalari soʻzlovchining fikri uning maqsadiga muvofiq boʻlgan
maʼno-mazmunni chuqurlashtirish, yaqqollashtirish imkonini beradi. Oʻqituvchi oʻquvchi uchun
maʼlum boʻlgan tushunchalarga asoslangan holda yangi axborotlar bilan tanishib, uni tushuntirib
beradi. Bu jarayonda oʻquvchilar diqqatni jamlash, tinglash, eshitish, anglash, idrok qilish,
mantiqiy fikrlash, xotirada saqlash, qayta eslash faoliyatlari bilan band boʻladilar. Bunda
oʻquvchining qiziqishi, ehtiyoji, manfaatdorligi, qobiliyat, isteʼdod, iqtidori uning muvaffaqiyati
asosi boʻladi.
Koʻpchilik olimlar taʼlim obyekti deb, oʻqitish jarayonining maqsadi, mazmuni,
qonuniyatlari,
metodlari
va
tamoyillarini
koʻrsatadilar.
Taʼlim-tarbiya
tizimini
takomillashtirishni bevosita zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishning innovatsiya
jarayoni deb qarash mumkin. Biz bunda “innovatsiya”ni biror-bir sinf oʻquvchilari faoliyatini
takomillashtirish uchun kiritilayotgan va bu innovatsiya subʼekti tomonidan yangilik deb qabul
qilingan yondashuvni tushunamiz.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarning pedagogik jamoada muvaffaqiyatli joriy
qilinishi va yaxshi samara berishi bir qator omillarga bogʻliq. Ularni uchta katta guruhga ajratish
mumkin: birinchi guruh omillari kiritilayotgan yangilikning mazmuni, sifati va boshqa
xususiyatlari bilan bogʻliq. Bunda yangilikning mukammalligi, tajribada sinab koʻrilganligi va
milliy-mahalliy sharoitga mosligini chuqur oʻrganish va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchi guruh esa yangilikni kiritishga oid yondashuv bilan bogʻliq omillarni qamrab oladi:
ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
|