• TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
  • Texnologiyalarining samaradorligi




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/8
    Sana23.07.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #268317
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    boshlang-ich-ta-limda-didaktik-o-yinli-ta-lim-texnologiyalarining-samaradorligi

    2022 
    № 3
    135 
    Bugungi kunda har bir sohaning takomillashishi, rivojlanishi uchun xilma-xil metodlar 
    qoʻllanilayotganidek, taʼlim-tarbiya sohasida ham turli xil metodlardan foydalanilmoqda. 
    Shundan tabiat haqidagi fan – tabiatshunoslik darslarini oʻqitishda didaktik oʻyinli 
    texnologiyalarning metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki tabiatshunoslik 
    darslarida qoʻllaniladigan metodlarning xilma-xilligi oʻquvchida fanni bilishga qiziqishini 
    orttiradi. 
    TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
    Didaktik oʻyinli taʼlim texnologiyasining oʻziga xos jihati, anʼanaviy taʼlimdagidan farq 
    qilib, boshlangʻich sinf oʻquvchilarining mustaqilligi va oʻquv fani faoliyatini ta’qiqlamasdan, 
    balki belgilangan maqsadga yoʻnaltirish oʻquv faoliyatini hamkorlikda tashkil etishni talab etadi. 
    Ularni faoliyatiga ongli ravishda yoʻllash biror-bir faoliyatni buyruq orqali amalga oshirmasdan, 
    balki samarali tashkil etish orqali oʻquvchilarda fan asoslarini oʻrganishga boʻlgan qiziqishlarini 
    orttirish, shaxsning ehtiyoji, qiziqishi imkoniyatlarini chegaralamasdan erkin tanlash huquqini 
    berish sanaladi.
    Bunday darslarni olib borishda oʻquvchining tabiatshunoslik fanidan toʻliq bilim olishi, 
    axloqli boʻlishi, biror-bir kasb tanlash isteʼdodini ravnaq toptirish, xalqimizning yaxshi 
    fazilatlarini egallashi uchun avvalo oʻqituvchining ijodiy mehnat qilishi talab etiladi. Oʻqituvchi 
    oʻquvchiga nisbatan sergak, ziyrak boʻlib, uning qiziqishi, qobiliyatini hisobga olib
    murabbiylarcha muomalada boʻlishi darkor. Shundan keyingina darslarda foydalaniladigan 
    didaktik oʻyinli texnologiyalar oʻquvchilarning bilish faoliyatini faollashtirib, darslik va 
    qoʻshimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish, 
    ularni ongli ravishda kasbga yoʻllash, didaktik oʻyin davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni 
    bartaraf etishda moʻljalni toʻgʻri olish, har xil vaziyatlarni tahlil qilib, toʻgʻri xulosa chiqarishga 
    zamin tayyorlaydi.
    Metodist oʻqituvchilarning koʻp yillik tajribalari va kuzatishlaridan didaktik oʻyinlar 
    boshqa fanlar qatori tabiatshunoslik darslari va darsdan tashqari mashgʻulotlarning mazmunli 
    boʻlishida eng qulay va samarali usullardan biri hisoblanishi qayd qilingan. Darsda didaktik 
    oʻyinlardan foydalanish oʻquvchilarning qiziqishi, hozirjavobligini bilishni chuqur egallashga 
    qaratilgan koʻnikma va malakalarni oshirishi koʻrsatib oʻtiladi. Shuningdek, taʼlim jarayonining 
    samaradorligini oshirish maqsadida bir qator innovatsion texnologiyalar, jumladan
    tabiatshunoslik darslarida rolli oʻyinlar, klaster, ishbilarmonlar oʻyini va boshqalardan 
    foydalanish zarurligi haqida ham fikr yuritilgan.
    M.Xolmetov maktabgacha yoshdagi bolalar taʼlim-tarbiyasiga qoʻyiladigan davlat 
    talablarining asosiy maqsadida kelajak avlodni jismonan va ruhan sogʻlom tarbiyalash, 
    maktabgacha tayyorgarlik tushunchasi bolaning aqliy va maxsus tayyorgarlik yoʻnalishlarini oʻz 
    ichiga olganligi, avvalo jismoniy tayyorgarlik deganda, kichkintoy oʻziga mos milliy 
    oʻyinlarning qoidalari, unda faol ishtirok etishi belgilangan topshiriqlarni bajara olishi haqida 
    fikr yuritgan.
    J.Tolipova va N.Numanovalar uzluksiz taʼlim tizimining mustaqil turi tarkibiga kirgan 
    barcha vazifalarni amalga oshirish uchun zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish 
    mumkinligi haqida toʻxtalganlar. Unda umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi taʼlim-tarbiya 
    jarayonida modulli taʼlim, didaktik oʻyinli taʼlim, muammoli taʼlim texnologiyalaridan 
    foydalanish yoʻllari koʻrsatilgan.


    ISSN: 2181-3337
    SCIENCE AND INNOVATION 
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish