• Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga bo‘lgan turli xil yondashuvlar
  • 3-Mavzu: Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari Reja: Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga bo‘lgan turli xil yondashuvlar




    Download 232.63 Kb.
    bet1/6
    Sana28.03.2024
    Hajmi232.63 Kb.
    #180292
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    3-4
    MTA Majmua(2021), 1, 4-Karno kartadan foydalanib mantiqiy ifodalarni minimallash, Kalendar reja algoritm, Ishchi dastur(Dasturlash I) 24.11.2021, 1 -amaliyot, 4-Lab, Yurtimiz mustaqillikga erishishidan oldin milliy urf odat, 7-8-mavzuDT larni sertifikatlashtirish, Axborotlarni izlash va ajratib olish fanidan mustaqil ish Mavzu, Abdulla Oripov O\'zbekiston (qasida), 2 lab Yarashov Diyorbek, TATU NF Hemis axborot tizimi, Algo 1-299, prezentatsiya

    3-Mavzu:Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari
    Reja:
    1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga bo‘lgan turli xil yondashuvlar.
    2. Iqtisodiy tizimlar va ularning modellari.
    3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni.
    4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning iqtisodiy mazmuni.


    1. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga bo‘lgan turli xil yondashuvlar

    Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib borib, uning turli bosqichlariga o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq keladi. Insoniyat taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo‘lgan iqtisodiy tizimlarni o‘rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o‘zgaruvchan ekanligini bilishda muhim ahamiyatga egadir. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo‘lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - tarixiy-formatsion yondashuv; -sivilizatsiya darajasi jihatidan yondashuv; - texnik va texnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv; - ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar o‘zgarishi jihatidan yondashuv. Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor berilgan. Ishlab chiqarish usuli ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish iqtisodiy munosabatlarining birligidan iborat. Ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari, ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birgalikda jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlarini tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqaruvchi kuchlar-bu ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar bilan tabiat o‘rtasidagi bog‘lanishni amalga oshiruvchi shaxsiy va texnik-buyumlashgan elementlar tizimidan iborat. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim mezoni va umumiy ko‘rsatkichidir. Odamlar ishlab chiqarish jarayonida faqat tabiat ashyolari va boshqa moddiy ashyolar bilan emas, shu bilan birga o‘zaro bir-biri bilan ham munosabatlarda bo‘ladilar, ya’ni ishlab chiqarish munosabatlariga kirishadilar. Bunda ishlab chiqarishda tarkib topadigan tashkiliyiqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bir-biridan farq qiladi. Tashkiliy-iqtisodiy munosabatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish jarayonida vujudga keladi. Mazkur munosabatlar kishilar o‘rtasidagi aloqalar sifatida namoyon bo‘lib, shu bilan birga ishlab chiqarish holatini bevosita tavsiflaydi, ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti muayyan bosqichlarining xususiyatlarini va ularning ijtimoiy uyg‘unlashuvini aks ettiradi. Bu masalan, mehnat taqsimoti, uni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, ishlab chiqarishning to‘planishi va uyg‘unlashtirilishidir



    1. Download 232.63 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 232.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari Reja: Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga bo‘lgan turli xil yondashuvlar

    Download 232.63 Kb.