Texnologiyalarining samaradorligi




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana23.07.2024
Hajmi0,62 Mb.
#268317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
boshlang-ich-ta-limda-didaktik-o-yinli-ta-lim-texnologiyalarining-samaradorligi

2022 
№ 3
138 
yangilik kiritishning rejalashtirilganligi, bosqichma-bosqichlilikka amal qilinganligi. Uchinchi 
guruh ijtimoiy-psixologik omillar boʻlib, uning tarkibiga yangilikka pedagogik jamoa 
munosabati, rahbarlik uslubi va boshqalar kiradi. Har qanday yangilik kiritilishi, shu jumladan
zamonaviy pedagogik texnologiyaning joriy qilinishi va zaruriy samara berishi pedagogik jamoa 
aʼzolarining yangilikni qanday qabul qilishi, unga boʻlgan munosabatiga bogʻliq.
Odatda yangilikning kiritilishi jarayonida yangilikka nisbatan psixologik gʻov paydo 
boʻladi. Psixologik gʻov yangilikka tegishli boʻlgan pedagogik jamoaning oʻz yangiligiga 
nisbatan befarq yoki salbiy munosabatida namoyon boʻladi. Kishilarda bunday psixologik gʻov 
ochiq yoki yashirin holda uchrashi kuzatiladi. Tadqiqot natijalarining koʻrsatishicha, bunday 
gʻov kishilarning odatdagi faoliyat uslubini afzal koʻrishi, noaniqlikdan qoʻrqishi, ortiqcha 
ishlarning paydo boʻlishi, innovatsiyaning zaruriyati yoki muhimligini tushunmasliklari bilan 
bogʻliq.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni taʼlim jarayoniga tatbiq etish samaradorligiga 
pedagogik jamoa rahbarlarining yangilikka munosabati, boshqaruv uslubi, rahbar va xodimlar 
oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar xususiyatlari kuchli taʼsir koʻrsatadi. Pedagogik jamoa 
aʼzolarining bu yangilik haqida toʻliq zaruriy maʼlumotlar bilan taʼminlanishi hamda ularning bu 
munosabatni yaxshilashga yoʻnaltirilgan tadbirlar olib borishi zarur.
Taʼlim jarayonida didaktik o‘yin texnologiyalari didaktik o‘yinli dars shaklida 
qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati bilan 
uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi. Didaktik o‘yinli darslar 
o‘quvchilarning bilim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unligi, mazmuni va mohiyatiga 
ko‘ra syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlik o‘yini, konferensiyalar va o‘yin 
mashqlariga ajratiladi. Darsda didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanishdan oldin bunday 
o‘yinga mos keluvchi mavzuni tanlash lozim.
Dars o‘tishda didaktik o‘yinli texnologiyalardan foydalanganda dars davomida didaktik 
jarayon ketadi. Didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma-ketlikda yo‘lga qo‘yish 
o‘quvchilarning bilimini belgilangan maqsadlarga mos holda tanlangan o‘qitish metodlari 
yordamida tashkil etishdir. O‘qitish metodlari o‘z mohiyati va mazmuniga ko‘ra maʼlum 
pedagogik nazariyaga asoslangan u yoki bu tasnifga tegishli bo‘ladi. Ularning samaradorligi 
to‘g‘risida fikr yuritilganda o‘qitish jarayonini izga soladigan va uni maqsadli yo‘naltira 
oladigan, o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorligidagi faoliyatini taʼminlash asosida jamiyat 
tomonidan maktab akademik litsey, kasb-hunar kolleji oldiga qo‘yilayotgan maqsadga 
nechog‘lik erishilayotganini ko‘zda tutish kerak. Yoxud o‘qitish metodlari bevosita taʼlim 
amaliyotida alohida o‘rin tutadi.
MUHOKAMA
O‘qitish metodi dastlab pedagog ongida faoliyatning umumlashgan loyihasi tarzida 
mavjud bo‘ladi. Bu loyiha amaliyotga o‘qituvchi faoliyatining o‘zaro tutashuvi tekisligida, 
o‘qitishning aniq harakatlar, amallar yoki metodlar majmuasi sifatida joriy etiladi. Pedagogik 
nashrlarda o‘qitish metodlarini faol va sust guruhlarga ajratish hollari mavjud. Agar har bir 
metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishda o‘z o‘rnida ishlatilsa, shubhasiz, faoldir. 
Pedagogik texnologiyalar ham darsda o‘quvchilar faolligining yuqori darajasini taʼminlash 
asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi.


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish