|
Texnologiyalarining samaradorligiBog'liq boshlang-ich-ta-limda-didaktik-o-yinli-ta-lim-texnologiyalarining-samaradorligi 2022
№ 3
136
Darslarda foydalaniladigan didaktik oʻyinli texnologiyalar oʻquvchilarning bilim
faoliyatini faollashtirish, darslik va qoʻshimcha adabiyotlardan mustaqil foydalanish, nutq va
muloqot madaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasbga yoʻllash, didaktik oʻyin
davomida vujudga kelgan qiyinchiliklarni bartaraf etishda moʻljalni toʻgʻri olish, har xil
vaziyatlarni tahlil qilib, toʻgʻri xulosa chiqarishga zamin tayyorlaydi.
A.Zikiryayev va boshqalarning fikricha, taʼlim jarayonida didaktik tamoyillar muammosi
barcha davrlarda oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborida boʻlgan. Ular bu borada mutaxassislarning
erishgan yutuqlari bilan birga hozirga qadar taʼlim tamoyillari tizimining ilmiy asoslari
mukammal ishlab chiqilmaganini qayd etishgan.
A.Yusupova, R.Qurbonniyozovlar fikricha, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da
taʼlimda eng zamonaviy hisoblangan pedagogik texnologiyalarni qoʻllashga erishish
masalalariga hamda inson omiliga alohida eʼtibor qaratilgan boʻlib, uning negizida “tizimli
yondashuv” yotadi. Pedagogik texnologiyaning asosini ham “tizimli yondashuv” tashkil etadi va
uning eng muhim belgisi hisoblanadi. Uzluksiz taʼlimda pedagogik texnologiyaning asosini
tizimli yondashuv loyihalari va shu bilan birga boshlangʻich taʼlimda pedagogik texnologiyadan
samarali foydalanishda nimalarga eʼtibor berish lozimligi koʻrsatilgan.
Undan tashqari maʼlumki, anʼanaviy taʼlimda, taʼlim maqsadi, mazmuni, oʻqitish
uslublari, nazorat natijalarini baholash kabi koʻplab jarayonlar maʼlum bir tizimsiz amalga
oshirilgan, yaʼni ularni bajarish oldidan loyihalashtirilmagan. Boshlangʻich taʼlimda
oʻquvchilarga tayyor maʼlumotlar berib, oʻquvchilar ularni xotiralarida saqlab qolishlarini
taʼminlashdan iborat boʻlgan eski taʼlimda kafolatlangan natijaga erishish fikri yuritilmagan.
Boshlangʻich taʼlimda har bir masalaga chuqur yondashib, oldindan loyihalashtirilgan
maʼlumotlarni faqat oʻqituvchi beribgina qolmay, balki oʻquvchilarni mustaqil ishlashi, darsda
oʻqituvchi bilan fikr almashishishiga eʼtibor qaratilgan va kafolatlangan natijaga erishish haqida
fikr yuritilib, anʼanaviy va noanʼanaviy taʼlimni taqqoslab, ularning afzalliklari ochib berilgan.
|
| |