• Darsning mavzusi: Yirtqich hayvonlar (Tabiatshunoslik, 3-sinf). Darsning taʼlimiy maqsadi
  • Darsning borishi.
  • Texnologiyalarining samaradorligi




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/8
    Sana23.07.2024
    Hajmi0,62 Mb.
    #268317
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    boshlang-ich-ta-limda-didaktik-o-yinli-ta-lim-texnologiyalarining-samaradorligi

    2022 
    № 3
    139 
    Quyida umumiy o‘rta taʼlim maktablarining boshlang‘ich sinflarida o‘qitiladigan 
    “Tabiatshunoslik” o‘quv fanini o‘qitishda didaktik oʻyinli taʼlim texnologiyalariga asoslangan 
    dars ishlanmalari keltirilmoqda.
    Darsning mavzusi:
    Yirtqich hayvonlar (Tabiatshunoslik, 3-sinf).
    Darsning taʼlimiy maqsadi:
    Tabiatshunoslikni oʻqitishda oʻquvchilarni hayvonot 
    dunyosining oʻziga xos xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishtirish.
    Darsning tarbiyaviy maqsadi:
    Oʻquvchilarga tabiatshunoslikni oʻqitish orqali mustaqil 
    fikr va ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
    Darsning 
    rivojlantiruvchi 
    maqsadi:
    Oʻquvchilarning umumiy va xususiy 
    tabiatshunoslik tushunchalari, darslik va qoʻshimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, 
    mustaqil fikr yuritish koʻnikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish.
    Darsni jihozlash:
    Mavzuga oid koʻrgazmali vositalar, tarqatma va didaktik materiallar.
    Darsda foydalaniladigan texnologiya:
    Didaktik oʻyinli taʼlim texnologiyasi (ijodiy 
    oʻyin metodi).
    Darsning borishi.
    I. Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axboroti, oʻquvchilarni darsga tayyorlash.
    II. Oʻtgan mavzuni soʻrash: oʻtgan mavzu yuzasidan oʻquvchilarning oʻzlashtirgan 
    nazariy bilimi, amaliy koʻnikma va malakalarini nazorat qilish va baholash.
    III. Yangi mavzu bilan tanishtirish: oʻquvchilarni dars mavzusi va darsning borishi bilan 
    tanishtirish. Oʻqituvchi oʻtgan mavzu yuzasidan oʻquvchilarning bilimini reyting mezoni asosida 
    baholagandan soʻng, yangi mavzuning maqsadi, vazifalari haqida, shuningdek, didaktik oʻyinli 
    taʼlim texnologiyasi va uning ijodiy oʻyin metodi haqida ilmiy tushunchalar berib, sinf 
    oʻquvchilarini 3 guruhga: “Tabiatshunos”, “Pedagog”, “Psixolog” guruhlariga ajratadi va dars 
    jarayonini oʻtkazish texnologiyasini amalga oshiradi. Darhaqiqat, oʻqituvchi mashgʻulotni 
    boshlashdan avval tinglovchilarni ijodiy oʻyin metodini oʻtkazishga qoʻyilgan talablar va 
    qoidalar bilan tanishtiradi.
    1-bosqich.
    Har bir guruhdagi tinglovchilar oʻz mavzulari boʻyicha kerakli materiallar, dalillar 
    misollar, aniq fikrlar, oʻz fikrini tasdiqlovchi koʻrgazmali materiallar, imkoni boʻlsa videofilm, 
    maqolalar, mutafakkir va olimlarning soʻzlari va boshqalarni tayyorlaydilar. Guruhdan bir 
    kishini himoya uchun tanlaydilar, qolganlar esa oʻz fikrlarini qoʻshimcha qilishlari mumkin. 
    Oʻqituvchi sinf oʻquvchilarining tayyorgarlik koʻrish imkoniyatlarini hisobga olgan holda vaqt 
    beradi.
    2-bosqich.
    Guruhlar himoyaga tayyor boʻlgach, oʻqituvchi guruhlarning biriga himoya uchun soʻz 
    beradi (himoyaga chiqish ixtiyoriy ravishda boʻlishi mumkin). Guruh vakili guruh nomidan 
    soʻzga chiqib, ularga berilgan mavzuni tayyorlangan materiallar, dalillar asosida himoya qilishga 
    kirishadi. Guruh vakili soʻzini tugatgach, guruhning qolgan aʼzolari qoʻshimcha fikrlar 
    bildirishlari mumkin.
    3-bosqich.
    Mashgʻulotlarning 2-bosqichidagi kabi bu bosqichda ham oʻqituvchi navbatdagi guruh 
    vakiliga himoya uchun soʻz beradi. Ikkinchi guruh ham birinchi guruh kabi oʻz mavzusini 
    himoya qiladi. Himoya tugagach, oʻqituvchi mashgʻulotning keyingi bosqichiga oʻtadi. Har 


    ISSN: 2181-3337
    SCIENCE AND INNOVATION 
    INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

    Download 0,62 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0,62 Mb.
    Pdf ko'rish