|
Kirish. Fanning rivojlanish bosqichlari, mazmuni va vazifalari
|
bet | 1/3 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 63,5 Kb. | | #156687 |
Bog'liq 1Kirish геномика..
Kirish. Fanning rivojlanish bosqichlari, mazmuni va vazifalari
REJA
Genomika haqida tushuncha, uning shakllanish tarixi, predmeti, vazifalari va ob’ektlari.
Zamonaviy biologik tadqiqotdarda genomikaning ahamiyati.
Genomikaning rivojlanish bochqichlari
1. O’tgan asrning 90-yillariga kelib genomika fani paydo bo’la boshladi. Hozirgi kunga kelib bir qancha organizmlar, jumladan odam, sichqon, tovuq, qurbaqa, bir qancha baliq turlari, chuvalchanglar, yuzlab viruslar va bakteriyalar hamda yuzlab o’simlik turlarining genom ketma-ketliklari aniqlandi.
Genom - organizm hujayrasida to’plangan irsiy materialning yig’indisidir. Genom organizmni qurish va saqlab turish uchun kerak bo’lgan biologik axborotni saqlaydi. Barcha genomlar, shu jumladan inson genomi va boshqa qolgan barcha hujayrali hayot formasiga ega bo’lgan genomlar DNK dan tuzilgan, lekin ba’zi bir viruslar genomi RNK dan iborat. SHu bilan birga, “genom” terminining boshqacha talqini ham mavjud. Bunda genom deganda ma’lum turning genetik materiallari xromosomalarni gaploid naborida yig’ilgani tushuniladi.
Eukariotlarning genomi o’lchami haqida gapirilganda, aynan genomning mana shu talqini haqida tushuniladi. Odamda (Homosapiens) somatik hujayralar irsiy materiali yadroda joylashgan 23 juft xromosomada (22 juft autosom va 1 juft jinsiy xromosoma) namoyon bo’ladi. Bundan tashqari hujayra ko’plab nusxadagi mitoxondrialDNKga ega. Odamning 22 autosoma, X va U jinsiy xromosomlari, mitoxondrial DNK birgalikda bo’lib taxminan 3,2 mlrd juft asosni tashkil qiladi.
«Gen» termini daniyalik botanik Vilgelm Iogans tomonidan 1903 yili, ya’ni Uilyam Betson «genetika» terminini kiritgandan 3 yil o’tib ishlatilgan. Grek tilidan tarjima qilinganda «gen» - bu «avlod», shuning uchun «genetika» – bu ajdoddan avlodga belgilarni o’tishini o’rganuvchi fandir.
«Genom» termini 1920 yilda GansVinkler tomonidan bir biologik tur organizmlarning xromosomalari gaploid naborida yig’ilgan genlarni yozish uchun ishlatilgan. Gen nasliy belgilarni nasldan-naslga o’tkazuvchi irsiy omil bo’lsa-gennom ularda qismlarni bir butun qilib birlashtirish ma’nosini beradi, shuning uchun «genom» deganda genlarni bir butunlikka birlashtirishga tushuniladi.
Gen – irsiy axborot birligi bo’lib, genom yoki xromosomada ma’lum o’rinni egallagan va organizmda ma’lum funksiyani nazorat qiladi.
Genomning o’lchami va genlarning miqdoriga qarab genomlar 2ta sinfga bo’linadi.
1) katta bo’lmagan kompakt genomlar, ular odatda 10 million juft asosdan ko’p bo’lmaydi. 2) katta o’lchamdagi genomlar, ularning tarkibi 100 million juft asosdan ko’p bo’ladi.
Genomikaning 5ta bo’limi mavjud: 1) Strukturaviy genomika, 2) Funktsional genomika, 3) Solishtirma genomika, 4) evolyutsion genomika va 5) Tibbiyot genomikasi.
|
| |