|
Zamonaviy biologik tadqiqotdarda genomika fanining ahamiyati
|
bet | 2/3 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 63,5 Kb. | | #156687 |
Bog'liq 1Kirish геномика..2. Zamonaviy biologik tadqiqotdarda genomika fanining ahamiyati. Genomika biologiyaning ilmiy tajribalari asosida olingan natijalarni tahlil qiladi. Bugungi kunda butun dunyoda genomika buyicha olib borilayotgan ilmiy izlanishlarda bioinformatikaning ahamiyati katta. Bioinformatika barcha xilma-xillikdagi genlarni ajratib olish jarayonini yoritishda muhim rolь o’ynovchi fan hisoblanadi. Genomdan genni ajratib olish kabi jarayonlar genomni belgilash deb ataladi.
Genomika usullari asosida olingan molekulaning fazoviy strukturasini bilgan holda uning qanday ishlashini va uning ishlashiga qanday ta’sir eta olishni bashorat qilish mumkin. Biologiya, kimyo, fizika, matematika hamda informatika fanlarini birlashtirish biologik tizimni har tomonlama tavsiflash imkonini beradi.
Bioinformatika texnologiyalaridan foydalanib qilingan biologiya sohasidagi yangi kashfiyotlar tez suratda tibbiyot, farmakologiya, kosmetologiya, biotexnologiya, qishloq xo’jaligi, ekologiya va boshqa sohalarda jalb qilinadi. Bioinformatika mustaqil ravishda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan natijalar beradi va shuningdek biologiyaning turli sohalarida ishlash uchun sharoit bilan ta’minlaydi.
Bioinformatika bo’yicha ishning katta qismi biologik axborotni saqlash va uni tahlil qilish uchun ma’lumotlar bazasidan foydalanish texnologiyalari atrofiga jamlangan. Bunday ma’lumotlar bazasi ommabop yoki shaxsiy bo’lishi mumkin. Ularga ochiq standartlar orqali ommaviy kirish huquqini olish esa muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Genomikaning rivojlanish bochqichlari. Zamonaviy dunyoda biologiya, xususan genomika va bioinformatika fanlarining rivojlanish holati, mamlakatning rivojlanish darajasini belgilovchi ko’rsatkich hisoblanadi. Aynan biologiya fanlari dunyoning rivojlangan mamlakatlarida meditsina, farmatsevtika va qishloq xo’jaligining rivojlanishini ta’minlovchi bosh kuch hisoblanadi va ularning iqtisodiyoti uchun xizmat qiladi.
Oxirgi 20 yilda genomlarning tadqiqoti bo’yicha juda keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilgan, xususan o’nlab eukariot va prokariot organizmlarni genomlari batafsil o’qib chiqilgan (sekvenslangan). Bu genomlar asosida o’simliklarni qimmatbaho xo’jalik belgilari uchun javobgar bo’lgan (hosildorlikka, qurg’oqchilikka, patogenlarga, zararkunanda hasharotlarga chidamli) genlari aniqlangan. Bu esa qishloq xo’jalik o’simliklarini yangi yuqori sifatga ega bo’lgan navlarini yaratilishi uchun zamin bo’lmoqda. Bundan tashqari, genomika, proteomika va bioinformatika metodlari yordamida meditsina amaliyotida odam kasalliklari uchun javobgar bo’lgan genlar aniqlangan. Bugungi kunda irsiy, poligen va yuqumli kasalliklarga zamonaviy tashxis qo’yish usullari yo’lga qo’yilgan. Zamonaviy
|
| |