• Genomika va bioinformatika markazi
  • Kirish. Fanning rivojlanish bosqichlari, mazmuni va vazifalari




    Download 63,5 Kb.
    bet3/3
    Sana14.02.2024
    Hajmi63,5 Kb.
    #156687
    1   2   3
    Bog'liq
    1Kirish геномика..

    genomli texnologiya, tibbiyotda yangi yo’nalishni – shaxsiy meditsinani rivojlanishiga asos bo’ldi. Bu yo’nalish – rivojlangan mamlakatlarning ustuvor yo’nalishiga aylangan.
    Yuqorida keltirib o’tilganlarni O’zbekistonda amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz hukumatining qarori bilan zamonaviy ilmiy tadqiqot muassasi – Genomika va bioinformatika markazi tashkil qilingan. Markaz ilmiy jamoasi hanuzgacha noaniq bo’lgan g’o’za genomidagi rekombinatsion bloklar (ya’ni, avloddan-avlodga ko’chib o’tadigan gen allellari to’plami) o’lchamlarini topib, zamonaviy tezkor “assotsiativ kartalashtirish” usulini kashf etdi. Natijada g’o’za genomidagi genlardan foydalanishning yangi imkoniyatlari ochilib, g’o’zada zamonaviy markerlarga asoslangan selektsiya usullari ishlab chiqildi.
    Yevropa, Osiyo, AQSH hamda Avstraliya davlatlarida bioinformatika va genomika markazlari soni yildan-yilga ko’payib bormoqda. Bu bo’yicha so’nggi yillarda sohada olingan tadqiqot natijalardan tijorat maqsadida foydalanishga yo’naltirilgan sezilarli darajadagi tashkilot va loyihalar yuzaga keldi. Bu eng avvalo genomlarning, shuningdek odam genomining strukturaviy, funktsional hamda qiyosiy tahlili bo’yicha faoliyat yurituvchi tashkilotlardir. Genomika sohasi bo’yicha yaratilgan usullarni qo’llash bilan birga amaliy muammolarni yechish yo’lida, xususan farmokologiyada texnik hamda dasturiy bazalar jadal suratda rivojlanib bormoqda.
    Qishloq xo’jaligi ekinlarining biologik ko’rsatkichlari – hosildorlik, ertapisharlik, zararkunanda va hasharotlarga chidamlilikning namoyon bo’lishida ishtirok etuvchi genning tarkibi va funktsiyasi aniqlangandan so’ng maqsadga muvofiq ravishda ushbu gen faoliyatini kuchaytirish yoki aksincha uni to’xtatish mumkin. Markaz olimlari erishgan eng so’nggi yutuqlardan biri – bu ular tomonidan g’o’za uchun yaratilgan dunyodagi ilk gen-nokaut texnologiyasidir.
    Download 63,5 Kb.
    1   2   3




    Download 63,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kirish. Fanning rivojlanish bosqichlari, mazmuni va vazifalari

    Download 63,5 Kb.