Referat mavzu : Ozbekiston Respublikasida elektron tijoratning rivojlanish holati
TOSHKENT XALQARO MOLIYAVIY BOSHQARUV VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI
REFERAT
Mavzu: Ozbekiston Respublikasida elektron tijoratning rivojlanish holati.
BAJARILDI: Jovliyev Xushnud
TOPSHIRIQ QABUL QILDI _________________
REJA:
elektron tijoratning rivojlanish holati.
2. Internet bo'lsa — bo'lgani.
Tadbirkorning asosiy “quroli”.
elektron tijoratning rivojlanish holati.
35 milliondan ortiq aholiga ega O'zbekiston Respublikasida internet foydalanuvchilari soni 27,2 milliondan oshgan.
Jahonda raqamlashtirish jarayoni kechmoqda. Bu termin iqtisodiyotga ham kirib kelgan. Barcha sohalar zamonaviy raqamlashtirishga o'tib boryapti. Ba'zi tarmoqlar allaqachon axborot texnologiyalarining kuchli ta'siriga uchragan bo'lsa, boshqalari bu yo'lning boshida turibdi. O'zbekistondagi raqamli iqtisodiyot rivoji esa oxirgi yillarda sezilarli tarzda jadallashdi. Ayniqsa, uning asosiy qismi hisoblangan elektron tijorat faol rivojlanish yo'lida harakatlanyapti.
Hozir onlayn tijorat har qanday tarmoq vakillari uchun mijoz topishning eng qulay va oson usuli hisoblanadi. Internet do'kon, onlayn savdo kabi tushunchalar turmushimizda anchayin ommalashib ulgurdi. Bir paytlar “o'ta zamonaviylik” belgisi bo'lgan bu kabi savdolar bugun aholi uchun qulay xaridlar, tadbirkorlar uchun esa biznesini rivojlantiruvchi manbalardan biriga aylandi.
Mamlakat iqtisodiyotida elektron tijoratni rivojlantirishning ahamiyati yanada muhim. Yangi O'zbekistonning 2022—2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida raqamli iqtisodiyotni iqtisodiy rivojlanishning asosiy “drayveri”ga aylantirish va uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirish rejalashtirilgan bo'lib, bunda elektron tijorat asosiy o'rinlardan birini egallaydi.
Hozir dunyoda elektron tijorat intensiv o'sish bosqichida va u bir necha yil davom etadi. Bu tendentsiya bizni ham chetlab o'tmaydi. Shu bois, mazkur yo'nalish oxirgi yillarda yurtimizda jadal rivojlanayotganiga guvohmiz. Birgina misol, axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi qo'shilgan qiymat hajmi 2015—2020-yillar oralig'ida qariyb 3 barobarga ko'paygan va bu ko'rsatkichning YAIMdagi ulushi 2 foizni tashkil etdi.
Albatta, mazkur yo'nalishning huquqiy asoslari ham yaratilgan. O'tgan yili 20-avgust kuni davlatimiz rahbari yurtimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti chog'ida elektron tijorat platformalarini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi. 2021-yilning 17-noyabrida esa Prezidentning “elektron tijorat ma'murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to'g'risida”gi qarori kuchga kirdi.
Mazkur qarorda elektron tijoratni amalga oshirish tartibini erkinlashtirish va aholining keng qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va natijada aholini ish bilan ta'minlash maqsadida o'zini o'zi band qiluvchi shaxslarga elektron tijoratni amalga oshirish huquqining berilishi eng katta yangiliklardan biri bo'ldi. Shuningdek, huquqiy hujjatda elektron tijorat bilan shug'ullanadigan barcha subyektlarning aylanmadan olinadigan soliq va foyda solig'i stavkalari elektron tijoratdan olingan daromad miqdoridan qat'i nazar, pasaytirilgan soliq stavkalari qo'llaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 may kuni «Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi. Ushbu hujjatga muvofiq 2018-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturi tasdiqlanadi.
Shunga qaramay, mamlakatda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Xususan:
Qarorda mamlakatda elektron tijoratning to‘laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to‘siq bo‘layotgan qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotgani ta'kidlab o‘tilgan.
birinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur'atlardagi o‘zgarishlariga mos kelmaydi va o‘z navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik sub'yektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini ta'minlamaydi;
ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga tashqi bozorlarda to‘liq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik to‘siqlari saqlanib qolmoqda;
uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni lozim darajada yo‘lga qo‘yilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining to‘xtab turishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, mahalliy to‘lov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi yo‘qligi, mamlakat tadbirkorlik sub'yektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan to‘liq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta'sir qilmoqda;
beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat byudjyetiga soliq tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda;
oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik sub'yektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni rag‘batlantirmaydi, bu esa Internet tarmog‘i orqali mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda, shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni cheklamoqda.
Mamlakatda elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar (xizmatlar)ni Internet tarmog‘i orqali realizatsiya qilish uchun zamonaviy mexanizm va tartib-taomillarni joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik sub'yektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq elektron tijorat ishtirokchilari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish jarayonida axborot tizimlari tomonidan shakllantiriladigan, bitimlardagi tomonlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi elektron cheklar, kvitansiyalar, xabarlar va boshqa usullar tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlarni
tasdiqlovchi kvitansiyalar, talonlar, chiptalar va boshqa hujjatlarga tenglashtirilishi belgilangan. Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan elektron tijorat bitimlarini amalga oshirishda to‘lovlar virtual terminallar (E-POS) orqali xaridorga naqd pulni qabul qilganligi to‘g‘risida elektron chek yoki boshqa tasdiqlovchi xujjatni majburiy yuborgan hamda inkassatsiya qoidalariga qat'iy rioya qilgan holda pul mablag‘larini xizmat ko‘rsatuvchi bankga topshirish sharti bilan naqd pul shaklida qabul qilinishi mumkin.
Elektron tijorat sub'yektlari savdo faoliyatini amalga oshirishda to‘lov terminallaridan foydalangan holda tadbirkorlik sub'yektlarining korporativ bank kartalari, shuningdek, elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lovlarni qabul qilish huquqiga ega hisoblanadi.
Elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan 3000 AQSh dollarigacha bo‘lgan tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilish Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilmasdan va yuk bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilmasdan pochta xizmatlarini ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Virtual terminallar (E-POS) shu turdagi nazorat-kassa mashinalari va to‘lov terminallariga tenglashtiriladi.
2018 yil 1 iyuldan boshlab elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub'yektlariga uchinchi shaxslar (tovarlarni sotuvchilar) uchun to‘lovlarni keyinchalik ularni belgilangan tartibda inkassatsiya qilish sharti bilan qabul qilish huquqi beriladi, elektron tijorat orqali sotiladigan tovarlar
(xizmatlar) uchun ularning umumiy qiymatidan majburiy 15 foizli oldindan to‘lov to‘lash talabi bekor qilinadi, elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga
va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan tegishli bo‘lgan avtomobil transportida O‘zbekiston hududi bo‘ylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo‘lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
Bundan tashqari, elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiyot buyumlarini realizatsiya qilish, faqat saqlash va yetkazib berishda ularning xavfsizligini ta'minlash tartibi va talablariga qat'iy rioya qilgan hamda qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda amalga oshirishga ruxsat etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda bir oy muddatda yetakchi xorijiy savdo maydonchalari (ebay, Amazon va boshqalar), to‘lov tizimlari (Paypal) bilan muzokaralar o‘tkazishni tashkil etsin va o‘tkazilgan muzokaralar yakuni bo‘yicha mahalliy tadbirkorlik sub'yektlariga ushbu savdo maydonchalari va to‘lov tizimlari orqali tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish va hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini yaratish bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga kiritishi kerak.
Ikki oy muddatda elektron tijorat sohasida davlat miqyosidagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni moliyalashtirish mexanizmi joriy etilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mijozlarni mobil aloqa raqamiga bog‘liq holda masofadan identifikatsiya qilish mexanizmining samarali ishlashini ta'minlash maqsadida 2018 yil yakuniga qadar mobil aloqa tarmog‘i abonenti boshqa mobil aloqa tarmog‘iga o‘tganda telefon raqamini saqlab qolish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi ikki oy muddatda elektron dasturiy mahsulotlar, axborot mahsulotlaridan foydalanish huquqini rasmiylashtirish, shu jumladan, «bulutli texnologiyalar» xizmatini xarid qilish va unga obuna bo‘lishning buxgalteriya hisobini yuritish va bojxona rasmiylashtiruvi (deklaratsiyalash) tartibini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritadi.
2018 yil yakuniga qadar mobil telefonlar (planshetlar) qo‘llanilishini inobatga olgan holda bank kartalari va naqd pul to‘lovlarini qabul qiluvchi yagona qurilmalarni (E-POS terminal va onlayn NKM bir qurilmada) joriy etish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.
2018 yil 1 iyulga qadar muddatda Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestrini (keyingi o‘rinlarda Milliy reyestr deb yuritiladi) yaratish to‘g‘risidagi takliflar qabul qilinadi.
Milliy reyestrni yuritish elektron shaklda onlayn rejimda amalga oshiriladi.
Milliy reyestrga ixtiyoriy va bepul asosda tovar (xizmat)larni elektron tijorat orqali sotishdan olgan daromadlari umumiy sotilgan tovarlar (xizmatlar) hajmining kamida 80 foizini tashkil etuvchi, shu jumladan, elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari, tovarlarni yetkazib berish, elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar kiritiladi.
Milliy reyestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar hisoblanadi. Ozbekiston Respublikasida elektron tijoratning rivojlanishi holati.
“Elektron tijorat” termini EDI (Elektronic Data Interchange – ma’lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida Elektron kommersiya tizimi uch sinfga bo‘linadi: ➢ Chakana savdoni tashkil qilishbo‘yicha (biznes-iste’molchi, B2C); ➢ Biznes hamkor bilan aloqlar o‘rnatish (biznes-biznes, B2B); ➢ Iste’molchilar o‘rtasidagi savdo (iste’molchi-iste’molchi, C2C); Elektron tijoratning o‘ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud: ➢ Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi; ➢ Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi; ➢ Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish xarajatlari kamayadi
So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari va global Internet rivojlanishining sezilarli o‘sishi inson hayotining turli sohalarida yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Elektron tijorat xozirgi vaqtda Internet jamiyatning kundalik hayotiga yuqori tezlik bilan kirib keldi va uning ajralmas qismiga aylanmoqda.
Elektron tijorat termini juda keng tushuncha bo‘lib, unga ko‘pgina ta’riflar berilgan. Keltirilgan ta’riflarni aksariyatida internet orqali amalga oshirilgan har qanday savdoga yoki tranzaksiyaga elektron tijorat deb aytiladi.
Elektron tijorat deganda kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va savdo operatsiyalari va bunday operatsiyalar bilan bog‘liq biznes jarayonlarini o‘z ichiga olgan iqtisodiyot sohasi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham elektron tijoratga quyidagicha ta’rif berilgan «Axborot tizimlaridan foydalangan holda tuziladigan shartnomaga (bundan buyon matnda elektron tijoratdagi shartnoma deb yuritiladimuvofiq amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) oldi-sotdisi elektron tijoratdir».
Elektron tijorat elektron to‘lovlarni amalga oshirish, mijozlar va yetkazib beruvchilarni qidirish, reklama tarqatish, internet ilovalari orqali tovarlarni sotib olish va sotish kabi ko‘plab biznes operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Elektron tijoratning ushbu turi o‘tgan asrning 60-yillarida paydo bo‘lganiga qaramay, so‘nggi o‘n yil ichida global o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Global axborotlashtirish va arzon raqamli gadjetlarning paydo bo‘lishi aholi sonining ortib borayotganiga elektron tijoratning tezkor imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Elektron tijoratning afzalliklari haqida quyidagilarni aytish mumkin: Vaqt va tirik mehnat xarajatlari bilan bog‘liq tranzaksiya xarajatlarining kamayishi; Xaridlarga, to‘lovlarga tezkor kirish, istalgan joydan va istalgan qulay vaqtda kirish imkoniyati; Xaridor o‘ziga qulay vaqt, joy va tezlikda mahsulotni tanlash va sotib olish imkoniyatiga ega; Savdo-sotiq faoliyatini ish faoliyati bilan birga parallel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati; Ko‘p sonli xaridorlarning bir vaqtning o‘zida bir nechta firmalarga murojaat qila olish imkoniyati; Kerakli mahsulotlarni tezlikda izlab topish va ushbu mahsulotlar mavjud bo‘lgan korxonalarga murojaat qilishda texnika va transport vositalaridan samarali foydalanish imkoniyati; Xaridorning yashash joyi, sog‘lig‘i va moddiy ta’minlanish darajasidan qat’iy nazar hamma qatori teng huquqli mahsulot sotib olish imkoniyati; Hozirgi kundagi mavjud jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlarni tanlash va sotish imkoniyati; Elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini beradi.
Elektron tijoratning afzalliklari ko‘p: uydan chiqmasdan xarid qilish, qisqa vaqt ichida bir qator tematik saytlarda taklif etilayotgan tovarlarning keng ro‘yhati bilan tanishish va boshqalar. Elektron tijoratni qiyosiy jihatdan o‘rganib chiqish mamlakat elektron tijoratining holati, shuningdek, uning o‘ziga xos muammolari va xususiyatlarini tahlil qilish, uni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator takliflarni ishlab chiqishga imkon berdi va shuning natijasida quyidagilar taklif qilinmoqda: – tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning elektron shakllarida axborot xavfsizligini ta’minlovchi aloqa va telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish; – elektron tijorat sohasidagi amaldagi me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish, qonun loyihalari barcha manfaatdor shaxslar uchun ochiqligini, ko‘rib chiqish va mulohazalarni ta’minlash; – biznes uchun elektron tijoratni qo‘llab-quvvatlovchi onlayn ilovalarni ishlab chiqish, shuningdek, mobil qurilmalar foydalanuvchilariga yo‘naltirilgan qidiruv tizimlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish; – tadbirkorlik faoliyatida zamonaviy internet va axborot texnologiyalaridan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan tashkilotlarning elektron auksionlarda ishtirok etishi uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni tashkil etish; – mamlakat fuqarolari o‘rtasida elektron tijorat bo‘yicha savodxonlikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini doimiy o‘tkazish; – mamlakat fuqarolari orasida naqdsiz to‘lov usullaridan foydalanishning afzalliklari haqida targ‘ibot ishlarini olib borish orqali elektron pul bozorini rivojlantirish va elektron hamyonlarni ommalashtirishga ko‘maklashish. Shunday qilib, elektron tijoratning O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy vaziyatga ta’siri yaqin kelajakda doimiy ravishda oshib boradi, shuningdek, elektron tijorat davlat iqtisodiyoti va aholi turmush darajasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi
O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat uchun infratuzilmani shakllantirish faol rivojlanmoqda. Shu bilan birga, aholi va tashkilotlarning elektron tijorat muhitiga jalb etilishi yetarli darajada emas: elektron tijorat operatsiyalari hajmi hozirda asosan faqatgina mahalliy bozor darajasida amalga shirilmoqda. Bugungi kunda Internet orqali savdoning asosiy yo‘nalishi iste’mol tovarlarini sotish va sotib olishdir. Noyob mahsulot, masalan, eski bronza haykalcha, siz «jonli» ni ko‘rishni va qo‘llaringiz bilan teginishni xohlaysiz. Ammo mobil telefonlar yoki komp’yuterlar kabi keng tarqalgan mahsulotlar ham borki, odamlar faqat vizual va texnik xususiyatlari uchun buyurtma berishga tayyor. Bularning barchasi O‘zbekistonda allaqachon ishlab chiqilmoqda. Mahalliy onlayn do‘konlarni tashkil etish darajasi doimiy ravishda oshib bormoqda. O‘z mahsulotlari yoki xizmatlarini sifat va vizual idrok etishning yuqori standartlariga javob beradigan onlayn do‘konlar soni ortib bormoqda. Bu bozorning turli segmentlarida raqobat darajasining oshishi bilan bog‘liq. Shu sababli, bozorda o‘z mavqeini saqlab qolish uchun ishbilarmonlar doimiy ravishda o‘z bizneslarini rivojlantirishlari va shu bilan O‘zbekiston Respublikasida elektron tijoratning rivojlanishiga hissa qo‘shishlari kerak. Bugungi kunga kelib, onlayn do‘konlarni yaratish mahalliy onlayn biznesning istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Texnologiyaning jadal rivojlanishi iste’molchilarning ushbu sohaga qiziqishining kutilmagan o‘sishiga olib keldi.
|