• Oxirgi iste’molchilar
  • Taqsimlash logistiksi Yetkazib berish logistikasining




    Download 5,34 Mb.
    bet1/5
    Sana21.05.2024
    Hajmi5,34 Mb.
    #249421
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Taqsimlash


    Taqsimlash logistiksi
    Yetkazib berish logistikasining asosiy maqsadi – bu kerakli tovarlarni kerakli joyga, lozim bo’lgan paytda optimal xarajatlar evaziga yetkazib berishni ta’minlashdan iborat. Uning predmeti mahsulotning ishlab chiqaruvchidan oxirgi iste’molchiga harakatlanish jarayonini ratsional tashkil etish va boshqarishdir. Taqsimot logistikasining ob’ekti esa material oqimning jo’natuvchidan iste’molchiga va uni ta’minlovchi boshqa oqimlar harakatidir. Material oqim harkatini ta’minlash uchun boshqa oqimlar harakati (moliyaviy, axborot, transport vositalari oqimlari) ham lozim Taqsimot logistikasida tarqatish yoki yetkazib berish tushunchalaridan tashqari “jismoniy taqsimlash” va “distrib’yutsiya” atamalari ham qullaniladi. Turli mualliflar bu tushnchalarga turlicha ta’rif berishadi, ammo bir guruh mutaxassislar (B.A.Anikin, T.A.Rodkina va boshqalar) ularning sinonim ekanligini ta’kidlaydi. Ayni paytda boshqa bir qator mutaxassislar mazkur tushunchalar turlicha talqin qilishgan. D.Bauersoks ta’rificha, jismoniy taqsimlash (distrib‟yutsiya) – iste’molchilarning buyurtmalarini tahlil etib, ishlab chiqishdan to ularni bajarishgacha, ya’ni tovarlarni bevosita yetkazib berishgacha bo’lgan jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi. V.I.Sergeev bergan ta’rifga, muvofiq taqsimlash (distrib‟yutsiya) – tayyor mahsulotning ishlab chiqaruvchidan oxirgi (yoki o’rtadagi) iste’molchilar, sotuvchi tashkilotlar sari harakatlari, sotuvdan oldingi va keyingi servis xizmatlaridan iborat logistik faollikdir. “Tashkilotni boshqarish” yo’nalishidagi entsiklopedik lug’atga ko’ra tarqatish (taqsimlash, yetkazib berish) – tovarning foydalanish sohasiga o’tish jarayonining dastlabki bosqichi; tovarni tarqatish; tovar oldi-sotdisi. Mazkur lug’atda keltirilishicha, taqsimot logistikasi logistikaning mahsulotni taqsimlash qonun va qonuniyatlarini o’rganish haqidagi bo’limidir. Bunday faoliyat bozor ehtiyojlarini o‟rganishdan boshlab samarali transport-ekspeditsiya xizmatini tashkil etish asosida ularni to‟lato‟kis qondirishgacha bo‟lgan taqsimlash zanjirini o‟z ichiga oladi. A.Kanseni tushunchasiga ko’ra, taqsimot logistikasi bu – tayyor mahsulotni iste’molchiga yetkazish uchun amalga oshiriladigan tashish, ortishtushirish, omborlashtirish, axborot uzatish, saqlash va qayta ishlash kabi operatsiyalarni rejalashtirish, boshqarish va nazorat etish haqidagi fandir. V.Radionova va boshqa mualliflarning fikricha, taqsimot logistikasi material oqimni turli ulgurji xaridorlar o’rtasida taqsimlash jarayonida amalga oshiriladigan o’zaro bog’langan funktsiyalar kompleksidir. Bunday taqsimlash kerakli tovarlarni kerakli manzillarga, o’z muddatida, minimal xarajatlar evaziga yetkazib berish maqsadida amalga oshiriladi. Tayyor mahsulotni taqsimlash moddiy-texnik resurslarni ishlab chiqarish va ularni iste’mol qilish o’rtasidagi bo’g’in bo’lib, ishlab chiqarishdagi aylanma vositalarning aylanish uzluksizligini ta’minlovchi muhim omildir. Eski sotsialistik mamlakatlar iqtisodiyotida uzoq muddat davomida mahsulotni taqsimlash sohasiga yetarli e’tibor berilmadi. G’arb mamalakatlarida esa bu eng asosiy yo’nalish hisoblanar edi. Bundan tashqari, mahsulot va tovarlarni taqsimlash hamda yetkazib berish sohasi oqimlarning ishlab chiqaruvchilardan iste’molchigacha bo’lgan sekinlashuvchi harakati bilan xarakterli edi, bunda qondirilmagan talablar yuqori darajada, mahsulot va tovarlar yetishmovchiligi, iste’molchi ehtiyojini ishonchli ta’minlash darajasi va xizmat ko’rsatish sifatining pastligi kabi jiddiy kamchiliklar mavjud edi. O’tgan davrlarda mahsulot va tovarlarni taqsimlash sohasi doimo “qoldiq tamoyili” ostida moliyalashtirilib, boshqaruv rahbariyatida mazkur soha ahamiyatini kamaytirish va odilona tushunmaslik kamchliklari mavjud edi. 
    Taqimlash sohasining ko’p turdagi material oqimlarni boshqarish tizimi tashkiliytexnologik bazasi va infrastrukturasi o’zaro yetarli darajada bog’lanmagan vertikal tekislikda markazlashgan tarmoq va hududiy ta’minot hamda tarqatish organlari tashkil etardi. Ularga misol sifatida sobiq Ittifoq miqyosida faoliyat ko’rsatgan “Davta’minot”, “Davqurilish”, “Davagrosanoat” va “Davneftmahsulot” kabi tuzilmalarni ko’rsatish mumkin. O’tgan davrda sobiq Ittifoq tasarrufida bo’lgan barcha respublikalar ishlab chiqaruvchilari hozirgacha ham ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish va taqsimlashda, bozor qitisodiyotini o’rganishda, iqtisodiy jihatdan eng ratsional sotuvchi va taqsimlash kanallarini tanlashda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Bunday holatning asosiy sabablari sifatida logistik xarajatlar yuqoriligi, tovar harakatini ta’minlovchi infratuzilmaning sekin rivojlanishi va zamonaviy texnologiyalar tovar harakatida, tashishda, uni omborlashtirish va saqlashda keng qo’llanilmasligi hamda shu kabi ko’plab kamchiliklarni keltirish mumkin. Hozirgi paytda tayyor mahsulotlarni taqsimlashda logistik xizmatlar autsorsingi ahamiyati oshib bormoqda. Ishlab chiqarishning logistik funktsiyalari autsorsingsiz kam va mutlaqo samarasiz bo’lib qoladi. Bu esa ishlab chiqarish va infratuzilmaga oid faoliyatlar afzalligini tenglashtirib qo’yadi, ko’p hollarda ularning afzalliklari o’rnini almashtiradi. CHunki autsorsing kompaniya uchun bajarish mushkul va samarasiz bo’lgan yo’nalishlarda shunday faoliyatga ixtisoslashgan boshqa firma va tashkilotlar xizmatidan foydalanishni ko’zda tutadi. Sobiq Ittifoq tarkibidan chiqqan va hozirgi paytda bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini rivojlantirayotgan ko’plab mamlakatlarning xom ashyo, tovar va materiallar yetkazib berish tizimida Rossiyaga xos deb ko’rsatilgan quyidagi kamchiliklar mavjud: - asosiy diqqat-e’tibor ishlab chiqarishga qaratilganligi hamda taqsimlash va ta’minlash sohasiga yetarli e’tibor berilmayotganligi; -taqsimlash va ta’minlash sohalarining “qoldiq tamoyili”ga ko’ra markazlashgan holda moliyalashtirilishi; -tovar material resurslarning markazlashgan taqsimlash shakllari bekor qilinganligi va yagona tovar o’tkazish tizimi izdan chiqib ketishi; -tovarlarning ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilarga sekin harakatlanishi; - qondirilmagan talablar ko’pligi va yetishmovchilik mavjudligi; -iqtisodiyotni boshqarishda tovarlarni taqsimlash va ular bilan iste’molchilarni ta’minlash masalalariga e’tibor sustligi; -sanoat va savdo-sotiq sohalarida taqismlash tizimlarini kompleks rivojlantirish rejalari tuzilmaganligi; -tovar aylanishi tizimida xarajatlar yuqoriligi va ulgurji savdo tashkilotlarida tovarlar bo’yicha ixtisoslashish yo’qligi; - omborxona majmuasidan samarali foydalana olmaslik oqibatlari; - o’rta va yuqori darajadagi ulgurji savdo tizimlarida tovar bozorlari tashkil etilmaganligi; -tarqatish va ta’minot tizimlarining zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologilari bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori emasligi; - avtomobillarda va mulьtimodal tashish tizimlari va terminallarning texnik, texnologik darajasi yuqori emasligi; -jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy transport vositalari yo’qligi; -transport vositalarining eskirib ketganligi; - ombor xo’jaligining texnik, texnologik bazasi past darajada ekanligi; - yuklarni qayta ishlash, qadoqlash va o’rashga oid zamonaviy texnologik qurilma va uskunalar yetishmasligi; - ombor ishlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish darajasi pastligi; - zamonaviy tara va o’rash vositalarini ishlab chiqaruvchi sohalar rivojlanmaganligi va sh.k. Taqsimot logistikasini boshqarish ob’ekti yuqorida ta’kidlanganidek, bu material oqim va uning harakatini ta’minlovchi axborot, moliya, xizmat va shu kabi ishlardir.
    •  Oxirgi iste’molchilar
    • Ishlab chiqaruvchilar
    • Vositachi institutlar (savdo sotiq va funktsional vositachilar);

    Moddiy oqimlar harakati jarayonini boshqaruvchi sub’ektlar quyidagilar bo’lishi mumkin:
    z

    Download 5,34 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 5,34 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Taqsimlash logistiksi Yetkazib berish logistikasining

    Download 5,34 Mb.