|
Mavzu: Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ularning vazifalari Bajardi
|
bet | 1/8 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 32,83 Kb. | | #117106 |
Bog'liq Kurs ishi mavzu Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ularning vazi-fayllar.org
Kurs ishi mavzu: Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ularning vazifalari Bajardi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM. FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
Byudjet Hisobi va G’aznachilik Fakuliteti
“IQTISOD” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ularning vazifalari
Bajardi: Saydaxmatov Sayidusmon
Ilmiy rahbar: Allaberganov Z.
Reja:
Kirish……………………………………………………………………….3
1. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning mohiyati……………………………..6
2. Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning funksiyalari va vazifalari…………....8
3. O'zbekistonning xalqaro iqtisodiy tashlikotlar bilan hamkorligi…………….9
4. Davlatlararo iqtisodiy munosabatlarda iqtisodiy tashkilotlarning o’rni…12
Xulosa…………………………………………………………………………………………………14
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………………………15
Kirish
Xalqaro tashkilotlar — davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyatlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, fantexnika, madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi; davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri. Xalqaro tashkilotlar XIX asrda vujudga keldi va 2-jahon urushidan keyin koʻplab tuzila boshladi. Hozirgi kunda Xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.
Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va shu kabi nomlar bilan ataladi.
Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir.
|
| |