• Birinchidan
  • Uchinchidan
  • Oʻzbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi To’xtayev Bobir-Mirzo Avazovichning “O‘zbekiston Respublikasida “elektron parlament” tizimi va uni takomillashtirish masalalari” mavzusidagi




    Download 260.68 Kb.
    Sana09.03.2024
    Hajmi260.68 Kb.
    #169223
    TuriReferat
    Bog'liq
    Avtoreferatga taqriz B.To\'xtayev (DSc)
    Sekvenirlash usullari, Biotexnologiya laboratoriya, 5-mavzu ep, NAMUNA PEDAGOGIKA sulaymonov d, 2-laboratoriya Fitopatogen virusli kasalliklarni belgilar, Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan, 1. o\'quv dasturi, 1.o\'quv dasturi, Mikroorganizmlar gen muxandisligi, KARUPSIYAGA QARSHI KURASH, Anabaena cylindrica, Илова 1 Lotincha (1), sohibjon kondukto, adsobtsion xromatagirafiya111111111111, 0100000

    Oʻzbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi To’xtayev Bobir-Mirzo Avazovichning “O‘zbekiston Respublikasida “elektron parlament” tizimi va uni takomillashtirish masalalari” mavzusidagi 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligidan siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiyasi avtoreferatiga
    TAQRIZ

    Jahonda raqamlashtirish jarayonlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining doimiy rivojlanib borishi barcha sohalarni, xususan, qonun chiqaruvchi organlar faoliyatiga ham keng ta’sir ko’rsatmoqda. Elektron hujjat aylanishidan tortib, oddiy hayotiy ehtiyojlarimizgacha zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalar yordamida amalga oshirilayotganligi mazkur jarayonlarning shiddat bilan barcha sohaga kirib borayotganidan dalolat bermoqda.


    Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, zamonaviy axborot kommunikatsiya-texnologiyalarning jamiyat hayotining barcha sohalarida keng joriy etilishi Oliy Majlis faoliyatida ham mazkur texnologiyalarni qo‘llash zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
    Yuqorida qayd etilgan omillar tadqiqotchi To’xtayev Bobir-Mirzo Avazovichning 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligidan “O‘zbekiston Respublikasida “elektron parlament” tizimi va uni takomillashtirish masalalari” mavzusida yozilgan dissertatsiyasining dolzarbligini belgilab beradi.
    Dissertatsiyaning kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, uning O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalarining ustuvor yo‘nalishlariga bog‘liqligi ko‘rsatilgan, mavzu bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi va muammoning o‘rganilganlik darajasi yoritilgan, ishning maqsad va vazifalari, tadqiqotning obyekti va predmeti aniqlangan, tadqiqot usullari, dissertatsiyaning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ishonchliligi, ilmiy va amaliy ahamiyati asoslab berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilganligi, e’lon qilinganligi, dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
    Tadqiqot ishining “elektron parlament” tizimini tadqiq etishning nazariy-konseptual asoslari” deb nomlangan birinchi bobida soha tadqiqotchi olimlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “elektron parlament” tushunchasiga berilgan ta’riflar keltirilib, tadqiqotchi tomonidan ularning har biriga munosabat bildirilgan. Shuningdek, berilgan ta’riflar asosida tushunchaga umumiy ta’rif ishlab chiqilgan.
    Dissertatsiyaning “O‘zbekiston Respublikasida parlament faoliyati samaradorligini ta’minlashda “elektron parlament”ning ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari” deb nomlangan ikkinchi bobida mamlakatimizda “elektron parlament”ni shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan qonun hujjatlari, xususan, parlament faoliyatiga tegishli bo‘lgan xalqaro hujjatlari tahlili ilmiy jihatdan yoritilib berilgan. Shuningdek mazkur bobda “Elektron parlament”ning shakllanish bosqichlari va tendensiyalari, Oliy Majlis faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda xalq bilan muloqotni yoʻlga qoʻyishda “elektron parlament”ning oʻrni batafsil yoritilgan.
    Dissertatsiyaning “O‘zbekistonda “elektron parlament” tizimini rivojlantirish muammolari va istiqbollari” deb nomlangan uchinchi bobida Oʻzbekiston Respublikasida parlament faoliyatini raqamlashtirish bilan bogʻliq tashkiliy-huquqiy muammolar aniq misollar bilan atroflicha bayon etilgan bo’lib, mazkur muammolarni ilmiy asoslangan yechimi hamda Oʻzbekiston Respublikasida “elektron parlament”ni yanada takomillashtirish istiqbollari keltirib o’tilgan.
    Dissertatsiyaning xulosa qismida yuqoridagi har uchta bobdan kelib chiqqan muxtasar tarizdagi yakuniy fikr-mulohazalar, ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar oʻzining yorqin ifodasini topgan.
    Tadqiqotchi yetarlicha nazariy tavsiyalar, ilmiy xulosalar va natijalarni ilmiy uslublardan foydalangan holda amalga oshirgan. Dissertatsiyani xulosa
    va natijalari aniq va ilmiy asoslangan, ular nazariy metadologik asosga ega.
    Dissertatsiyada qoʻlga kiritilgan yutuqlar bilan birga baʻzi kamchiliklar ham mavjud.
    Birinchidan, ilmiy tadqiqot ishining izohlash tili ilmiy tushunchalardan foydalanish ayniqsa siyosiy fanlar bo’yicha tushuncha va kategoriyalardan yetarli darajada foydalanilmagan.
    Ikkinchidan, tadqiqotchi tomonidan dissertatsiya ishida G’arb olimlarining qarashlari, yondashuvlari atroflicha keltirib o‘tilgan. Biroq, mamlakatimizda soha rivoji borasida ilmiy izlanishlar olib borgan mutaxassis olimlar qarashlari haqida qisqaroq yozilgan. Shu sababli dissertatsiyaning birinchi bobida mahalliy tadqiqotchilarning “elektron parlament” borasidagi ilmiy izlanishlari kengroq bayon qilinsa ishning ilmiy qiymati yanada oshishi mumkin bo’lar edi.
    Uchinchidan, dissertasiya avtoreferatida orfografik, stilistik, grammatik hamda punktuatsion kamchiliklar koʻzga tashlanadi.
    Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ayrim kamchiliklar texnik ahamiyat kasb etadi va ular dissertatsiyaning ilmiy ahamiyatini tushirmaydi.
    Xulosa oʻrnida tadqiqot ishi tugallangan va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi nizomi talablariga ilmiy-nazariy mazmuni, strukturaviy tuzilishi jihatdan javob beradi.
    Tadqiqotchi To’xtayev Bobir-Mirzo Avazovichning “Oʻzbekiston Respublikasi oliy harbiy taʻlim tizimida yoshlar siyosati samaradorligini oshirish” mavzusidagi dissertatsiya avtoreferati ilmiy ishning asosiy mazmun va mohiyatini aks ettirgan va uning muallifi 23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligidan siyosiy fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.

    Download 260.68 Kb.




    Download 260.68 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston Milliy universiteti mustaqil tadqiqotchisi To’xtayev Bobir-Mirzo Avazovichning “O‘zbekiston Respublikasida “elektron parlament” tizimi va uni takomillashtirish masalalari” mavzusidagi

    Download 260.68 Kb.