|
Mundarija: Kirish I bob Tashkilotlar va ularni boshqarish
|
bet | 1/8 | Sana | 07.02.2024 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #152736 |
Bog'liq nargiza
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………………..3
I Bob Tashkilotlar va ularni boshqarish …………………………………….7
1.1 Tashkilot tushunchasi boshqaruv darajalari …………………………..7
1.2 Tashkilot ichki va tashqi muhiti………………………………………………9
1.3 Tashkilot ko’p pog’onali va tekis strukturalari…………………….….10
1.4 Tashkilot tushunchasi ,alomatlari ,uni shakilantirish qonunlari tamoyillari…..15
II Bob Tashkilot xodimlari ish rejimini nazorat qilish…………………..18
2.1.Tashkilot Xodimlarining ish rejimi baza qismini shakllantirish………………………………………………………..18
2.2.Baza jadvallarining bir biriga ulanishi………..
2.3.Formalar yaratish. Ma’lumotlarni formalar orqali to‘ldirish
Xulosa…………………………………………………………………………….27
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….28
Kirish
Insoniyat tarixining ko‘p asrlik tajribasi ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko‘rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o‘z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo‘ydi.
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug‘diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi
olijanob tuyg‘ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g‘oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurtimizning barcha sohalari qatorida axborot texnologiyalari sohasi ham tubdan o‘zgarib, rivojlanishga yuz tutdi. Hozirgi kunda yurtimizda biz yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Hozirgi texnika va texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonida inson faktoriga bo‘lgan talab kundan kunga kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi — zamonaviy texnologiyalarning inson og‘irini yengillatayotganligida.
Hozirgi kunda hayotimizning barcha jabhalariga texnik va texnologik qurilmalar, avtomatlashgan tizimlar, kompyuter texnologiyalari kirib kelib ulgirdi. Kimdir bu texnika va texnologiyalardan unumli vasamarali oydalanmoqda, unga yanada qo‘shimcha yangilik va qo‘shimchalar kiritmoqda, aksincha yana kimlardir ularni boricha o‘z holatida ishlatmoqda.
XXI asr — “Axborot asri”. Ushbu asrda texnika va texnologiyalar shu darajada rivojlanib kettiki, hatto inson aqli bovar qilmas dajaga yetib ulgirdi.
Hozirgi kunda juda ham ko‘plab yordamchi dasturlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mavjud. Bularning ichida foydalanuvchiga yordam beradigan va bevosita o‘zining dastur yaratishiga imkon beruvchi dasturlarni ham ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mavjud.
Mavzuning dolzarbligi: Axborotlashtirishning rivojlanishi natijasida onlayn tizimlar rivojlangani sari barcha tashkilot tizimlarining o‘sishida Xodimlar ish vaqtini nazorat qiluvchi tizimlar ta‘sirining o‘sishi bunga asoslangan dasturlarning potensial talabini yaratdi. Hozirgi kunda yurtimizda va butun dunyo davlatlarida onlinelashtirish yani raqamli texnologiyalarga o‘tish tashkilot bilan foydalanuvchilarning o‘zaro aloqasi uchun ish rejim nazoratiga asoslangan dasturlar muhim rol o‘ynaydi. Millionlab odamlar har kuni o‘zlarining manfaatlari uchun shu kabi faol veb-saytlar rejimida o‘zaro ma‘lumot almashinishda bo‘lishadi. Ushbu dasturlarning tarmoq orqali ishlashi haqida bilish uchun avval bazalar bilan ishlash va formalar oynasi arxitekturasini tushunish kerak; texnik bo‘lmagan shaxs uning serverlari dasturlarining ahamiyatini tushuna olmaydi.
|
| |