|
Abdishukurov Zafarbekning "Fizika"
|
bet | 1/2 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,34 Mb. | | #125858 |
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
Mehanika Mashinasozlik Fakulteti
18-23 guruh talabasi
Abdishukurov Zafarbekning
“Fizika” fanidan
tayyorlagan
Taqdimoti
Mavzu: Fizika fani. Moddiy nuqta kinematikasi.
Reja:
- Fizika fani.
- Mexanikaviy harakat.
- Moddiy nuqta, absolyut qattiq jism. Fazo va vaqt.
- Moddiy nuqta kinematikasi.
1.Fizika fani.
Kelajak o’tmishda shakllanadi. Vaqtning uzviy bog’liqligini insoniyat rivojlanishda, ayniqsa fan va texnikaning rivojlanishida yaqqol tasavvur qilishi mumkin. Fizika va u bilan chambarchas bog’langan hozirgi zamon texnikasi bundan mustasno emas.
Aloqa tizimlarining hozirgi kunda bizga xizmat ko’rsatayotgan namunalarining bir qismi XIX va XX asrlarda yaratilgan. Bu elektr aloqa tizimlari – telegraf, telefon, radio va kompyuter tarmoqlaridir.
Avval ular o’zlaricha alohida, raqobatlashib rivojlana boshladi. O’zaro texnikaviy raqobat, vaqt o’tishi bilan o’zaro bog’liqlik, bir maqsadni bajarish uchun birlashishga olib keldi. Uch elektrodli lampaning yaratilishi ularga birinchi asos bo’ldi va radiotexnikaning rivojlanishiga, elektron apparatlarning yangi avlodlarini paydo bo’lishiga olib keldi.
O’tgan asrning o’rtalarida kichik o’lchamli aktiv yarim o’tkazgich asboblaridan biri - tranzistorning kashf etilishi aloqa tizimlarida, radioeshittirish va televidenieda ikkinchi (inqilob) revolyutsiyaga, diskret yarim o’tkazgich asboblarning yaratilishi esa, elektronikaning shakllanishiga olib keldi. Radiotexnika va elektronikaning asta-sekin o’zaro bog’lanishi radiosxema va elektron komponentalar o’rtasidagi chegaraning yo’qolishiga sabab bo’ldi.
.
Fizika fani – tabiat hodisalarining oddiy va umumiy qonuniyatlarini, moddalar tuzilishi va xususiyatlarini, ularning harakati qonuniyatlarini o’rgatuvchi fandir.
«Fizika» so’zi grekcha «physics» - tabiat so’zidan kelib chiqadi, shuning uchun tabiatshunoslik fanining asosida yotadi.
Fizikaning qonunlari ma’lumotlarga asoslangan bo’lib, asosan tajribalarda o’rnatilgan va matematik tilda ifodalangan miqdoriy tenglamalardan iboratdir. Shu sababli, u aniq fanlar qatoriga kiradi.
O’rganiladigan material harakatlari, shakllari va ob’ektlarning ko’p qirraliligiga asosan fizika bir qator qismlarga bo’linadi:
- Atom va molekulyar fizika;
- Gaz va suyuqliklar fizikasi;
- Qattiq jismlar fizikasi;
- Plazma fizikasi;
- Elementar zarrachalar fizikasi;
- Yadro fizikasi.
Materiyaning harakat turlariga qarab fizika quyidagi bo’limlarga bo’linadi:
- Moddiy nuqta va qattiq jismlar mexanikasi;
- Termodinamika va statistika;
- Elektrodinamika;
- Optika;
- Gravitatsiya;
- Kvant mexanikasi;
- Maydonning kvant nazariyasi;
- Tebranish va to’lqinlar;
- Amaliy optika.
|
| |