|
Filologiya fakulteti
|
bet | 1/6 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #246865 |
Bog'liq Kurs ishi tizim
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Z AHRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
FILOLOGIYA VA TILLARNI OʻQITISH (OʻZBEK TILI) YOʻNALISH
KURS ISHI
Mavzu: Tashkilot hodimlari ish rejimini nazorat qiluvchi tizim
Bajardi:__________________
Ilmiy rahbar:_______________
Mundarija
Kirish……………………………………………..….
I BOB
1.1.Tashkilot tushunchasi boshqaruv darajalari ….….
II BOB
2.1.Texnologiyalardan unumli foydalanish ……….
2.2. Aborotlarni qabul qilish …………………...
III BOB
3.1. Ishlab chiqarishni darajasini oshib borishi………
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Insoniyat tarixining ko‘p asrlik tajribasi ezgu g‘oyalardan va sog‘lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko‘rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o‘z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‘rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo‘ydi.
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug‘diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi olijanob tuyg‘ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g‘oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurtimizning barcha sohalari qatorida axborot texnologiyalari sohasi ham tubdan o‘zgarib, rivojlanishga yuz tutdi. Hozirgi kunda yurtimizda biz yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Hozirgi texnika va texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonida inson faktoriga bo‘lgan talab kundan kunga kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi — zamonaviy texnologiyalarning inson og‘irini yengillatayotganligida.
Hozirgi kunda hayotimizning barcha jabhalariga texnik va texnologik qurilmalar, avtomatlashgan tizimlar, kompyuter texnologiyalari kirib kelib ulgirdi. Kimdir bu texnika va texnologiyalardan unumli vasamarali oydalanmoqda, unga yanada qo‘shimcha yangilik va qo‘shimchalar kiritmoqda, aksincha yana kimlardir ularni boricha o‘z holatida ishlatmoqda.
XXI asr — “Axborot asri”. Ushbu asrda texnika va texnologiyalar shu darajada rivojlanib kettiki, hatto inson aqli bovar qilmas dajaga yetib ulgirdi.
Hozirgi kunda juda ham ko‘plab yordamchi dasturlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mavjud. Bularning ichida foydalanuvchiga yordam beradigan va bevosita o‘zining dastur yaratishiga imkon beruvchi dasturlarni ham ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mavjud.
Mavzuning dolzarbligi: Axborotlashtirishning rivojlanishi natijasida onlayn tizimlar rivojlangani sari barcha tashkilot tizimlarining o‘sishida Xodimlar ish vaqtini nazorat qiluvchi tizimlar ta‘sirining o‘sishi bunga asoslangan dasturlarning potensial talabini yaratdi. Hozirgi kunda yurtimizda va butun dunyo davlatlarida onlinelashtirish yani raqamli texnologiyalarga o‘tish tashkilot bilan foydalanuvchilarning o‘zaro aloqasi uchun ish rejim nazoratiga asoslangan dasturlar muhim rol o‘ynaydi. Millionlab odamlar har kuni o‘zlarining manfaatlari uchun shu kabi faol veb-saytlar rejimida o‘zaro ma‘lumot almashinishda bo‘lishadi. Ushbu dasturlarning tarmoq orqali ishlashi haqida bilish uchun avval bazalar bilan ishlash va formalar oynasi arxitekturasini tushunish kerak; texnik bo‘lmagan shaxs uning serverlari dasturlarining ahamiyatini tushuna olmaydi. Mazkur tadqiqot ishi kirish, tanlangan ob’ektlar va tadqiqot usullari, kurs ishi boblari, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iboratdir.
Kurs ishining kirish qismida qaralayotgan ishning dolzarbligi, ishning maqsadi, ishning ilmiyligi, tadqiqotning amaliy ahamiyati va kurs ishining tuzilishi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining tanlangan ob’ektlar va tadqiqot usullari bo‘limida tadqiqot olib borilayotgan ob’ekt haqida umumiy ma’lumotlar berilgan. Shu bilan birga tadqiqot ob’ektini o‘rganish usullari va qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak bo‘ladigan qurilma va dasturiy ta’minotlar, ishni amalga oshirish usullari haqida umumiy ma’lumotlar keltiriladi.
Tadqiqot ishning birinchi bobida Algoritmik Tillar va Dasturlash fanining nazariy asoslari, amaliyotga joriy etishdagi muammolar va ularning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, bundan tashqari malumotlar C# dasturlash tili, so‘rovlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishning ikkinchi bobida Tashkilot Xodimlarining ish rejimini nazorat qilish dasturining tuzilish jihatdan amaliy asoslari, texnologiyalar, dasturiy ta’minot va ularning o‘rni hamda tadqiqot ishida qilingan amaliy ishlar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Kurs ishining xulosa qismida bajarilgan ishning amaliyotga qo‘llanilishi natijasida kelib chiqadigan xulosalar va tavsiyalar keltiriladi.
Kurs ishining so‘ngida esa foydalanilgan adabiyotlar, elektron kitoblar ro‘yxatlari keltirilgan.
|
| |