Kompyuter ilmlari va dasturlashtirish
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“Amaliy matematika” fakulteti
“KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH” kafedrasi
___________________________yo`nalishi
2-bosqich 111-20 guruh talabasi
Almardonov Rustamjon Qayum og’lining
Algoritmik tillar va dasturlash fanidan
“Talabalar haqida ma`lumotlarni jamlovchi tizim” mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs ishi rahbari: ____________________________ Jomurodov D.
JIZZAX – 2022
MUNDARIJA
KIRISH 3
Nazariy qism
Ma`lumotlar bazasi haqida tushuncha 11
Ma`lumotlar bazasi serverlari 16
SQL standart so`rovlar tili 21
Loyiha qism
Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish 24
Ma`lumotlar strukturalarini loyihalash 25
2.3 Dasturning ishlash tartibi 27
XULOSA 30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 31
KIRISH
Insoniyat tarixining ko`p asrlik tajribasi ezgu g`oyalardan va sog`lom mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko`rsatdi. Shu bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o`z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin olish, demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo`ydi.
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug`diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi
olijanob tuyg`ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g`oyalar bilan qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.
«Jahon sivilizatsiyasiga daxldor bo`lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini ta’minlash qiyin», - degan edilar prezidentimiz I.Karimov. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to`laqonli sheriklik o`rnini egallab borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o`ynashiga bog`liq.
Prezidentimiz Islom Karimovning ko`p yillik izlanishlari, asarlaridagi fikr-mulohazalariga tayanib yaratilgan «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» nomli risolada ta’lim-tarbiya jarayonining ixtiyoriy bosqichida amal qilish lozim bo`lgan quyidagi mezon va talablar keltirilgan:
O`quv mashg`ulotlarini olib borishda talabalarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish;
ta’lim-tarbiyaning ilg`or, ta’sirchan vositalaridan, zamonaviy o`qitish texnologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish;
ayrim tushunchalarni haddan ziyod soddalashtirish, ta’limning eskicha uslub va tamoyillarini qo`llash natijasida fanning qadrsizlanishiga yo`l qo`ymaslik;
ta’lim jarayonida tazyiq o`tkazmasdan ma’rifiy asosda ish tutish, yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, bahs-munozara yuritish ko`nikmalarini oshirishga e’tibor qaratish;
o`qituvchi va tinglovchilar orasida o`zaro hamfikrlik va hamkorlik muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharhlashda hayotiy misollar, bugungi dunyoda ro`y berayotgan voqealar tahlilidan, matbuot materiallaridan keng foydalanish;
yoshlarda g`oyalar, o`z ma’no-mohiyatiga ko`ra bunyodkor yoki vayronkor bo`lishi haqidagi hayotiy va haqqoniy tasavvurlarni shakllantirish;
milliy istiqlol g`oyasining insonparvarlik mohiyatini ko`rsatish asosida mustaqillik biz uchun eng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash esa har birimizning muqaddas burchimiz ekanini talabalarning qalbi va ongiga singdirish.
Yuqorida aytilgan mezon va talablarga rioya qilgan holda Respublikamizda, zamonaviy hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishni uddalay oladigan, zamonaviy kompyuterlardan amaliy ish faoliyatida keng foydalana oladigan yetuk kadrlar tayyorlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Shuning uchun, kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichida yuqori malaka, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun sifatli, jahon andozalariga mos darsliklar, o`quv qo`llanmalari va ma’ruza matnlarini tayyorlab, chop ettirish masalasiga juda katta e’tibor berilgan.
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng yurtimizning barcha sohalari qatorida axborot texnologiyalari sohasi ham tubdan o`zgarib, rivojlanishga yuz tutdi. Hozirgi kunda yurtimizda biz yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Hozirgi texnika va texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanib borayotgan zamonida inson faktoriga bo`lgan talab kundan kunga kamayib bormoqda. Buning asosiy sababi — zamonaviy texnologiyalarning inson og`irini yengillatayotganligida.
Hozirgi kunda hayotimizning barcha jabhalariga texnik va texnologik qurilmalar, avtomatlashgan tizimlar, kompyuter texnologiyalari kirib kelib ulgirdi. Kimdir bu texnika va texnologiyalardan unumli va samarali foydalanmoqda, unga yanada qo`shimcha yangilik va qo`shimchalar kiritmoqda, aksincha yana kimlardir ularni boricha o`z holatida ishlatmoqda.
XXI asr — “Axborot asri”. Ushbu asrda texnika va texnologiyalar shu darajada rivojlanib ketdiki, hatto inson aqli bovar qilmas dajaga yetib ulgirdi.
Hozirgi kunda juda ham ko`plab yordamchi dasturlar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mavjud. Bularning ichida foydalanuvchiga yordam beradigan va bevosita o`zining dastur yaratishiga imkon beruvchi dasturlarni ham ishlab chiqaruvchi kompaniyalar mavjud.
Ilm-fan taraqqiyotining har qanday yutug`i insoniyat mushkulini oson qilishga, uning muammolarini qisman bo`lsada hal etishga xizmat qilishi kerak. Shunday bo‘lyapti ham: yillar davomida fazodan mustaqil tarzda turli maʼlumotlarni Yerga jo‘natishdan tortib tabiiy va texnogen hodisalar vaqtida inson kirishi imkonsiz joylarga ham yetib borayotgan, jarrohlar ko`zi va barmoqlari ilg`amaydigan eng mayda to`qimalargacha mufassal tekshira olayotgan aynan shu katta-kichik sunʼiy onglashtirilgan turli robotlar, mashinalar-u uskunalardir. Shunisi maʼlumki, insoniyat azaldan mashina tili bilan uzviy aloqada bo‘lgan, internetning yaratilishi dunyoni o`zgartirishga sabab bo`ldi. Internet aslida olamni kichraytirish uchun yaratilgan edi. Ammo, bugun internetsiz olam kichrayib qolayotganday tuyilyapti. Internetning imkoniyatlari yangi texnologiyalarning rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari har bir sohani qamrab olmoqda jumladan, taʼlim, iqtisod, tibbiyot, transport va boshqalar. Shu sababdan, jahon sanoat industriyasining asosiy qismi zamonaviy texnologiyalarga bosqichma-bosqich o`tmoqda.
O`zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga ko`tarish bo`yicha amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar tufayli sohada tub o`zgarishlar ro`y bermoqda, xalqimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri yuksalmoqda.
O`zbekistonda yuritilayotgan raqamli iqtisodiyot siyosati zamirida ham yangi texnologiyalarni rivojlantirish maqsadi ko`zda tutilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy yetish chora-tadbirlari to`g`risida” gi qaroriga muvofiq, raqamli iqtisodiyot bilan shug`ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo`jaligini raqamlashtirish, IT parklarini tashkil etish va boshqarish kabi vazifalar to`liq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatiga o`tdi.
Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan taʼlim tizimidagi o`zgarishlar haqida to`lqinlanib so`zlamaslikning iloji yo`q. Mamlakatimizda so`nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo`yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta`kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo`lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko`plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug`iladi. Shunday ekan, Yangi O`zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o`ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo`llab-quvvatlaydi”.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O`zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo`nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg`or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Ushbu hujjatga intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.
Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari ilm-fanning yirik o`choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o`quv yurtlari, dunyodagi yetakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so'nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta`lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o`quv yurtlarining soni 125 taga etdi.
Davlat-xususiy sheriklik tizimi asosida nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyati yo`lga qo`yilmoqda. Aholi fikrini o`rgangan holda, sirtqi va kechki ta’lim shakllari qayta tiklandi, qabul kvotalari oshirilmoqda. Maktab bitiruvchilarini oliy ta`limga qamrab olish darajasi 2016-yilgi 9 foizdan 2020-yilda 25 foizga etdi.
Professor-o`qituvchilarning xorijdagi oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot maskanlarida malaka oshirishi va stajirovka o`tashini ta’minlaydigan mexanizm yaratildi. Ularning oylik ish haqi miqdori 2018 yilga nisbatan o`rtacha 2,5 barobar oshirildi. 2021-yildan boshlab 10 ta oliy ta`lim muassasasi o`zini-o`zi moliyalashtirish tizimiga o`tkazildi.
Oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 25 foizga oshirilganligi, oliy o`quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko`paytirib, 2 mingtaga yetkazilishi oliy ta’limga qamrab olish ko`lamini yanada kengaytirdi.
Ta’lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta’lim tizimining quyi bo`g`inlari o`rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o`quv yurtlari tasarrufiga o`tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o`z yo`nalishi bo`yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo`ldi.
Xulosa qiladigan bo`lsak, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan istiqbolli vazifalar, o`zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko`lamda davom ettirish davr talabidir.
Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha jabhalarida – sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo`jaligi, to`qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yo`lini tutgan barcha mamlakatlarda e`tirof etilmoqda. Respublikamizda ham ana shu jarayonga alohida e’tibor berilmoqda.
|