1
OʻZBEKISTONDA TAʼLIM TIZIMINING MODERNIZATSIYALASH
JARAYONLARI VA UNING HUQUQIY MEYORING ASOSLARI
Sayfullayeva Sabina Ibragim qizi
Abdukarimova Nilufar Qobil qizi
Samarqand davlat chet tillari instituti
Daminova Nigora Qudratovna
Ilmiy rahbar
Annotatsiya:
Maqolada ta’lim tizimini modernizatsiyalashning muhim
yo’nalishlari va huquqiy meyorlari asosida fikr yuritilgan.
Kalit soʻzlar: modernizatsiya, innovatsiya, kredit, evolyutsiya,
revolyutsiya, globalizatsiya, monitoring, ilgʻor texnologiyalar.
Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini
zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi
bosqichga kirdi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek:
“Farzandlarimiz maktabdan
qanchalik bilimli bo'lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan
iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko'plab ijtimoiy
muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O'zbekiston
ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o'ylaymanki, butun xalqimiz bu
fikrni qo'llab-
quvvatlaydi”. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan
islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil
etadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning
ustuvor yo'nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan
yuqori malakali kadrlar
tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni
modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy
soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining
2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy
ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi sohadagi yangi
islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.
Modernizatsiya - ( lotincha - modeme
– eng yangi) – takomillashtirilgan,
yaxshilangan, yangi talabalarga javob bera oladigan degan ma’noni bildiradi.
Ushbu so’z borgan sari hayotning barcha jabhalarida keng qo’llanilib
bormoqda.Mazkur modernizatsiya shaxsni o‘qitish va tarbiyalashga oid eng
yaxshi an’analarni saqlab qolgan va boyitgan holda majmuaviy xarakter kasb
etib, ta’lim tizimining barcha sohalarini to‘la qamrab oladi va jamiyatda qaror
topgan malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi ehtiyojni qondirishga
xizmat qiladi .Ta’lim tizimining modernizatsiyalashda quyidagi ustuvor vazifalar
hal qilinadi:
2
-
har bir shaxsning to‘laqonli ta’lim olishida boshqalar bilan teng
huquqliligi va ta’lim olishning ochiqligini ta’minlash;
-
uzluksiz ta’lim tizimida yangi sifat ko‘rsatkichlariga erishish;
-
yangi ta’lim resurslarini jalb qilish va ulardan samarali foydalanish
asosida uzluksiz ta’lim tizimida samarali me’yoriy-huquqiy va tashkiliy- iqtisodiy
mexanizmlarni shakllantirish;
-
davlat va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashi negizida ta’lim tizimi
xodimlarining ijtimoiy maqomi va kasbiy kompetentligini rivojlantirish;
-
ta’lim tizimining davlat va jamoatchilik
boshqaruviga asoslanganlik
tamoyiliga muvofiq ta’lim jarayoni ishtirokchilari –talabalar, pedagoglar, ota
onalar va ta’lim muassasalarining rolini oshirish.
XX asrning 50-
yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta’lim
t
exnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy
e’tibor talabalar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish
evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada
takomillashtirish, ularning
axborot sig‘imini
kengaytirish, axborotlarni uzatish
xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga
qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob’ekti, tayanch nuqtasi
sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul
qilindi.
Davlatimiz rahbarining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining
rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini
yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni bu boradagi
ishlarni yangi bosqichga ko’tarishga, oliy o’quv
yurtlari professor-
o’qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni
zamonaviy
talablarga
muvofiq
muntazam
qayta
tayyorlashning
takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar
tayyorlash sifatini tubdan yuksaltirishni ko’zda tutgani bilan nihoyatda
ahamiyatlidir. Hamda 2011-
2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-
texnika bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini
tubdan yaxshilash bo’yicha Dasturning amalga oshirilishi ustidan tizimli
monitoring o’rnatish aytib o’tildi. Prezidentimizning 2011 yil 20 maydagi «Oliy
ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash va yuqori
malakali mut
axassislar tayѐrlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha chora-
tadbirlar to’g’risida»gi Qarori Oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiyalash,
ularning zamonaviy o’quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim
jarayonlarini sifat jihatdan yan
gi bosqichga ko’tarish, ilg’or pedagogik
texnologiyalar hamda o’qitish shakllarini joriy etish, o’qituvchi kadrlar mehnatini
rag’batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiy soha va tarmoqlarida talab
qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan
yaxshilash maqsadlarini qamrab olgan.
3
Xulosa qilib aytganda davlatimizda taʼlim
sohasida olib borilayotgan
islohotlar yurtimiz kelajagini yaxshilash uchun qoʻyilgan poydevordir.Shu
sababdan ta’limning ma’naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarga
mustaqillik g‘oyalariga, yuksak ma’naviyat va insoniylikning milliy an’analariga
sodiqlik ruhini chuqur singdirish, ularda yot g‘oya va mafkuralarga nisbatan
immunitet va tanqidiy tafakkurni mustahkamlash bо‘yicha keng kо‘lamli ma’rifiy
va tarbiyaviy ishlarni olib borish; ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini
о‘quv va ilmiy-laboratoriya bino va korpuslari, sport inshootlari,
ijtimoiy-
muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital
ta’mirlash, ilm-fanning ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha о‘quv-ilmiy
laboratoriyalarini zamonaviy asbob va uskunalar bilan jihozlash orqali yanada
mustahkamlash; ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, muassasalar
talabalari, о‘qituvchilari
va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy
adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish
imkoniyatlarini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.