• Mavzu: Quyosh foto elektr elementlari va modullari Reja
  • Quyosh foto issiqlik o’zgartirgichlar va Insolyatsion passiv quyosh isitish tizimlari sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar holati
  • Fizika fanidan mustaqil ish




    Download 1,23 Mb.
    bet1/3
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,23 Mb.
    #239343
      1   2   3
    Bog'liq
    Quyosh foto elektr elementlari va modullari


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYАLARI UNIVERSITETI
    FARG’ONA FILIALI
    TABIIY FANLAR” KAFEDRASI


    FIZIKA – FANIDAN
    MUSTAQIL ISH
    Fakul’tet : Komp’yuter injiniring

    Kafedra: Tabiiy fanlar


    Grux: 510-23


    Bajardi: Ne’matov Dilshodjon Nabijon o`g`li


    Qabul qildi: dots. J.S.Abdullayev


    Mavzu: Quyosh foto elektr elementlari va modullari


    Reja:



    1. Quyosh foto issiqlik o’zgartirgichlarning tuzilishi va ishlash tamoyili

    2. Quyosh isitish tizimlarining tuzilishi va ish tamoyili.

    3. Quyosh foto issiqlik o’zgartirgichlar va Insolyatsion passiv quyosh isitish tizimlari sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar holati

    Quyosh foto issiqlik o’zgartirgichlarning tuzilishi va ishlash tamoyili
    Sanoat va qishloq xo‘jaligi texnologik jarayonlari, isitish va issiq suv ta’minoti hamda havoni mo’tadillash uchun past va o‘rta temperaturali issiqlik ishlab chiqarish quyosh energiyasidan foydalanishning asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Respublika yoqilg‘i-energetik balansi hisobidagi energiya miqdorining 25% isitish va issiq suv ta’minotida iste’mol qilinadi. Shuningdek, respublikaning radiatsiya-iqlim sharoitida isitish va issiq suv ta’minoti uchun quyosh energiyasidan foydalanish texnikaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan eng samarali hisoblanadi.
    Eng qulay iqlim sharoitiga ega bo‘lgan janubiy mintakalarda uy-joy-kommunal xo‘jalik sohasida iste’mol qilinadigan umumiy issiqlik miqdorining 50-70% issiq suv ta’minotida ishlatiladi. Individual xo‘jaliklar rivojlanishi bilan quyosh qurilmalariga (avtonom va ekologik toza energiya manbai sifatida) bo‘lgan talab ortib boradi.
    Quyosh nuri yordamida olinadigan issiqlikni tejamli va kam xarajat sarf qilib hosil qilish uchun quyosh gelio qurilmalari bilan issiq suv nasoslarini birgalikda ishlatilishi, kelajakda odatdagidek ishlatilib kelayotgan issiqlik qurilmalaridan berilayotgan jami issiqlik miqdorining 30-50% tashkil etadi.
    Issiqlik energiyasini hosil qiluvchi tabiiy yoqilg‘ilar neft, gaz va boshqalar milliy boyliklardir. Shu sababli tugamaydigan tabiiy quyosh energiyasidan foydalanish hozirgi davrda dolzarb masalalardan biri bulib turibdi [2-3],[27].
    Hozirgi vaqtda quyoshli fotoelektrik o‘zgartirgichlarning iqtisodiy ko‘rsatgichlari bo‘yicha energiya olishning an’anaviy usullari bilan raqobatlasha olmaydi. Shuning uchun ularning amaliy qo‘llanilish sohasi elektr uzatmalarning markazlashgan chiziqlaridan elektr energiya keltirilishi murakkab avtonom dizel-generatorlar uchun yoqilg‘i keltirish esa iqtisodiyot tarafdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan joylarda joylashadigan kichik avtonom uskunalar hisoblanadi.
    Quyosh energiyasidan foydalanishga aniq misollar: haydaladigan yaylovlardagi cho‘ponlar uylarini, ko‘chmanchi asalarichilikda pasekali elektr jihozlarini energiya bilan ta’minlash, gidrometerorologik va radiogeodezik stansiyalar apparaturasini qiyin etib boradigan joylarda (tog‘ va cho‘lli) elektr bilan ta’minlash, mini-sovutgichlarni vaksinalar, zardoblar va boshqa tibbiy moddalarni qishloq hududi va dala gospitallarida saqlash va tashish uchun, suvdagi navigatsion belgilar va quduqlardagi drajli belgilarni, dala sharoitlarida akkumulyatorlarni zaryadlash uchun elektr bilan ta’minlash.
    Bu hollarda birinchi o‘rinda quyosh fotoelektrik o‘zgartirgichlarning boshqa yaxshi xossalari bo‘ladi: ishonchliligi, avtonomligi, mobilligi, shovqinsizligi, ekologik tozaligi, xizmat ko‘rsatishga zarurat yo‘qligi, uzoq kafolatli xizmat muddati, tashishda ixchamligi va h.k.
    Ko‘rsatilgan maqsadlar uchun quyosh energiyasining eng istiqbolli maqsadlaridan biri – kremniy asosidagi quyoshli elementli ko‘chma yoki mobil fotoelektrik uskunalarni hosil qilish bo‘lib, u FIKI 15% va quvvati 2 dan 100 W gacha bo‘lgan quyosh sochma nurlanishini to‘g‘ri va tashkil etuvchanligini energiyasini o‘zgartiradi. Pastki quvvat chegarasi 8 V li keng ommaviy avtomobil akumulyatorlarini o‘zaro tutashish imkoniyati bilan bog‘liq bo‘lib, u kechki payt foydalanilganda energiyani akkumulyasiyalash uchun mo‘ljallangan yuqorigi qiymat yengil avtomobil yoki hayvonlar masalan, yo‘l bo‘lmagan sharoitlarda otlar yordamida tashilganda elektrik uskunalar og‘irligi bilan o‘lchanadi.
    Quyoshli fotoelektrik o‘zgartirgichlarning bu unikal sifatlari UzNIIME ning O‘zFAning «Fizika-Quyosh» IIT Fizika-texnik instituti bilan birgalikda ishlab chiqilgan avtonom quyoshli elektr ta’min manbasida ishlatilgan (AQEM).



    a) b)


    Avtonom ko‘chma quyoshli elektr ta’minot manbaining tashqi ko‘rinishi.
    AQME quyoshli fotoelektrik batareyali yig‘ma paneldan iborat uskuna ko‘rinishida bo‘ladi. Quyoshning birinchi yarmida elektron boshqarish bloki yordamida akkumulyatorni zaryadlash amalga oshiriladi. Elektron o‘zgartirish bloki elektr ta’min manbasidan chiqishda 20 W quvvatli 220 V li doimiy kuchlanishlar olishga imkon beradi. Uskuna korpusi yelka usti kamari bilan ta’minlangan. Akkumulyator kunning yorug‘ va qorong‘i vaqtida ish bilan ta’minlash imkonini beradi.

    Download 1,23 Mb.
      1   2   3




    Download 1,23 Mb.