Quyosh foto issiqlik o’zgartirgichlar va Insolyatsion passiv quyosh isitish tizimlari sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar holati




Download 1,23 Mb.
bet3/3
Sana17.05.2024
Hajmi1,23 Mb.
#239343
1   2   3
Bog'liq
Quyosh foto elektr elementlari va modullari

Quyosh foto issiqlik o’zgartirgichlar va Insolyatsion passiv quyosh isitish tizimlari sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar holati.
Quyosh energiyasini bitta qurilmaning o’zida issiqlik va elektr energiyasiga aylantirish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar yildan-yilga ortib bormoqda. Quyosh energiyasini elektr va issiqlik energiyasiga aylantirib beruvchi modullar quyidagi turlarga bo’linadi: tarmoqqa ulangan modullar; avtonom tizimlar va konsentratorli quyosh fotoelektr issiqlik qurilmalari[36].
Tarmoqqa ulangan modullar bo’yicha ilmiy-tadqiqotlar 1970 yillarning o’rtalaridan quyosh issiqlik kollektorlarining samaradorligini oshirish maqsadida boshlangan. Dastlab issiqlik tashuvchisi havoli va suyuqlikli quyosh kollektorlari ustida nazariy hamda tajribaviy tadqiqotlar o’tkazilgan. 1990 yillardan boshlab binolar fasadiga o’rnatiladigan katta quyosh fotoelektr issiqlik kollektorlari tadqiqotchilar diqqat markazida bo’ldi. Bunday turdagi qurilmalar yordamida binolarni isitish va sovutish uchun sarflanadigan energiyani ishlab chiqish orqali ana’naviy energiya manbalari hosil qilayotgan energiyani tejash mumkin. Avtonom tizimlar sifatida kichik quyosh havo isitish kollektorlar nur tushuvchi yuzasining bir qismiga quyosh fotoelementi joylashtirilgan variantlari ishlab chiqila boshlangan. Asosiy e’tibor issiqlik va elektr samaradorligini orttirishga qaratilib, keyinchalik suyuqlikli kollektorlardan foydalanishga o’tildi.
Aktiv sovutish tizimlarini qo’llagan holda konsentratorli quyosh fotoelektr issiqlik o’zgartirgichlar ustida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Albatta konsentrator yordamida fotoelement yuzasiga tushayotgan quyosh issiqlik nurlanishi quvvatini orttirish bilan elektr samaradorlik keskin ortadi, o’z navbatida fotoelement temperaturasining ortishi uning samaradorligini tushishiga olib keladi. Bunday tizimlarda passiv sovitish tizimlaridan foydalanish ijobiy natija bermaydi.
Quyosh foto-issiqlik o’zgartirgichlar quyosh nurlanish energiyasini faqat elektr energiyasiga emas, balki issiqlik energiyasiga ham aylantirib beradi. Quyosh foto-issiqlik o’zgartirgichlar asosan quyidagi 3 turga bo’linadi[20]:
1.Birlashtirilgan” turdagi quyosh foto-issiqlik o’zgartirgichlar. Asosan gazli va suyuqlikli sovutish tizimiga ega bo’lib, 1970 yillardan tadqiqotlar o’tkazilib, amaliyotda qo’llanila boshlangan. 1990 yilardan shisha fasadli binolarning arxitekturada keng foydalanilishi natijasida binolarni isitish uchun ham shu turdagi quyosh foto-issiqlik o’zgartirgichlardan keng foydalanildi.


Download 1,23 Mb.
1   2   3




Download 1,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyosh foto issiqlik o’zgartirgichlar va Insolyatsion passiv quyosh isitish tizimlari sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar holati

Download 1,23 Mb.