|
Kampyuter tarmoqlari
|
bet | 1/8 | Sana | 05.10.2024 | Hajmi | 5,51 Mb. | | #273677 |
Bog'liq namuna1
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETININIG
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
«KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi
“KAMPYUTER TARMOQLARI” FANIDAN
Mavzu: ____________________________________________________________
Bajardi: “__________________________” yoʻnalishi ____- kurs ________- guruh
Talabasi ____________________________________________________________
Ilmiy raxbar: _______________________________________________________
Jizzax – 2024
MUNDARIJA
KIRISH ……………………………………………………………………….......3
I BOB. VIRTUAL MASHINALARNING XAVFSIZLIGI
1.1. Vertual mashinalar haqida ma’lumot …………………………….7
1.2. Yangilanishlar va patchlar……………17
1.3. Xavfsizlik devorlari…………………………….7
1.4. Antivirus va Antimalwere dasturlari……………17
1.5. Shifirlash…………………………….7
1.6. Zaxira nusxalar……………17
II BOB. DOIMIY FOYDALANISHNI TA`MINLASH
2.1. Monitoring va Audit……………………………………………..18
2.2. Foydalanuvchu ruxsatlari…………………………………...…….23
2.3. Virtualizatsiya platformalari…………………………………………..18
2.4. Resurslarni Boshqarish…………………………………………...…….23
Xulosa…....……………………………………………………………………….24
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati………………………………………........25
KIRISH
Shuni taʼkidlash joiz, ilm-fan taraqqiyotining har qanday yutug‘i insoniyat mushkulini oson qilishga, uning muammolarini qisman bo‘lsada hal etishga xizmat qilishi kerak. Shunday bo‘lyapti ham: yillar davomida fazodan mustaqil tarzda turli maʼlumotlarni Yerga jo‘natishdan tortib tabiiy va texnogen hodisalar vaqtida inson kirishi imkonsiz joylarga ham yetib borayotgan, jarrohlar ko‘zi va barmoqlari ilg‘amaydigan yeng mayda to‘qimalargacha mufassal tekshira olayotgan aynan shu katta-kichik sunʼiy onglashtirilgan turli robotlar, mashinalar-u uskunalardir. Shunisi maʼlumki, insoniyat azaldan mashina tili bilan uzviy aloqada bo‘lgan, Internetning yaratilishi dunyoni o‘zgartirishga sabab bo‘ldi. Internet aslida olamni kichraytirish uchun yaratilgan edi. Ammo, bugun internetsiz olam kichrayib qolayotganday tuyilyapti. Internetning imkoniyatlari yangi texnologiyalarning rivojlanishiga zamin yaratmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari har bir sohani qamrab olmoqda jumladan, taʼlim, iqtisod, tibbiyot, transport va boshqalar. Shu sababdan, jahon sanoat industriyasining asosiy qismi zamonaviy texnologiyalarga bosqichma-bosqich o‘tmoqda.
O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli sohada tub o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, xalqimizning dunyoqarashi, ongu tafakkuri yuksalmoqda.
O‘zbekistonda yuritilayotgan raqamli iqtisodiyot siyosati zamirida ham yangi texnologiyalarni rivojlantirish maqsadi ko‘zda tutilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, IT parklarini tashkil yetish va boshqarish kabi vazifalar to‘liq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatiga o‘tdi.
Mamlakatda sunʼiy tafakkurni yanada rivojlantirish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021-2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasi” ga oid farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Hujjatga ko‘ra, sunʼiy intellektni bosqichma-bosqich rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bunda mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, xorijiy tajribalar asosida sunʼiy intellektni bosqichma-bosqich rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, strategiya loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish va tasdiqlangan strategiyaning ijrosini taʼminlash nazarda tutiladi.
Yangi XXI - asrda axborot texnologiyalari hayotimizning turli jabhalariga kirib borishi axborotlashgan jamiyatning shakllantirishga zamin yaratib bermoqda. “Internet”, “Elektron pochta”, “Elektron ta’lim”, “Elektron boshqaruv”, “Elektron hukumat”, “Masofaviy ta’lim”, “Ochiq ta’lim”, “Axborotlashgan iqtisod” kabi tushunchalar hayotimizga kirib kelishi jamiyatimizning axborotlashishiga intensiv ta’sir ko‘rsatmoqda. Axborot – kommunikatsiyalari orqali mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga o‘tmoqda, ya’ni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning atilgan axborot va bilimlarning 90% so‘nggi 30 yil mobaynida yaratilgan bo‘lib, ular hajmining ko‘payib borishi axborot-kommunikatsiyalaridan samarali foydalanishni talab etmoqda. Ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining istiqboldagi rivojlanishini axborot-kommunikatsiyalari asosida yo‘lga qo‘yishni anglab yetishgan. Mustaqil O‘zbekiston Respublikamizda ham jamiyatni axborotlashtirish, kompyuter ilmini o‘qitishni rivojlantirish bo‘yicha Qonunlar qabul qilinib, ular asosida bir qator dastur va tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Axborotlashtirishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 2002-yil 30-maydagi PF-3080-son Farmoni asosida 2010-yilgacha Axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, u hozirda butun respublikamiz milliy iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida tatbiq qilinmoqda.
Bugungi kunda virtual mashinalar (VM) IT infratuzilmasining ajralmas qismiga aylangan. Ular har qanday tashkilotda resurslardan samarali foydalanish, ma'lumotlarni boshqarish va yangi texnologiyalardan foydalanish imkonini beradi. Virtual mashinalar fizik serverlardan bir nechta mustaqil tizimlar yaratish orqali ishlashadi, bu esa bir vaqtning o'zida bir nechta operatsion tizimlarni ishlatishga imkon beradi. Ularning afzalliklari ichida resurslarni optimallashtirish, xarajatlarni kamaytirish, tezkor ko'chirish va tiklash imkoniyatlari mavjud.
Biroq, virtual mashinalarning keng tarqalishi bilan birga, ularning xavfsizligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Virtual muhitlar ko'plab tahdidlarga duch keladi, masalan, zararli dasturlar, kiberhujumlar va ma'lumotlarning o'g'irlanishi. Shu sababli, virtual mashinalarni himoya qilish uchun zarur choralarni ko'rish, ularga doimiy va ishonchli foydalanishni ta'minlash uchun zarurdir.
Xavfsizlikni ta'minlash va virtual mashinalarni doimiy foydalanish uchun bir qator strategiyalar mavjud. Bular orasida yangilanishlar va patchlar, antivirus dasturlari, shifrlash, zaxira nusxalari va foydalanuvchi ruxsatlarini boshqarish kabi chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, monitoring va audit jarayonlari orqali tizimning holatini doimiy ravishda nazorat qilish va anomaliyalarni tezda aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Ushbu kurs ishining maqsadi virtual mashinalarning xavfsizligini ta'minlash va ularni doimiy ravishda foydalanishni oshirish uchun kerakli choralarni aniqlashdir. Har bir tashkilot uchun virtual mashinalarni xavfsiz va samarali ishlatish muhim vazifa bo'lib, bu nafaqat texnik infratuzilma, balki inson resurslarini ham o'z ichiga oladi. Natijada, virtual mashinalarning xavfsizligi va doimiy foydalanishini ta'minlash orqali tashkilotlar o'z maqsadlariga erishishda ishonchli asosga ega bo'ladi.
Virtual mashinalar (VM) bugungi kunda IT infratuzilmasining ajralmas qismiga aylangan. Ular resurslardan samarali foydalanishni ta'minlaydi va bir vaqtning o'zida bir nechta operatsion tizimlarni ishlatishga imkon beradi. Biroq, virtual mashinalar xavfsizlik tahdidlari bilan to'la va ularni himoya qilish zaruriyati kun tartibida turadi. Ushbu kurs ishida virtual mashinalarning xavfsizligini ta'minlash va doimiy foydalanishni saqlab qolish uchun kerakli choralar ko'rib chiqiladi.
|
| |