Axborotlarni qabul qilish




Download 0,93 Mb.
bet4/6
Sana20.05.2024
Hajmi0,93 Mb.
#246865
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi tizim

Axborotlarni qabul qilish


Tashkilotning yaratilishi va ishlashi ma’lum qonunlar bo‘yicha amalga oshiriladi. A.A. Bogdanov tomonidan ilk bor 1925- yilda ta’rif berilgan tashkilot qonunlari, ko‘pgina (V.G. Afanasev, N. Viner, P.M. Kerjensev, B.Z. Milner, A.M. Omarov, G. Emerson va boshqa) tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida rivojlantirildi.
Ular tomonidan ta’rif berilgan qonunlar shartli ravishda statika va dinamikadagi tashkilot qonunlariga bo‘linadi.
Statikadagi tashkilot qonunlariga quyidagilar kiradi:
1) kompozitsiya qonuni- uning mohiyati shundaki, tashkilot­ning barcha tizimchalarining (elementlarining) ishlashi, maqsadlar aniqlik kiritadigan umumiy maqsadga bo‘ysunadi. Kompozitsiya qonuni bir maqsadga qaratilgan deb atalishi mumkin bo‘lgan tizimlarga taalluqlidir. Tizim maqsadlarining strukturizatsiyasi uning namoyon bo‘lish usullaridan biridir. Tashkilot maqsadlari strukturizatsiyasining natijalariga qarab iyerarxiya pog‘onalari bo‘yicha uning tuzulmasi yasaladi;
2) mutanosiblik qonuni, tashkilotda – har qanday o‘zgarishlar yuz berganda uning barcha elementlari va umuman tashkilot o‘rtasida mutanosiblik saqlanib qolishini talab qiladi. Mazkur qonun tizimning komponentlari (butunning qismlari) o‘rtasida ma’lum nisbat zarurligini hamda o‘lchamlar bo‘yicha moslik, muvofiqlik yoki bog‘lanish bo‘lishini taqozo etadi. Turli tabiatli tashkilot doirasida mutanosiblik qonuniga rioya etilishi tizimning yashash qobilyatini va uning ishlashi samaradorligini oshirish demakdir. Nomutanosiblik tizimining barqarorlik va samaradorligiga putur yetkazadi, uning buzilishiga sabab bo‘ladi. Tizim komponentla­rining mutanosibligi shuningdek sinergik samaraning oshishiga yordam beradi. Farmatsiyadagi tizimlarni rivojlantirish mutanosib­ligini ta’minlashda davlat katta o‘rin egallaydi, u ijtimoiy va bozor infratuzulmalarining monitoringini o‘tkazishi va ularni tahlil qilishi, budjet mablag‘lari taqsimotini maqbullashtirishi lozim;
3) eng kichiklar qonuni – unga ko‘ra: „Butunning barqarorligi uning eng kichik qismlari barqarorligi bilan belgilanadi. Tizimning mazkur muhitga nisbatan jami barqarorligi ushbu tizimning turli qismlarini ularga yo‘naltirilgan ta’sirlarga nisbatan barqarorligini murakkab natijasi bo‘lib hisoblanadi“. Odatda, tizim o‘zining turli qismlarida teng bo‘lmagan va notekis ta’sirlarga duchor bo‘la­di, shuning uchun tizim(butun)ning barqarorligi har qanday daqiqada qismlarining eng kichik nisbiy qarshiliklariga bog‘liq bo‘ladi; Tizim xususiyatlarining yig‘indisi bilan uning komponentlari xususiyatlari yig‘indisi o‘rtasidagi ayirma komponentlarning yaratuvchanlik o‘zaro ta’sirining sinergik (qo‘shimcha) samarasi deb nomlanadi. Tizim past darajada tashkil etilganda xususi­yatlarining yig‘indisi uning komponentlari xususiyatlari yig‘in­disidan kichik bo‘ladi. Tizimni tashkil etish darajasi tuzulmalar va jarayonlarni oqilona tashkil etish tamoyillariga rioya etilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Tizimni tashkil etish darajasi dastlab uning yaratilishi bosqichida shakllanadi, tuzulmani loyihalashtirishda batamom belgilanadi, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning ishlashi davomida ro‘yobga chiqadi. Sinergik samaraga birinchi bosqichning o‘zidayoq asos solinadi. So‘ngra unga mehnatni birlashtirish va taqsimlash; (parallellik, to‘g‘ri ketma-ketlik, mutanosiblik, uzluksizlik, bir maromdalik va boshqalar) jarayonlarni oqilona tashkil etish; jamoa a’zolarining asoslangan hamjihatligi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit hisobiga erishiladi;
2) axborot olish (batartiblik) qonuni – Tashkilot a’zolari faoliyatining tartibi ularning axborotga ega bo‘lish darajasi bilan belgilanadi. Mazkur qonunga ko‘ra, tizimning eng muhim bog‘lovchi elementi tartibga solingan axborotdan iboratdir. Batartiblik — tizimning tavsifi bo‘lib, u har jihatdan tartibni, tashkilotchilikni va tizimning barqaror ishlashini ta’minlovchi ma’lum tarzda o‘rnatilgan o‘zaro bog‘lanishlarning mavjudligini aks ettiradi. Batartiblikka erishilganlik miqdoriy va sifat baholari yordamida tavsiflanadi. Masalan, batartiblikni baholashda quyidagi uchta jihat: tizimning chegaralari va tuzulmasi belgilanganligi; tizimning o‘zgaruvchan komponentlari aniqlanganligi; tizim komponentlarining o‘zaro hamda tizim bilan tashqi muhitning o‘zaro bog‘lanishlari tartibi, axborotni olish, u bilan ishlash, saqlash va uzatish shakllari, usullari va vositalari aniq ifodalanganligi hisobga olingan bo‘lsa uni deyarli to‘liq deb tan olish mumkin. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, boshqaruv tizimini axborot ta’minoti sifatining oshishi uning sifatli ishlashining eng muhim sharti bo‘lib qoladi;




3) tahlil va sintezning birligi qonuni - (qo‘shimcha) turli yo‘nalishlardagi quyidagi: birlashtirish va ixtisoslashtirish, integratsiya va differensiatsiya jarayonlarini o‘zaro bir-birini to‘ldirib borishini nazarda tutadi. Tahlil va sintezning dialektik birligida strukturizatsiyalash, detallashtirish, bo‘lish, ixtisos­lashtirish, universallashtirish amallari ko‘rib chiqiladi, bundan oldin tahlil, keyin esa sintez qilinadi;
4) o‘z-o‘zini saqlash qonuni - butun tashkilotni yangi sifat holatiga o‘tish yo‘li bilan, chegaralari o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymasdan, buzilgan muvozanatni tiklagan holda, o‘z resurslaridan tejamkorlik bilan foydalanib bir butun sifatida saqlab qolishga bo‘lgan intilishida namoyon bo‘ladi. Tizimning muvozanati va barqarorligini ta’minlash ham statikada (tizimni loyihalashtirishda va yaratishda), ham dinamikada (tizim ishlaganda) amalga oshirilishi lozim.



Download 0,93 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,93 Mb.