Quyon go’shti eksporti haqida




Download 0,77 Mb.
bet1/6
Sana04.06.2024
Hajmi0,77 Mb.
#260228
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
quyon go\'shti eksporti
ryabushkina, 1713269070 (2), 1711787155, 2 задание 5 баллов задание. , 1711469824, 1-ma\'ruza. E va S fani predmeti, 1713424833, 1713971171 (1), Ayyubxon 5 topshiriq PvP (2)

Quyon go’shti eksporti haqida
O‘zbekiston elchisi Abat Fayzullayev Italiya chorvadorlari uyushmasi (AIA) bosh direktori Mauro Donda va Italiya milliy quyonchilik uyushmasi (ANCI) prezidenti Serjo Pompa bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Dunyo" xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida ushbu uyushmalar mamlakat idoralari va tadbirkorlari bilan bir necha yildan beri olib borayotgan hamkorligi natijasida erishilgan katta yutuq – Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida barpo etilgan quyonchilik majmuasi faoliyati muhokama qilindi.
Italiya texnologiyalari asosida barpo etilgan quyonchilik majmuasi yiliga 2 million quyon yetishtirish, 2 ming tonna quyon go‘shti, quyonlar uchun 80 ming tonna to‘liq ratsionli omuxta yem ishlab chiqarish quvvatiga ega. Jarayonlar chiqindisiz uslubda tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 36 ming tonna tabiiy o‘g‘it ham ishlab chiqariladi, quyon terilari esa qayta ishlashga yo‘naltiriladi.
Mamlakatda yaratilgan korxonaning asosiy afzalligi – bu yerga Italiya tomonidan eng yuqori sifatli genetik material va naslli quyon urg‘ochilari yetkazib berilgan. Natijada korxona naslli quyonlar avlodini ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
Italiya milliy quyonchilik uyushmasi mutaxassislari korxona bilan yaqindan hamkorlik qilib, barcha jarayonlarni onlayn tarzda kuzatib boradi. Buning natijasida hayvonlar sog‘ligi, berilayotgan yem tarkibi, qo‘llanishi lozim bo‘lgan dorivorlar bo‘yicha tavsiyalar beriladi.
Hozirda korxona quyon go‘shtini qo‘shni bozorlarga muvaffaqiyatli eksport qilmoqda va yangi salohiyatli importchi mamlakatlar bilan muzokara olib bormoqda.



Quyon boqish xususida gap ketganda, ko‘z oldimizda darrov, o‘sha barchamiz bilgan va sevib tomosha qiladigan “Ajoyib xayolparast” badiiy filmi voqealari gavdalanadi. Binobarin, film bosh qahramonining asl kasbi shifokor bo‘lsa-da, quyon boqadi. Nafaqat quyon boqadi, balki ana shu yumush ortidan xayolan katta orzularga erishadi, boyib ketadi. Albatta, bu kino. Qahramonning orzulari ham faqat tasavvurda. Lekin amalda ham u serdaromad tarmoq bo‘la oladimi? Ya’ni xayoliy orzularni hayotiy haqiqatga aylantirish mumkinmi? Quyonning foydali tomonlari nimada namoyon bo‘ladi? Quyida shular xususida fikr yuritamiz. Nima uchun quyon boqish kerak? Aslida, qayd etganimizdek, aksariyatimiz quyon va quyonchilik deganda uning go‘shti-yu, mo‘ynasini tushunamiz, xolos. Biroq unday emas. Chunki uzunquloq jonivorning biz bilmaydigan jihatlari ko‘p. Masalan, quyon go‘shti parhezbopligi bilan alohida ajralib turadi. Shu bois u inson salomatligiga, ayniqsa, bolalar va keksa yoshli kishilar uchun nihoyatda foydali. Ma’lumotlarga ko‘ra, hatto, quyon qonidan tayyorlangan zardobni tibbiyot yo‘nalishida ishlatish mumkin. Bir kilogramm miya kukuni esa jahon bozorida 30 ming dollargacha baholanar ekan. Shu bilan birga, uning chiqindisi ham dehqonchilikda yaxshi samara beradi. Bugungi kunda dunyo miqyosida quyonchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganining boisi ham shunda, aslida. — Misol uchun, Xitoy, Italiya kabi davlatlarda quyonchilik sohasi ancha taraqqiy etgan va ular bu borada katta tajribaga ega, — deydi O‘zbekiston Quyonchilik xo‘jaliklari assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi Abdurazzoq Ibragimov. — Xususan, Italiyada resurslar cheklanganiga qaramasdan bir yilda 300 ming tonna quyon go‘shti yetishtiriladi. Umuman olganda, hozirgi kunda quyonchilikka dunyo mamlakatlarida katta e’tibor qaratilmoqda. Bu bejiz emas. Nimaga? Chunki, avvalo, quyon go‘shtiga talab yiliga kamida 25 foiz o‘sib bormoqda. Buning asosiy sababi esa quyon go‘shtining ekologik jihatdan tozaligi va parhezbopligidir. Xalqaro standartlarga ko‘ra, inson organizmi sog‘lom bo‘lishini istasa, bir yilda 90 kilogrammgacha go‘sht iste’mol qilishi, shuning kamida 5 foizi quyon go‘shti bo‘lishi kerak. Xo‘sh, ayni paytda jahon bozorida quyon go‘shtiga talab ortib borayotgan bir paytda, uning boshqa foydali jihatlari nima uchun mazkur tarmoqni taraqqiy ettirishi mumkin emas. Qolaversa, u aholi daromadini oshirishda ham ayni muddaodir. Keling, shu o‘rinda uning qanchalik foyda berishini quyidagi oddiy misol orqali tahlil qilib ko‘rsak. Aytaylik, bitta ona quyon bir yilda tabiiy uy sharoitida besh marta, har safar minimum besh oltitadan bolalaydi. Bu o‘ttiztaga ko‘paydi, degani. Yana bir tomoni, yil boshida tug‘ilgan quyonchalar yil oxiriga kelib, o‘zlari ham bolalaydi. Xullas, shu vaqt ichida quyonlar soni qariyb 140 taga yetib, 300 kilogrammgacha go‘sht olish imkoniyati vujudga keladi. Endi o‘zingiz hisoblab ko‘ravering, bitta quyon bir xonadonga qanchalik foyda keltiradi? Bunda, albatta, quyon go‘shti ichki bozorimizda o‘rtacha 30 ming so‘m, jahon bozorida esa 5-6 dollar turishini, uning mo‘ynasiga talab ham kam emasligini va boshqa foydali jihatlarini ham inobatga oling. Ochig‘i, hozircha respublikamizda mazkur tarmoqni yaxshi rivojlangan, quyonchilik sanoat darajasiga chiqqan, deya olmaymiz. Avvalo, quyonchilikning hadisini olgan odamlar unchalik ko‘p emas. Borlari esa yetarlicha axborotga ega emas. Demak, bu borada targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada jadallashtirish zarur. Quyonchilik sanoatlashgan darajada ish yuritishi kerak. Ya’ni boquvchiga xaridor naqd bo‘lsin. U mahsulotini qayerga sotishini oldindan bilishi lozim. Shuningdek, uning ozuqa bazasini shakllantirish ham dozarb masala. Qisqasi, qilinadigan ishlar ko‘p. Muhimi, hozir yurtimizda bu boradagi ishlarga jiddiy kirishilib, muayyan natijalarga ham erishilmoqda. Jumladan, respublika bo‘yicha 122 ta quyonchilikka ixtisoslashtirilgan agrofirma tashkil qilindi. Ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 62,4 milliard so‘m miqdorda kredit ajratildi. Naslli quyonlarni ko‘paytirish maqsadida 2017 yilda Italiyadan 1500 bosh “Yangi Zellandiya”, Ispaniyadan 400 bosh “Domashnыy krolik” zotli quyonlar keltirilgan bo‘lsa, 2018 yilda Belarus Respublikasidan 1 100 “Xiplyus” zotli bosh quyonlar xarid qilindi. Joriy yilning iyul oyida esa Rossiyadan “Xikol” zotli 1000 bosh, sentyabr oyida Italiyadan “Parent” zotli 570 bosh quyonlar keltirilib, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi quyonchilik xo‘jaliklariga yetkazib berildi. Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi “Lepus Agro Service” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga bundan ikki yil oldin “Mikrokreditbank” tomonidan quyonchilikni rivojlantirish maqsadida imtiyozli kredit ajratilgan edi. Natijada agrofirma hududida quyon boqish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Samara esa a’lo darajada: Belarus Respublikasidan olib kelingan 1 100 bosh quyon bir yilda besh barobarga ko‘paydi. Uning bir qismi aholi va tadbirkorlarga tarqatilgan bo‘lsa, qolgani go‘sht sifatida sotildi. Ayni paytda esa argofirmada 3 000 boshga yaqin quyon parvarish qilinmoqda. Quyonchilikda salmoqli yutuqqa erishib kelayotganlardan yana biri — “Sirdaryo momiq quyonlari” fermer xo‘jaligi faoliyati ham yomon emas. Gap shundaki, mazkur xo‘jalik ham ikki yil oldin bank kredit asosida Italiyadan “Yangi zellandiya” zotli 114 bosh quyon xarid qilgan edi. Jamoaning sa’y-harakati bilan ushbu zotdor quyonlar ham tez ko‘paydi. 2 000 bosh quyon aholi va tadbirkorlarga yetkazib berilgan bo‘lsa, 3 tonnadan ortiq quyon go‘shti yetishtirildi. Bundan tashqari, shu davlatdan joriy yilning sentyabr oyida quyonlar zotini yangilash maqsadida 100 boshga yaqin naslli “Parent” quyonlari olib kelinib, parvarishlanmoqda. “Mikrokreditbank” tomonidan kuyonchilik sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bosqichma-bosqich moliyalashtirilib borilmoqda. Shundan kelib chiqib, ayni paytda Toshkent viloyatining Quyi-Chirchiq tumanida quyonchilikka ixtisoslashgan agrokompleks faoliyatini tashkil etish ishlari boshlab yuborildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, loyiha qiymati 12 million AQSh dollarini tashkil qiluvchi mazkur agrokompleks yiliga 50 ming bosh naslli ona quyon va 3 ming tonna quyon go‘shti yetishtirish quvvatiga ega bo‘ladi. 50 kishining bandligi ta’minlanadi. Umuman olganda, bu kabi yumushlar tufayli respublika bo‘yicha quyonchilik xo‘jaliklari va aholi xonadonlarida parvarishlanayotgan quyonlar bosh soni 507 mingga yetkazildi. Shundan birgina 2019 yilning o‘zida 35,5 ming bosh quyon go‘shtga topshirilishi evaziga 64,4 tonna parhez go‘shti yetishtirildi, 79,4 ming bosh quyon esa tarmoqni yanada rivojlantirish maqsadida aholi va tadbirkorlarga sotildi. Hozirgi kunda respublikada ko‘paytirish uchun 56,3 ming bosh quyon mavjud. Yangi markaz — yangi imkoniyat Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joylardagi bunyodkorlik ishlari hamda ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Toshkent viloyatiga qilgan safaridan birida Quyonchilik ilmiy genetik markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning 2 avgustida Vazirlar Mahkamasining “Respublikada quyonchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimidagi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Quyonchilik seleksiyasi va genetika markazi tashkil etildi. Quyonchilik sohasida seleksiya-naslchilik ishlarini takomillashtirish, tarmoqqa innovatsion texnologiyalar va ilg‘or konstruktorlik namunalarini joriy etish, genetik tadqiqotlar o‘tkazish kabi ishlar bilan shug‘ullanuvchi ushbu markazning xarajatlari esa 2 yil davomida “Mikrokreditbank” tomonidan qoplanadi. Hamkorlikda hikmat ko‘p Umuman, “Mikrokreditibank” tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga toshirilayotgan ishlar talaygina. Xususan, o‘tgan yili bank yordami bilan bir qator agrofirma rahbarlari va fermerlar Italiyada bo‘lib o‘tgan “Qishloq xo‘jaligi va zootexnika bo‘yicha xalqaro yarmarka”da ishtirok etib, Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi rahbariyati bilan uchrashdilar. Unda quyon go‘shti ishlab chiqarishning tizimli shaklini yanada rivojlantirish, go‘sht va mo‘ynachilikka moslashtirilgan zotdor quyonlar boqish, go‘sht va terini qayta ishlash, tayyor mahsulot holatiga keltirish hamda eksport qilishning yaxlit tizimini joriy qilish masalalari muhokama qilindi. Hamkorlik qilishga kelishib olindi. Hamkorlikning davomi sifatida Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi mutasaddilari O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Italiya quyon yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi va “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida memorandum imzolandi. Buxoro shahrida respublikamizdagi quyonchilikka ixtisoslashtirilgan agrofirmalar rahbarlari uchun quyonchilikni sanoat usulida rivojlantirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Bunday seminarlar muntazamlik kasb etayotgani diqqatga sazovor. Xususan, joriy yilda respublikamizdagi quyonchilik agrofirmalari vakillari Italiya naslchilik assotsiatsiyasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Mazkur tashrifda ham Italiya naslchilik assotsiatsiyasi hamda “Mikrokreditbank” ATB o‘rtasida memorandum imzolandiki, bu orqali seleksiya ishlarida hamkorlik qilinadi. Bugun yurtimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, xususan, aholining sifatli va arzon go‘sht mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu ma’noda, quyonchilikka qaratilayotgan e’tibor bejiz emas. Zotan, u tadbirkorga ham, aholiga ham birdek manfaat keltiradigan tarmoqdir. Go‘shti va terisi xaridorgir, boqish oson va katta xarajat talab qilmasligi quyonchilik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lganlar safini kengaytirmoqda. “Mikrokreditbank” esa ushbu serdaromad sohani moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘raveradi. Bank axborot xizmati.



Download 0,77 Mb.
  1   2   3   4   5   6




Download 0,77 Mb.