• Foydalanilgan adabiyotlar: 1.
  • Kislotali yomg’irlar alijonov Shuxratjon Davlatjon og’li




    Download 102.03 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana13.04.2024
    Hajmi102.03 Kb.
    #194629
    Bog'liq
    28-29
    «В библиотеке» 3 класс, Havo nisbiy namligini aniqlash, Bildirgi kartrijga, Xoldasov Azamat- TAQDIMOTI, Biznes reja Bolalar bog’chasini ochish uchun nima kerak


    PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
    https://wordlyknowledge.uz/
    28
    KISLOTALI YOMG’IRLAR
    Alijonov Shuxratjon Davlatjon og’li
    Talaba. Farg’ona Politexnika inistituti. Farg’ona shahri
    Kislotali yomg’ir xususida gap ketganda mutaxassislar odatda 70-yillarning oxirlarida
    AQShda ro’y bergan judayam noxush bir hodisani eslab o’tishadi. O’shanda, G’arbiy Virjiniya
    shtatining Uiling degan ixcham shaharchasida uch kun davomida limon sharbatidan ham
    nordonroq yomg’ir yog’gan edi. Yomg’ir ko’rinishida yog’adigan odatdagi yog’inda ham
    kislotaning juda kam miqdori bo’ladi va bu hol tabiiy hisoblanadi. Ammo Uilingdagi yomg’irda
    kislotalilik darajasi tabiiy bo’lganidan 5 000 baravar oshib ketgan edi.
    Kislotali yomg’ir nima o’zi? Avvalo shuni aytish kerakki, tabiatning o’zida kislotali
    yomg’ir mavjud bo’lmaydi. Odatdagi yomg’ir kislotalisiga aylanadi. Nega? Buningdek yomg’ir
    vujudga kelishining sababi — dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida havo ifloslanishining yil
    sayin ortib borishidir. Bu narsa qazilma yoqilg’ilar: ko’mir, neft, gazni yoqish evaziga sodir
    bo’ladi. Natijada kislota hosil qiluvchi gazlar: oltingugurt angidridi va azot oksidlarining katta
    miqdori atmosferaga ajralib chiqadi. Ular atmosferani bulg’aydi va nainki unda uzoq vaqt qoladi,
    balki olis masofalarga, yuzlab va hattoki minglab kilometrlarga uchib boradi. Yomg’ir
    yog’ayotganida bu ifloslantiruvchilar atmosferadagi namlik bilan birikadi va shunda yomg’ir
    shaklidagi odatdagi yog’in xavfli kislotali yomg’irga aylanadi.
    Kislotali yomg’ir tabiatga va kishilar sog’ligiga jiddiy zarar yetkazadi. Dengizlardagi,
    daryolar va ko’llardagi suvlar hayot uchun yaroqsiz holga kelib qoladi. Masalan, Kanadada
    kislotali yomg’ir oqibatida 4 mingdan ziyod ko’llar o’lik deb e’lon qilingan, tag’in 12 mingi
    halokat yoqasida turibdi. Shvetsiyadagi 18 ming ko’llarning ham biologik muvozanati izdan
    chiqqan. Norvegiyada mamlakat janubidagi ko’llarning yarmida baliq yashamay qo’ydi.
    Kislotali yomg’ir o’rmonlar, bog’istonlar, bog’larga ham katta zarar yetkazadi. Barglar
    sarg’ayadi va to’kiladi, ko’pgina nihollar shishadek mo’rtlashadi va sinib tushadi. Germaniyada
    kislotali yomg’ir qoraqarag’aylarning yarmidan ko’progini nobud qildi.
    Kislotali yomg’ir hattoki metalni ham o’yib tashlaydi, buning oqibatida ko’priklar vayron
    bo’layotir, samolyotlarga darz ketmoqda. Ming yillardan buyon mavjud bo’lgan va bizga qadar
    yetib kelgan ko’pgina tarixiy yodgorliklar endilikda kislotali yomg’ir oqibatida yakson bo’lishi
    mumkin. Olimlarning aksariyati tomonidan atrof muhitni muhofaza qilishning eng yirik
    muammosi deb e’tirof etilayotgan kislotali yomg’ir bilan qay tariqa kurashish mumkin o’zi?
    Albatta, atmosferaga chiqarib yuborishlarni kamaytirish bilan. Darvoqe, bundan yuz
    yillar ilgari avtomobillar hali hayotimizni zaharlamagan kezlarda yomg’irning kislotalik darajasi
    hozirgisidan yuz baravar past edi! Grenlandiyaning o’tgan asrda hosil bo’lgan muzi tarkibini
    tahlil qilgan tadqiqotchilar shuni aniqlashgan. Shunday ekan, zararli ishlab chiqarishlarga gazdan
    tozalovchi uskunalarni tatbiq etish zarur. Biroq bunday qurilma juda ham qimmat turadi va
    sanoatchilar ha deganda uni o’rnatishga mayl bildiravermaydilar. Demak, ularni bu ishni qilishga
    majburlovchi qonunlar kerak. Bunday qonunlarning xalqaro maqomga ega bo’lishi hammasidan
    ham a’lo bo’lar edi (biz bir mamlakatning chiqitlaridan boshqalari qay tariqa zarar ko’rishini
    aytib o’tgan edik). Bunday qonunlar rioya etmaganlik uchun hattoki urush olib borayotgan
    mamlakatga nisbatan qo’llanganidek qat’iy jazolar berilishi ham maqsadga muvofiq bo’lar edi.
    Chunki odamlar harbiy mojarolarga qaraganda kislotali yomg’irdan ko’proq halok bo’lmoqdalar!
    Afsuski, bu haqda orzuga borish mumkin, xolos. Biroq, bu orzu yaqin vaqtlarda amalga oshgan
    taqdirda ham yer atmosferasi sog’lomlashishidan oldin uzoq o’nyilliklarning sochi oqarishi
    kerak bo’ladi. Biz uni nechog’li bulg’ab tashlaganimizni his etdingizmi?


    PEDAGOGIK ISLOHOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI
    https://wordlyknowledge.uz/
    29
    Kislotali yomg'ir atrof-muhitga salbiy ta'sirlarni keltirib chiqaradi, masalan, tuproq va
    suvlarning kislotalanishi, tirik mavjudotlarga, shu jumladan odamlarga ta'sir qiladi. shuningdek,
    tuproq va suv og'ir metallar bilan ifloslangan bo'lib, evtrofikatsiya suv havzalarida sodir bo'ladi.
    kislota yomg'irining ta'sirini bartaraf etish uchun yodgorliklarni himoya qilish va tuproq va
    suvlarning kislotaliligini to'g'irlash kabi ba'zi muhim choralarni ko'rish mumkin. shu bilan birga,
    kislota yomg'irining asosiy echimi atmosferaga kislota hosil bo'lishining kashfiyotchilari bo'lgan
    kimyoviy birikmalarni kamaytirishdir.
    Kislota yomg'irining hodisasi atmosferaga kislotalar hosil
    bo'lishining kashfiyotchilari bo'lgan kimyoviy birikmalarning tarqalishidan boshlanadi. Ushbu
    birikmalar tabiiy yoki sun'iy manbalar orqali chiqarilishi mumkin.
    Tabiiy manbalarga vulqon otilishi, o'rmon yong'inlari va okean chiqindilari kiradi. Sun'iy
    manbalar sifatida sanoat chiqindilari, avtotransport vositalaridan chiqadigan chiqindilar yoki
    chiqindilar yoqiladi.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. O.Qudratov ‘’Sanoat ekalogiyasi,, Toshkent-2003.
    2. Internet sayitlari:https://www.uznature.uz, Ekalogiya va Atrof muhitni muhofaza qilish.
    3. “Umumiy ekalogiya,,talabalar uchun darslik Toshkent-2003.

    Download 102.03 Kb.




    Download 102.03 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kislotali yomg’irlar alijonov Shuxratjon Davlatjon og’li

    Download 102.03 Kb.
    Pdf ko'rish