• Mavzu: Sanaot korxonasining tashkiliy tarkibini takomillashtirish yo’nalishlari
  • Iqtisodiyot va menejment




    Download 95,38 Kb.
    bet1/6
    Sana08.01.2024
    Hajmi95,38 Kb.
    #132424
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Kurs ishi Sanaot korxonasining tashkiliy tarkibini takomillashtirish


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
    TA’LIM VAZIRLIGI
    URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
    KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
    YENGIL SANOAT KAFEDRASI
    IQTISODIYOT VA MENEJMENT” fanidan

    K U R S I SH I

    Mavzu: Sanoat korxonalarida mehnatni rag`batlantirishni tashkil etish



    Bajardi_____________guruh talabasi___________________________________
    (imzo) (F.I.O)

    Kurs ishi himoya qilingan sana “___”________________2023 yil.


    Baho “___”_______________

    Ilmiy rahbar: ________ ___________________________
    (imzo) (F.I.O)
    Komissiya azolari: ________ ___________________________
    (imzo) (F.I.O)
    ________ ___________________________
    (imzo) (F.I.O)


    Mavzu: Sanaot korxonasining tashkiliy tarkibini takomillashtirish yo’nalishlari

    M U N D A R I J A:


    Kirish…………………………………………………………………………..3
    1-bob. Sanoat korxonalari tashkiliy tarkibi

      1. Sanoat va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi o’rni……………………..8

      2. To’qimachilik sanoatini rivojlanishida xorij tajribasining roli………...12

    2-bob. Sanaot korxonasining tashkiliy tarkibini takomillashtirish
    2.1. To’qimachilik korxonalarida ishlab chiqarishning tashkiliy turlari……20
    2.2 Tо’qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish tarkibi. ……………....25
    2.3. Sanoat korxonalari raqobatbardoshligini baholashning
    uslubiy masalalari…………………………………………………..….32
    Xulosa…………………………………………………………………………34
    Foydalanilgan adabiyotlar....…………………………………………………..36
    KIRISH
    Sanoat korxonalari respublikamizda moddiy boylik ishlab chiqaruvchi,
    bir-biri bilan bog’liq sanoat korxonalari tizimidan tashkil topgan bо’lib, bozor
    iqtisodi qonunlari asosida faoliyat yuritadi. Sanoat korxonalari tarmoq tarkibida bir
    xil umumiy maqsadda mahsulot ishlab chiqaradi. Unda texnologik jarayon va
    kadrlar tarkibi bir xil bо’ladi.
    Sanoat korxonalari mustaqil ishlab chiqarish xо’jaligi bо’lib, ma’lum turdagi ishlab chiqargan mahsuloti aholi ehtiyojini qondirishi, bozorni sifatli raqobatbardosh mahsulot bilan tо’ldirish maqsadida faoliyat yuritadi.
    Sanoat korxonalari respublikamizda moddiy boylik ishlab chiqaruvchi,
    bir-biri bilan bog’liq sanoat korxonalari tizimidan tashkil topgan bо’lib, bozor
    iqtisodi qonunlari asosida faoliyat yuritadi. Sanoat korxonalari tarmoq tarkibida bir
    xil umumiy maqsadda mahsulot ishlab chiqaradi. Unda texnologik jarayon va
    kadrlar tarkibi bir xil bо’ladi.
    Sanoat korxonalari mustaqil ishlab chiqarish xо’jaligi bо’lib, ma’lum turdagi
    Ishlab chiqargan mahsuloti aholi ehtiyojini qondirishi, bozorni sifatli
    raqobatbardosh mahsulot bilan tо’ldirish maqsadida faoliyat yuritadi.
    Sanoat korxonalarining tavsifini ifodalovchi asosiy belgilar:
    1. Korxona ishlab chiqarish, texnik-texnologik jarayonni amalga oshirish
    uchun faoliyat kо’rsatadi, ya’ni ma’lum bir turdagi mahsulot ishlab chiqarishni
    ta’minlaydi. Korxonaning asosiy qismini kapital, mehnat vositalari va buyumlari
    tashkil etib, mehnat vositalari ‒ mashina, jihoz va dastgohlar yagona texnologik
    tizimni tashkil etadi. Ularning soni va turi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va
    maqsadi hamda texnologik jarayonning borish usullari, korxona quvvatiga bog’liq
    bо’ladi.
    Texnologik jarayonni tо’g’ri tashkil etish uchun ishlab chiqarishning
    imkoniyati va maqsadiga qarab uning sexlari, har xil uchastkalarida mehnat
    taqsimoti va kooperatsiyasi ishlarini amalga oshiradi. Korxonaning har bir
    uchastkasi ma’lum bir funksiyani (ishlab chiqarish jarayonining bir qismini)
    bajaradi, ammo ular bir-birini tо’ldirib, bir-biri bilan bog’liq bо’lib, yagona
    texnologik jarayonni tashkil etadi yoki asosiy va yordamchi, xizmat kо’rsatish
    jarayonlari bajariladi (mashinalarni ta’mirlash, elektr-energiya va bug’ bilan
    ta’minlash boshqalar). Natijada ma’lum turdagi mahsulot ishlab chiqariladi.
    2. Korxona tashkil etish nuqtai nazaridan tashkiliy birlashma hisoblanadi,
    ya’ni korxonada ishlovchi jamoa yagona ishlab chiqarish maqsadini amalga
    oshirish uchun umumiy faoliyat kо’rsatadi va oldiga qо’yilgan vazifani bajarishga
    yo’naltiriladi.
    Bu vazifalar korxona biznes-rejasida mо’ljallanganidek, о’z jamoasining
    kuchi bilan ishlab chiqarish – moliyaviy reja asosida amalga oshiriladi. Bu reja
    xalq xо’jaligini rivojlantirish rejasining bir qismi hisoblanadi. Korxona mustaqil
    bо’lib, tugallangan buxgalteriya hisobotiga (mustaqil balans), bankda hisob
    raqamiga ega.
    3. Korxona, shuningdek iqtisodiy birlik hisoblanadi. Har bir korxona
    mulkchilik shakliga qarab, mavjud resurslardan foydalanib, xо’jalik hisobida
    faoliyat kо’rsatadi, ya’ni ishlab chiqarilgan mahsulotlari, kо’rsatgan xizmatlari
    xarajatlarini о’z mahsulotlarini sotishdan tushgan mablag’ hisobiga qoplaydi.
    Korxonaning ma’lum miqdorda foyda kо’rishi, uning о’z samaradorligini
    ta’minlashidir. Korxona yuridik shaxs huquqida bо’lib, faqat ishlab chiqarish bilan
    shug’ullanmasdan, balki mahsulot aylanish jarayonida ham ishtirok etadi.
    U boshqa tashkilot va korxonalar bilan mahsulotni sotishga, xom ashyo va
    materiallar bilan ta’minlashga shartnoma tuza oladi. Shartnoma bajarilishiga
    javobgarlikni о’z zimmasiga oladi, zaruriy moliyaviy hisob-kitoblarni olib boradi.
    Moddiy ta’minot va moliyaviy faoliyat kо’rsatadi. Yuqorida qayd etilgan hamma
    belgilar tо’qimachilik sanoati korxonalariga ham taalluqlidir.
    To’qimachilik korxonalarida ishlab chiqarishning tashkiliy turlari.
    Ishlab chiqarishning tashkiliy turlari deb, korxonada amalga oshiriladigan
    texnologik jarayonning asosiy tashkiliy texnologik belgilari yig’indisi tushuniladi.
    Ishlab chiqarish turlari ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda ish joyining
    ixtisoslashganligi, turli operatsiyalarning ishlab chiqarish jarayonidagi bir-biri
    bilan bog’lanish formalari, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari va ularning
    miqdori, korxonaning tarkibi va quvvati bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish turlarining amaliy ahamiyati, ularni qaysi turga kiritish, ish joyi, sex, uchastka, umuman ishlab chiqarishni tayyorlash, rejalashtirish, hisob-kitob va nazorat qilish, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish formalarini belgilash imkoniyatini yaratadi. Ishlab chiqarish alohida xususiyatlari va tavsifiga qarab, quyidagi asosiy
    turlarga bо’linadi: yakka tartibda, seriyalik (kо’p miqdorda doimiy), ommaviy.
    Yakka ishlab chiqarish turida bir-biridan farq qiluvchi har xil buyumlar
    ishlab chiqariladi. Bu buyumlarning har biri donalab tayyorlanadi. Bunday
    korxonalarda har bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun alohida tayyorgarlik
    kо’riladi, ya’ni konstruksiyasining qayta ishlash usullari va tartibi ishlab chiqiladi.
    Texnologik jarayon bir maromda bormaydi. Chunki ma’lum mahsulot ishlab
    chiqarish uchun ish joyi boshqa mahsulot ishlab chiqarishga kerak bо’lmaydi.
    Mahsulot turi ikki marta qaytarilmaydi. Bunday holat ish joyini ixtisoslashtirishga
    tо’sqinlik qiladi. Unda ishlayotgan ishchilardan har xil operatsiyalarni bajarish
    taqozo etiladi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari yuqori va mehnat
    unumdorligi past darajada bо’ladi. Aylanma fondlarning aylanishi sekinlashadi.
    Seriyalik ishlab chiqarishga ma’lum muddatga ma’lum miqdorda mahsulot
    ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Seriya deganda ma’lum miqdorda
    belgilangan mahsulot turini ishlab chiqarish tushuniladi. Seriyalik ishlab
    chiqarishda har bir ish о’rinlariga ma’lum operatsiyalarni bajarish biriktiriladi va
    ular ma’lum muddatda qaytarilib turiladi.
    Ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori ma’lum turi va vaqtiga qarab, kichik
    seriyalik, о’rta seriyalik, katta seriyalik bо’lishi mumkin. Seriyalik ishlab chiqarish
    yakka turdagiga nisbatan yuqori texnik-iqtisodiy kо’rsatkichlariga ega bо’ladi.
    Chunki mahsulot ishlab chiqarishda texnologik jarayon bir partiya mahsulot ishlab
    chiqarish uchun bir xil bо’ladi, ishchi ma’lum kо’nikmalarga ega bо’ladi.
    Mehnat unumdorligini о’stirish imkoniyatlari yaratiladi. Natijada mahsulot
    ishlab chiqarish xarajatlari qо’shimcha xarajatlarning kamayishi hisobiga, ya’ni
    ishlab chiqarishni tayyorlash, yangi mahsulot ishlab chiqarishni о’zlashtirish
    xarajatlari yakka mahsulotga emas, barcha partiyadagi mahsulotlar tarkibiga
    kiritilishi hisobiga kamayadi. Ammo seriyali ishlab chiqarishda bir partiyadan
    ikkinchi partiyaga о’tishda texnologik jarayonni qayta shakllantirish, mashinalarni
    qayta taxlash talab etiladi. Natijada bunday ishlab chiqarish samaradorlikni
    pasaytiradi. Seriyali ishlab chiqarishda mahsulotni ishlab chiqarish ma’lum
    miqdorda iste’molchilar bilan kelishilgandek bajariladi. Sо’ng ikkinchi tur
    mahsulot ishlab chiqarish boshlanadi. Tо’qimachilik korxonalarida avralik atlas
    ma’lum partiyalarda ishlab chiqariladi. Ommaviy ishlab chiqarishda bir turdagi mahsulot kо’p miqdorda doimiy uzoq vaqt korxona tomonidan ishlab chiqariladi.
    Ommaviy ishlab chiqarish kо’p afzalliklarga ega:
    1. Uzoq muddatda kо’p miqdorda bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish har bir
    ish joyini tо’liq bandliligini doimiy bajariladigan operatsiyalar bilan ta’minlaydi.
    2. Texnologik jarayonning alohida о’timlarida bajariladigan operatsiyalarning
    bir xilda qaytarilishi, mahsulot ishlab chiqarish ilgaridan belgilangan texnologik
    jarayon asosida olib borish imkonini yaratadi.
    3. Ish joyini yuqori darajada ixtisoslashganligi ixtisoslashgan mashina va
    dastgohlardan foydalanish texnologik jarayonini borishi tartibiga mos holda
    joylashtirish imkonini beradi. Natijada xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni
    tashish aylanma fondlarga bо’lgan talabni kamaytirish hamda tugallanmagan
    ishlab chiqarish zahiralarini kamaytirish imkonini yaratadi.
    4. Ishlab chiqarish jarayonini tavsifi mashinalarni qayta taxlashni talab
    etmaydi. Natijada mashinalarni emas ularni ma’lum qismlarini almashtiriladi.
    Mashinalardan yaxshi foydalaniladi, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari
    kamayadi.
    5. Mehnatni keng taqsimoti hisobiga ishchilarni ma’lum bajaradigan ishlari
    ixtisoslashadi. Natijada ularning bajaradigan ish uslublari takomillashadi, ishchi
    malakasidan yaxshi foydalaniladi, mehnat unumdorligi о’sadi.
    6. Malakali ishchilarni tayyorlash yengillashadi, me’yorlash, rejalashtirish,
    ishlab chiqarishga tayyorlash yengillashadi. Me’yorlash, rejalashtirish, ishlab
    chiqarishni hisoblash soddalashadi.
    Ommaviy ishlab chiqarishning asosiy belgilaridan biri ish joyining
    ixtisoslashganligidir. Shu bilan bir qatorda korxonada ishlab chiqariladigan
    mahsulot miqdori kо’p, bir xil turda bо’lganligi sababli texnologik operatsiyalarning, jarayonlarning qaytarilishi muhim bо’ladi. Ommaviy ishlab chiqarish turiga tо’qimachilik korxonalari kiradi, chunki tо’qimachilik korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar bir-biridan juda kam holda farqlanadi – xom ashyo sarfi qо’llanayotgan texnologik jarayon mahsulot tarkibi
    va hokazolar shular jumlasidandir.



    Download 95,38 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 95,38 Kb.