|
To’qimachilik korxonalarida ishlab chiqarishning tashkiliy turlari
|
bet | 4/6 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 95,38 Kb. | | #132424 |
Bog'liq Kurs ishi Sanaot korxonasining tashkiliy tarkibini takomillashtirish2.1.To’qimachilik korxonalarida ishlab chiqarishning tashkiliy turlari
Ishlab chiqarishning tashkiliy turlari deb, korxonada amalga oshiriladigan
texnologik jarayonning asosiy tashkiliy texnologik belgilari yig’indisi tushuniladi.
Ishlab chiqarish turlari ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda ish joyining
ixtisoslashganligi, turli operatsiyalarning ishlab chiqarish jarayonidagi bir-biri
bilan bog’lanish formalari, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari va ularning
miqdori, korxonaning tarkibi va quvvati bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish turlarining amaliy ahamiyati, ularni qaysi turga kiritish, ish
joyi, sex, uchastka, umuman ishlab chiqarishni tayyorlash, rejalashtirish,
hisob-kitob va nazorat qilish, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil etish
formalarini belgilash imkoniyatini yaratadi.
Ishlab chiqarish alohida xususiyatlari va tavsifiga qarab, quyidagi asosiy
turlarga bо’linadi: yakka tartibda, seriyalik (kо’p miqdorda doimiy), ommaviy.
Yakka ishlab chiqarish turida bir-biridan farq qiluvchi har xil buyumlar
ishlab chiqariladi. Bu buyumlarning har biri donalab tayyorlanadi. Bunday
korxonalarda har bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun alohida tayyorgarlik
kо’riladi, ya’ni konstruksiyasining qayta ishlash usullari va tartibi ishlab chiqiladi.
Texnologik jarayon bir maromda bormaydi. Chunki ma’lum mahsulot ishlab
chiqarish uchun ish joyi boshqa mahsulot ishlab chiqarishga kerak bо’lmaydi.
Mahsulot turi ikki marta qaytarilmaydi. Bunday holat ish joyini ixtisoslashtirishga
tо’sqinlik qiladi. Unda ishlayotgan ishchilardan har xil operatsiyalarni bajarish
taqozo etiladi. Natijada mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari yuqori va mehnat
unumdorligi past darajada bо’ladi. Aylanma fondlarning aylanishi sekinlashadi.
Seriyalik ishlab chiqarishga ma’lum muddatga ma’lum miqdorda mahsulot
ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Seriya deganda ma’lum miqdorda
belgilangan mahsulot turini ishlab chiqarish tushuniladi. Seriyalik ishlab
chiqarishda har bir ish о’rinlariga ma’lum operatsiyalarni bajarish biriktiriladi va
ular ma’lum muddatda qaytarilib turiladi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori ma’lum turi va vaqtiga qarab, kichik
seriyalik, о’rta seriyalik, katta seriyalik bо’lishi mumkin. Seriyalik ishlab chiqarish
yakka turdagiga nisbatan yuqori texnik-iqtisodiy kо’rsatkichlariga ega bо’ladi.
Chunki mahsulot ishlab chiqarishda texnologik jarayon bir partiya mahsulot ishlab
chiqarish uchun bir xil bо’ladi, ishchi ma’lum kо’nikmalarga ega bо’ladi.
Mehnat unumdorligini о’stirish imkoniyatlari yaratiladi. Natijada mahsulot
ishlab chiqarish xarajatlari qо’shimcha xarajatlarning kamayishi hisobiga, ya’ni
ishlab chiqarishni tayyorlash, yangi mahsulot ishlab chiqarishni о’zlashtirish
xarajatlari yakka mahsulotga emas, barcha partiyadagi mahsulotlar tarkibiga
kiritilishi hisobiga kamayadi. Ammo seriyali ishlab chiqarishda bir partiyadan
ikkinchi partiyaga о’tishda texnologik jarayonni qayta shakllantirish, mashinalarni
qayta taxlash talab etiladi. Natijada bunday ishlab chiqarish samaradorlikni
pasaytiradi. Seriyali ishlab chiqarishda mahsulotni ishlab chiqarish ma’lum
miqdorda iste’molchilar bilan kelishilgandek bajariladi. Sо’ng ikkinchi tur
mahsulot ishlab chiqarish boshlanadi. Tо’qimachilik korxonalarida avralik atlas
ma’lum partiyalarda ishlab chiqariladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda bir turdagi mahsulot kо’p miqdorda doimiy
uzoq vaqt korxona tomonidan ishlab chiqariladi.
Ommaviy ishlab chiqarish kо’p afzalliklarga ega:
1. Uzoq muddatda kо’p miqdorda bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish har bir
ish joyini tо’liq bandliligini doimiy bajariladigan operatsiyalar bilan ta’minlaydi.
2. Texnologik jarayonning alohida о’timlarida bajariladigan operatsiyalarning
bir xilda qaytarilishi, mahsulot ishlab chiqarish ilgaridan belgilangan texnologik
jarayon asosida olib borish imkonini yaratadi.
3. Ish joyini yuqori darajada ixtisoslashganligi ixtisoslashgan mashina va
dastgohlardan foydalanish texnologik jarayonini borishi tartibiga mos holda
joylashtirish imkonini beradi. Natijada xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlarni
tashish aylanma fondlarga bо’lgan talabni kamaytirish hamda tugallanmagan
ishlab chiqarish zahiralarini kamaytirish imkonini yaratadi.
4. Ishlab chiqarish jarayonini tavsifi mashinalarni qayta taxlashni talab
etmaydi. Natijada mashinalarni emas ularni ma’lum qismlarini almashtiriladi.
Mashinalardan yaxshi foydalaniladi, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari
kamayadi.
5. Mehnatni keng taqsimoti hisobiga ishchilarni ma’lum bajaradigan ishlari
ixtisoslashadi. Natijada ularning bajaradigan ish uslublari takomillashadi, ishchi
malakasidan yaxshi foydalaniladi, mehnat unumdorligi о’sadi.
6. Malakali ishchilarni tayyorlash yengillashadi, me’yorlash, rejalashtirish,
ishlab chiqarishga tayyorlash yengillashadi. Me’yorlash, rejalashtirish, ishlab
chiqarishni hisoblash soddalashadi.
Ommaviy ishlab chiqarishning asosiy belgilaridan biri ish joyining
ixtisoslashganligidir. Shu bilan bir qatorda korxonada ishlab chiqariladigan
mahsulot miqdori kо’p, bir xil turda bо’lganligi sababli texnologik operatsiyalarning, jarayonlarning qaytarilishi muhim bо’ladi. Ommaviy ishlab chiqarish turiga tо’qimachilik korxonalari kiradi, chunki tо’qimachilik korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar bir-biridan juda kam holda farqlanadi – xom ashyo sarfi qо’llanayotgan texnologik jarayon mahsulot tarkibi
va hokazolar shular jumlasidandir.
Ommaviy ishlab chiqarish yakka va seriyali ishlab chiqarish turidan doimiy
ravishda kо’p miqdorda bir xil turdagi buyumlarni ishlab chiqarish bilan
xarakterlanadi. Ishlab chiqarishning bu turi trikotaj sanoatida qо’llaniladi.
Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarish jarayoni tarash, qayta о’rash, tо’qish,
bichish, tikish, bо’yash va pardozlash sexlarida bajariladi. Bu esa eng ilg’or
usullarni texnologik jarayonni hamma bosqichlarida ma’lum ish operatsiyasini
bajarishga ixtisoslashtirish, ishchilar orasida mehnatni ratsional taqsimlash, qо’l
mehnatini qisqartirish, og’ir jismoniy mehnatni yengillashtirish, yangi texnikani,
avtomat va yarim avtomatlarni qо’llash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish
va avtomatlashtirish, ishlab chiqarish maydonlaridan yaxshiroq foydalanish,
barcha resurslardan, xom ashyo, materiallar, yoqilg’i va elektr-energiyasidan
samarali foydalanishga imkon yaratib, sexlar, uchastka va butun korxonaning
uzluksiz yuqori sur’at bilan ishlashini ta’minlaydi, ishlab chiqarish siklining
davom etish vaqtini qisqartiradi, aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtiradi
va natijada texnik-iqtisodiy kо’rsatkichlarni yuqori bо’lishini ta’minlaydi.
Yigirish korxonalarida о’rnatilgan mashinalar ma’lum turdagi mahsulot ishlab
chiqarishga moslashtirilgan ya’ni, yigirilgan ip, pilik va pilta mahsulotlari ishlab
chiqariladi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot ‒ ipni turi, chiziqli zichligi bir xil
yigirish tizimida texnologik jarayon bir xil qoladi. Texnologik о’timlardagi
jarayonlar ham о’zgarmaydi. Faqat mashinalarni tezligi, yarim tayyor
mahsulotlarni qо’shilish soni, chо’zish soni 1 m. mahsulotdagi buralishlar soni
о’zgarishi mumkin.
Agarda yigirilayotgan ipni yо’g’onligi о’zgarsa, foydalanilayotgan mashinalarni soni ularni taxlash tizimi (о’ramlar og’irligi, silindrlar diametri, chо’zilishlar) qisman о’zgarsa ham yigirish korxonalari ommaviy ishlab chiqarish turiga kiradi. Chunki ish joylarida bir xil operatsiyalar bajariladi. Tо’qish korxonalarida tо’qima tо’qiladi, ishlab chiqiladi, har turdagi tо’qimani tanda va arqoq iplari tо’qilish jarayoni bir xil bо’ladi. Bajariladigan operatsiyalari va texnologik jarayondagi о’timlar soni odatda bir xil bо’ladi. Har xil chiziqli zichlikdagi xom ip va tо’qimalarni ishlab chiqishda foydalaniladigan mashinalar va ularga xizmat kо’rsatadigan ishchilar malakasi ham bir xil bо’lishligini talab etadi. Demak, tо’qimachilik korxonalari har xil mahsulot ishlab chiqarilishiga qaramasdan ular ommaviy ishlab chiqarish turiga mansubligi saqlanib qoladi. Tо’qimachilik korxonalarining umumiy belgilariga qaramasdan, yigirish, tо’qish va pardozlash korxonalarida о’ziga xos alohida xususiyatlar mavjud. Yigirish korxonalarining alohida belgilaridan biri ularda texnologik jarayon kо’p sikllarining qaytarilishi, ishlab chiqarilayotgan о’ramlar о’timlar bо’yicha og’irligining kamligi, natijada bu о’ramlarni bir о’timdan ikkinchisiga tashish muammolari (tо’shalma, pilta, pilik, xom ip) mavjudligidir. Yigirish korxonalarida tо’qish korxonalariga nisbatan mashinalar sonining kamligi, hozirgi kundagi yangi texnika-texnologiyalarda bitta yigirish mashinasi (400-1000 urchuqli) 12-40 ta tо’qish dastgohini tanda yoki arqoq iplari bilan ishlashini ta’minlaydi.
Paxta yigirish korxonalarining alohida belgilaridan yana bittasi ulardagi
texnologik jarayon apparat tizimida tashkil etilishidir. Bunda о’timlar orasidagi
mashinalar ishlab chiqarayotgan mahsuloti bir-birining uzluksiz ishlashini
ta’minlaydi. Tо’qish korxonalari boshqalaridan quyidagilar bilan farqlanadi:
‒ ishlab chiqarishda о’timlar soni nisbatan kam, hajmi kо’p va og’ir;
‒ tayyorlov о’timidan keyingi о’timdagi sexdagi mashinalarni ishlashi uchun
yarim tayyor mahsulotlarni ma’lum partiyada tayyorlash, ya’ni bobinalarni tanda
g’altagiga, tanda g’altagidagisini tо’qish g’altagiga, iplar soni tо’qimani taxlash
tizimida mо’ljallanganidek bо’lishini ta’minlash kerak bо’ladi;
‒ tо’qish korxonalarida yigirish va pardozlash korxonalariga nisbatan
mahsulot ishlab chiqarishga kо’p mehnat talab qilinadi. Tо’qish korxonalarida
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turiga qarab mehnat sarfi tayyor mahsulot ishlab
chiqarish mehnat xarajatlaridan 50-60 %ni, yigirish korxonalarida 30-35 % va
pardozlash korxonalarida 10-15 %ni tashkil etadi. Tо’qish о’timidagi jarayon
tо’qish korxonasidagi mehnat sarfining 75-80 %ini, tayyorlov о’timlarida esa
20-25 %ni tashkil etadi.
Pardozlash korxonalari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari va
ularning ixtisoslashganligiga qarab ommaviy yoki seriyalik ishlab chiqarish turiga
mansub bо’lishi mumkin. Pardozlash korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulot
turlari har xil bo’ladi. Mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni katta partiyalarda
amalga oshiriladi va tо’qimani turlariga qarab ishlab chiqarishning har xil usullari
qо’llaniladi. Ularda texnologik jarayon siklini davomiyligi har xil va о’timlar soni
ham har xil bо’ladi va ular odatda qaytarilmaydi. Trikotaj ishlab chiqaruvchi
korxonalarda, ayniqsa, bо’yash va tikish sexlarida ishlab chiqariladigan mahsulot
turlari tez о’zgarib turadi. Shu sababli ular seriyali ishlab chiqarish turiga mansub.
Trikotaj mahsulotlari tanda tо’quv va aylanma ignadonli trikotaj tо’quv
mashinalarida ishlab chiqarilib, bu korxonalarni tashkil etilishi seriyali ishlab
chiqarish turiga mansubdir.
Shu jumladan, paypoq tо’qish korxonalari paypoq tо’qish avtomatlari va
yarim avtomat mashinalari bilan jihozlangan bо’lib, odatda ular ommaviy ishlab
chiqarish turiga mansub bо’ladi.
|
| |