Tо’qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish tarkibi




Download 95,38 Kb.
bet5/6
Sana08.01.2024
Hajmi95,38 Kb.
#132424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Sanaot korxonasining tashkiliy tarkibini takomillashtirish

2.2.Tо’qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish tarkibi.
Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi deganda, mahsulot ishlab chiqarish
texnologik jarayonini amalga oshirish uchun korxonaning tarkibiga kiruvchi
bо’linmalar soni, ularning joylashish tartibi va uzviy bog’lanishi tushuniladi.
Tо’qimachilik sanoat korxonasi bir nechta alohida ishlab chiqarish
bо’linmalaridan tashkil topgan bо’lsada, ma’muriy va territorial jihatdan bir butun
birlikka ega.
Tо’qimachilik sanoati korxonasi asosiy, yordamchi va yondosh ishlab
chiqarish sexlaridan hamda yordamchi xо’jalik sexlari, xizmat kо’rsatuvchi va
yordamchi xizmat kо’rsatuvchi xо’jaliklardan tashkil topgan.
Har xil sanoat tarmoqlaridagi korxonalarning ishlab chiqarish tarkibi
bir-biridan farqlanadi, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, hajmi, qayta
ishlash usullari, ixtisoslashgan darajasi va turi, boshqa korxonalar bilan
kooperatsiyalashganligi bilan farqlanadi. Bir xil sanoat tarmog’i tarkibidagi
korxonalar ham ishab chiqarilayotgan mahsulotlari hajmi va turlari, korxona hajmi,
ishchilar soni, foydalanilayotgan mashinalar turlari va soniga qarab ishlab
chiqarish tarkibi har xil bо’ladi. Masalan, yirik tо’qimachilik korxonasida
100000 urchuqli va 2-2,5 ming tо’qish dastgohi о’rnatilgan. Korxonaning ishlab
chiqarish tarkibi kam quvvatli korxonadan farqlanadi. Tо’qimachilik korxonalari
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari yoki qо’llanilayotgan texnologik mashinalari bо’yicha ixtisoslashgan bо’ladi. Shu sababli tо’qimachilik korxonalarida alohida bir ishlab chiqarishni о’z ichiga olsa, ularni yigirish, tо’qish yoki pardozlash korxonalari deb yuritiladi. Ba’zi korxonalar texnologik jarayonning 2 bosqichini о’z ichiga oladi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonigacha yetib bormaydi. Masalan, yigirish-tо’qish korxonasi. Xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tо’liq korxonalar, bitta korxonaning mahsuloti ikkinchisiga xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulot sifatida yetkazib berilsa, ularni ishlab chiqarish birlashmasi deb yuritiladi.
Ishlab chiqarish birlashmasi kо’rinishida tashkil etilgan tо’qimachilik
korxonalarida texnologik jarayon umumiy kompleks asosida tashkil etilib, xom
ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonlarini о’z ichiga olib, bitta siklga
birlashtirilgan bо’ladi. Ishlab chiqarish birlashmalarining alohida xususiyatlaridan
yana biri ularning ma’muriy boshqaruv va joylashishining birligidadir.
Tо’qimachilik ishlab chiqarish birlashmalari odatda yigirish, tо’qish va
pardozlash korxonalaridan tashkil topadi. Ba’zi hollarda yigirish – ip о’rash,
yigirish trikotaj korxonalari kо’rinishida texnologik jarayonning ketma-ketligiga
asoslangan holda tashkil etilishi mumkin.
Ishlab chiqarish birlashmalari boshqa korxonalardan quyidagi afzalliklari
bilan farqlanadi:
1. Ishlab chiqarish jarayonida uzilishlar kamayadi va ishlab chiqarish
siklining davomiyligi qisqaradi. Natijada xom ashyo va yarim tayyor mahsulot
zahirasi hamda aylanma fondlarga bо’lgan talab kamayadi.
2. Omborlarga bо’lgan ehtiyoj kamayadi. Natijada mahsulotni tushirish,
ortish, ularni saqlash uchun ketadigan xarajatlar kamayadi.
3. Mavjud mashinalardan samarali foydalaniladi, ish vaqtini yо’qotish
salmog’i kamayadi, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi
usullari, yangi texnika-texnologiyani joriy etish imkoniyatlari kengayadi.
4. Yarim tayyor mahsulotlarni о’rash, tarani qaytarish uchun sarflanadigan
xarajatlar kamayadi.
5. Xom ashyodan foydalanish yaxshilanadi, chunki tashish, tushirish, ortish
natijasida vujudga keladigan chiqindilar bо’lmaydi.
6. Mahsulot sifatini va texnologik jarayonni nazorat qilish yengillashadi,
chunki vujudga kelgan kamchiliklar tezda aniqlanadi va о’z vaqtida yо’qotiladi.
7. Korxonani boshqarish soddalashadi, chunki boshqaruvchi rahbar xodimlar
soni va ularga sarflanadigan xarajatlar qisqaradi.
Tо’qimachilik korxonalari boshqa sanoat korxonalari kabi asosiy va
yordamchi ishlab chiqarish hamda xizmat kо’rsatish xо’jaliklaridan tashkil topadi.
U yoki bu tarmoq nomiga mansub mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxona qismi
asosiy ishlab chiqarish deb nomlanadi.
Asosiy ishlab chiqarish sexlarida xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlarni
tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni bajariladi.
Yordamchi ishlab chiqarishga korxonada bajariladigan asosiy ishlab
chiqarishni elektr-energiya, issiqlik, bug’, ehtiyot qismlar bilan ta’minlovchi ishlab
chiqarishlar hamda mavjud mashina dastgohlar va boshqa uskunalarni, bino
qurilmalarini ta’minlovchi sex va bо’limlar kiradi. Yordamchi ishlab chiqarishga
ma’lum turdagi xizmat kо’rsatuvchi sexlar ham kiradi.
Kо’p hollarda tо’qimachilik korxonalaridagi sex va ustaxonalar korxona ehtiyoji uchun materiallar ishlab chiqaradi, ya’ni arqonlar, tasma, korobka-yashiklar, taralar va boshqalar. Ularni yordamchi xizmat kо’rsatuvchi sexlar yoki bо’limlar deb ataladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bunday bо’limlarni tо’qimachilik korxonalari tarkibida bо’lishi shart emas. Xizmat kо’rsatuvchi xо’jaliklar asosiy va yordamchi ishlab chiqarishning doimiy faoliyatini uzluksiz borishini ta’minlaydilar va ularning tarkibi quyidagicha:
‒ ombor xо’jaligi - tayyor mahsulotlar va boshqa moddiy qiymatlarni, ehtiyot
qismlarni, xom ashyo va materiallarni saqlash va hisobga olish uchun xizmat
qiladi;
‒ transport xо’jaligi - korxonada bajariladigan barcha tashish ishlarini amalga
oshirish bilan shug’ullanadi;
‒ aloqa xizmati - korxona tarkibidagi barcha sex va bо’limlar texnik vositalar
yordamida operativ aloqa bilan ta’minlaydi;
‒ uy-joy kommunal xо’jaligi - korxona hisobidagi uy-joy fondi, kommunal va
maishiy xizmat kо’rsatish xо’jaliklaridan tashkil topadi, odatda ular xо’jalik
hisobida faoliyat kо’rsatadi.
Tо’qimachilik korxonalarining tarkibida sex asosiy ishlab chiqarish birligi
hisoblanadi. U korxonaning tashkiliy-ma’muriy о’ziga xos ishlab chiqarish joyi
hisoblanib, unda jamoa korxona maqsadini amalga oshirish uchun faoliyat
kо’rsatadi. Korxonalar faoliyati tо’g’risidagi nizomga binoan korxonalarning
sexlari ishlab chiqarish xо’jaligi faoliyatini odatda ichki xо’jalik hisobi asosida
olib boradi.
Sexlarni tashkil etish quyidagi ikki prinsip asosida amalga oshiriladi:
1. Alohida har bir mahsulotni ishlab chiqarish, ya’ni predmet prinsipi, bunda
har bir sexda har xil mashinalar о’rnatilgan bо’lib, ular ma’lum turdagi mahsulotni
ishlab chiqaradi. Mashinalar texnologik jarayonning borishiga mos holda
joylashtirilgan bо’lib, ishlab chiqarishni potok usulini tashkil etishga imkon
yaratadi.
2. Texnologik jarayonning bir xilligi va tugallanganligi yoki texnologik
prinsipida har bir sexda bir xil mashinalar о’rnatilgan bо’lib, ular ma’lum bir xil
operatsiyalarni bajaradi. Bunday holda sexlar texnologik ixtisoslashadi va ularni
boshqarish yengillashadi (soddalashadi).
Hozirgi kunda tо’qimachilik korxonalarining sexlari texnologik prinsipda tashkil etilgan, masalan, yigirish tо’qish, pardozlash korxonalari. Ba’zi hollarda sexlar aralash, bir nechta texnologik operatsiyalarni bajarish maqsadida tashkil etilishi mumkin, masalan pilta-piliklash, qayta о’rash, tandalash. Chunki tо’qimachilik korxonalarida texnologik jarayonuzluklidir. Tо’qimachilik korxonalarida sexlarda aralash prinsipda ham tashkiletilishi mumkin. Trikotaj ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyorlov, tо’qish va bо’yash-pardozlash jarayonlari texnologik prinsipda; tikish, paypoq ishlab chiqaruvchi sexlarda jarayon predmet prinsipida tashkil etiladi.Ba’zi tо’qimachilik korxonalarida tajriba (eksperimental) sexlari bо’lishi mumkin. Bu sexlarda tajriba ishlari olib boriladi, mahsulot namunalarini ishlabchiqarib, sinovlardan о’tkaziladi, sо’ngra mahsulot ishlab chiqarishga joriy etiladi. Bunday sexlar konstruktorlik bо’limi yoki texnik bо’lim tasarrufida bо’ladi. Sexlarning soni korxonani ma’muriy texnik boshqarish imkoniyatlariga bog’liqdir. Imkoniyatlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi, texnologik jarayonning mukammalligi, о’rnatilgan mashinalar turi, ishlayotgan ishchilar soniga bog’liq bo’ladi. Nisbatan kichik miqdorda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda texnologik jarayonni amalga oshiruvchi sexlarni ma’muriy texnik boshqarishni
birlashtirish, sexlar sonini katta quvvatli korxonalarga nisbatan kam bо’lishini
ta’minlaydi, masalan, kichik yigirish korxonalarida texnologik jarayonni amalga
oshirishda 2 ta sex bо’lishi mumkin. Birinchisi tayyorlov sexi, uning tarkibida
tozalash-titish, tarash va pilta-piliklash sexlari, ikinchisida yigirish sexi bo’ladi.
Yirik korxonalarda korxona 3-5 ta sexdan tashkil topishi mumkin. Qayta tarash va
piltalash, piliklash mashinalari kо’p korxonalarda (mustaqil) alohida qayta tarash
va piltalash, piliklash sexlarida tashkil etiladi. Tо’qish korxonalarida texnologik
jarayon bir nechta о’timlardan iborat bo’ladi. Ya’ni qayta о’rash, tandalash,
oxorlash, ip о’tkazish va bog’lash, tо’qish, nazorat-о’lchash о’timlardan iborat.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori va turiga qarab, 2-5 ta sex bir nechta
smenada ish tashkil etilgan sexlar, smenalari alohida korxona tarkibidagi mustaqil
ishlab chiqarish bо’limi shaklida bо’lishi mumkin. Ularda ma’lum miqdorda
ishchilar faoliyat kо’rsatadilar.
Sexning boshlang’ich pog’onasi ‒ ishlab chiqarish brigadasi bо’lib, bir xil
guruhdagi mashinalarni biriktiradi va ularga ishchilar xizmat kо’rsatadi. Bir xil guruhdagi mashinalar birikmasi komplekt deyiladi. Komlektning hajmi
mashinalarning soni va ishlab chiqarilayotgan mahsulot miqdori, turlari hamda
bajariladigan ish hajmiga bog’liq bo’ladi. Yigirish korxonasida komplektda
40-50 ta yigirish mashinasi, tо’qish korxonasida esa 40-48 ta tо’qish dastgohi
bо’lishi mumkin. Komplektdagi dastgohlar soni, dastgohning turi, ishlab
chiqarilayotgan mahsulotning eni va turiga bog’liq bо’ladi. Komplektni usta
yordamchisi boshaqaradi va uni brigada deb yuritiladi. Komplekt shakllantiruvchi
brigada a’zolari ish joylarining tо’plami hisoblanadi. Tо’qimachilik korxonalarida
har bir ish joyida bir xil operatsiyalar bajariladi. Natijada korxonaning asosiy
sexlarida mehnatni ratsional tashkil etish imkoniyati yaratiladi.
Ishlab chiqarish brigadasida mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi amalga
oshirilib, jamoa mehnatining yakuniy natijalarini yaxshilashga undaydi, mehnat
unumdorligini oshirishga olib keladi.
Korxonani boshqarishni soddalashtirish maqsadida ba’zi korxonalarda sexsiz
boshqarish tizimiga о’tilgan. Bunday boshqarish tizimida ishlab chiqarishni asosiy
bо’g’ini ishlab chiqarish uchastkasi hisoblanadi va uni usta boshqaradi. Ma’muriy,
xо’jalik, rejalashtirish, hisob-kitob ishlarini bajarishning sex boshqarish tizimidan
korxona boshqarish tizimiga о’tiladi. Ishlab chiqarish uchastkalarida faqat texnik
boshqarish faoliyati amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarishni sexsiz boshqarish progressiv holat hisoblanib, u ma’lum
afzalliklarga ega:
1. Ishlab chiqarishni xо’jalik va texnik boshqarish sifati yaxshilanadi, ishlab
chiqarish zvenolari yiriklashadi.
2. Boshqarish funksiyasining markazlashganligi kuchayadi (rejalashtirish,
hisob-kitob, ishlab chiqarishni operativ tashkil etish va xizmat kо’rsatish).
3. Sexlarni malakali xodimlar bilan ta’minlash, ustalarni ish joyiga biriktirish
va javobgarligini oshirish imkoniyati yaratiladi. Xо’jalik vazifalarini hal etishda
ustaning mustaqilligi ortadi.
4. Ma’muriy boshqarish tizimidagi rahbar xodimlar soni kamayadi, natijada
mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi.




Download 95,38 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 95,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tо’qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish tarkibi

Download 95,38 Kb.