|
Chorvachilik va chorvachilik mahsulotlari turlari. Chorvachilik mahsulotlari tuzilishi. Chorvachilik mahsulotlarining kimyoviy tarkibi
|
bet | 1/2 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 21,43 Kb. | | #158130 |
Bog'liq Chorvachilik mahsulotlari turlari
Chorvachilik mahsulotlari turlari, tuzilishi va kimyoviy tarkibi.
Reja:
Chorvachilik va chorvachilik mahsulotlari turlari.
Chorvachilik mahsulotlari tuzilishi.
Chorvachilik mahsulotlarining kimyoviy tarkibi.
KIRISH.
Ma‘lumki chorvachilikda qaysiki (sut, go‘sht, tuxum va boshqa mahsulotlarni yetishtirish uchun ketadigan barcha harajatlarni hisoblaganda ularning 60% ga yaqin qismini ozuqa harajati tashkil etishi o‘tkazilgan ilmiy tajribalarda isbotlangan. Xalqimiz tomonidan donishmandlarcha aytilgan bir maqolda shunday bitiklar mavjud. “Sigirning suti tilida” deydi dono xalqimiz, bu maqol bejizga aytilmagan bo‘lsa kerak albatta. Chorvachilik sohasida o‘tkazilgan ilmiy tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatadiki bir loktatsiya davrida (300-305) kun davomida 4000-6000 kg gacha sut beradigan sog`in sigir o‘zining suti bilan 144- 220 kg gacha oqsil, 150-300 kg yog‘, 200-300 kg gacha laktoza (sut qanti), 6-9 kg kalsiy, 5-7 kg fosfor ajratar ekan yoki bir yilda 7000 kg sut beradigan sog‘in sigirning suti tarkibidagi to‘yimli moddalar go‘shtni qayta ishlash korxonalarida nimtalarga ajratilgan har birining tirik vazni 544 kg bo‘lgan 8 dona buqaning go‘shtiga yoki tirik vazni 90 kg bo‘lgan 28 dona cho‘chqaning go‘shtiga teng kelar ekan. Ushbu sut tarkibidagi to‘yimli oqsillar voyaga yetgan bir insonning oqsilga bolgan talabini 10 yilga, kalsiyga bo‘lgan talabini 30 yilga, fosforga bo‘lgan talabini 25 yilga riboflavinga bo‘lgan talabini 18 yilga, energiyaga bo‘lgan talabini 5 yilga qanoatlantirar ekan. O‘zingiz tassovur qilib ko‘ring xalqimiz tomonidan donolarcha aytilgan ushbu maqolning mazmuni naqadar teran va chuqur ma’noga ega ekanligiga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz albatta. Sigir organizimidan ajratilgan ushbu to‘yimli moddalar faqatgina ularni to‘liq qiymatli ratsion asosida oziqlantirilgandagina sigir organizimiga qaytariladi. Uning sog‘ligi va fiziologik holatini me’yor talablari darajasida ushlab turishga va siz va biz iste’mol qiladigan eng to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatini beradi. Shuning uchun chorva hayvonlarini oziqlantirishda foydalaniladigan ozuqalar, ularning klasifikatsiyasi to‘yimliligini baholash, hazmlanishi, tayyorlash texnologiyasini o‘rganish muhum ahamiyatga ega. Uslubiy ko‘rsatmada chorva hayvonlarini to‘la qiymatli oziqlantirish ularga me’yor talablari darajasiga to‘liq javob beradigan ratsion tuzish, analiz qilish va oziqlantirishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Chorvachilik va chorvachilik mahsulotlari turlari. Chorvachilik mahsulotlari tuzilishi. Chorvachilik mahsulotlarining kimyoviy tarkibi
|