|
Termiz muhandislik-texnologiya instituti «tasdiqlayman»
|
bet | 1/9 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 2,97 Mb. | | #125924 |
Bog'liq Otaxonov Temurbek. Hisobot ITI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«TASDIQLAYMAN»
“Yengil sanoat texnologiyalari” kafedrasi mudiri_________ N.Safarov
“_____” _____________ 2023-yil
|
|
«TASDIQLAYMAN»
Magistratura bo‘lim boshlig‘i
__________Z.Misirov
«___»____________ 2023-yil
|
|
|
|
MAGISTRATURA BOʻLIMI
70721201 – «To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi» (mahsulot turlari bo‘yicha) magistranti
Otaxonov Temurbek Narzulla o‘g‘lining
“Mahalliy bazalt tolalaridan to'quv iplari ishlab chiqarish texnologiyasini tahlil qilish va ilmiy asoslash” mavzusida
magistrlik dissertatsiyasi uchun
ILMIY TADQIQOT ISH HISOBOTI
Ilmiy rahbar
Phd: __________________________R.Yangiboyev
Bajaruvchi
Magistrant: ____________________________T.Otaxonov
Termiz 2023-yil
MUNDARIJA
Kirish
|
|
I
|
MUAMMONING UMUMIY TASNIFI
|
|
|
Adabiyotlar tahlili
|
|
1.1
|
Tadqiqotning maqsadi, vazifasi va obyekti
|
|
1.2
|
Tadqiqotning predmeti, yangiligi va joriy qilinishi
|
|
1.3
|
Tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati
|
|
II
|
BAZALT TOLALARIDAN TO‘QUV IPLARINI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK JARAYONI
|
|
2.1
|
Bazalt tolalaridan ishlab chiqiladigan to‘quv iplarining turlari va unga qoʻyiladigan talablar.
|
|
2.2
|
Bazalt tolalaridan to‘quv iplarini ishlab chiqarishni loyihalash
|
|
III
|
BAZALT TOLALARINING FILTRLASH SAMARADORLIGI VA FIZIK MEXANIK XUSUSIYATLARI TAJRIBAVIY TADQIQOTLARI
|
|
3.1
|
Bazalt tolalaridan to‘quv iplarini ishlab chiqarishning muqobil texnologik omillarini aniqlash
|
|
3.2
|
Bazalt tolalaridan olinadigan to‘quv iplarining fizikaviy va mexanik xususiyatlarini oʻzgarishi
|
|
XULOSALAR
|
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
|
|
KIRISH.
Jahon toʻqimachilik sanoati mahsulot hajmini oshirish, assortimentni kengaytirish va sifatini yaxshilashda anʼanaviy ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish va iqtisodiy tendensiyalarning ustunligi bilan tavsiflanadi. Respublikada keng turdagi sifatli toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, uning ishlab chiqarilishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, shuningdek, mahal-liy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan davr mobaynida toʻqimachilik va toʻquv-trikotaj sanoatini rivojlantirish uchun zarur huquqiy baza va qulay sharoitlar shakllantirildi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida ishlab chiqarish salohiyatini yuksaltirish Milliy iqtisodiyotimiz ravnaqining asosidir [CITATION Тўқ19 \l 2057 ].
Jahon toʻqimachilik ilmi, oʻz navbatida, toʻqimachilik sanoati oldida turgan keng koʻlamli ilmiy-texnikaviy muammolarni hal qilishning asoslangan yondashuvlarini tizimli ravishda izlash bilan shugʻullanadi va shu orqali uning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda ularning fizik-mexanik xususiyatlarini saqlagan holda tannarxini kamaytirish toʻqimachilik mutaxassislari oldidagi eng asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Aynan mana shu vazifadan kelib chiqib, jahon toʻqimachilik sanoatida turlari va tuzilishi boʻyicha har xil boʻlgan iplarni qoʻllab, turli toʻqimalar ishlab chiqarishga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Respublikada texnik toʻqima mahsulotlari, toʻqimachilik sanoatining eng tez rivojlanayotgan kichik tarmogʻi hisoblanadi. Kimyoviy iplarni maxsus toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda keng qoʻllanilishining sabablari nafaqat tabiiy tolalarning yetishmasligi, balki ayrim xususiyatlari boʻyicha kimyoviy iplar tabiiy iplardan ustunlikka ega ekanligini ham taʼkidlash lozim. Bundan tashqari shuni ham taʼkidlab oʻtish kerak, bu yerda eng asosiy sabablardan xomashyoning arzonligi, ishlab chiqarishda mehnat va material sarfi kabilarning kamligini ham eʼtiborga olish talab etiladi.
Dissertatsiya ishi issiqlikka chidamli mahalliy bazalt tolalaridan ishlab chiqariladigan to’quv iplarilarni mahalliy xomashyo bazalt iplaridan loyihalashga va ishlab chiqarishga bagʻishlangan. Hozirgi vaqtda butun dunyoda isteʼmolchilarning individual talablariga javob beradigan maxsus xususiyatlarga ega boʻlgan texnik toʻqimalarni yaratish uchun ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik muassasa-larining faolligini oshirish, yangi va innovatsion yechimlarni joriy etish tufayli mahalliy bazalt tolalaridan ishlab chiqariladigan to’quv iplarilarga boʻlgan talab ortib bormoqda. Xususan, jahon bozorida tabiiy va sintetik tolalardan tayyorlangan filtr toʻqimalarining keng assortimenti mavjud boʻlib, ular shtapel, uzluksiz kalava va monofilament iplari asosida ishlab chiqarilib turli sohalar talablariga javob beradi. Koʻpgina soha ekspertlari kelgusi yillar uchun ushbu segmentga talab rekord darajada boʻlishini taxmin qilmoqdalar. Mahalliy bazalt tolalaridan ishlab chiqariladigan to’quv iplarichilik materiallarini olishning dolzarbligi zamonaviy ishlab chiqarish zavodlarining faol rivojlanishi ulardan chiqadigan kuchli chang va gazlar manbalari bilan bevosita bogʻliqligi bilan asoslanadi.
Shuningdek, 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi, 2017-yil 14-dekabrdagi PF-5285-sonli “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 5-maydagi PF-5989-sonli “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 16-sentyabrdagi PQ-4453-son “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi va mazkur tadqiqot ishining dolzarbligini belgilaydi.
|
| |