• 2.2. Bazalt tolalaridan to‘quv iplarini ishlab chiqarishni loyihalash
  • -rasm. Issiqlikbardosh yeng filtrlari va toʻqimalari




    Download 2,97 Mb.
    bet5/9
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,97 Mb.
    #125924
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Otaxonov Temurbek. Hisobot ITI

    2.2-rasm. Issiqlikbardosh yeng filtrlari va toʻqimalari
    Past changlik darajasida ogʻir toʻqimalar (600-900 g/m2), yuqori konsentratsiyalarda yengilroq toʻqimalar (300-500 g/m2) ishlatiladi. Filament toʻqimalari qiyin olib tashlanishi mumkin boʻlgan changlarni ushlab turish uchun ishlatiladi; bunday toʻqimalarning 1 m2 massasi 200 - 400 g.
    2.2. Bazalt tolalaridan to‘quv iplarini ishlab chiqarishni loyihalash
    Mahalliy bazalt tolalaridan ishlab chiqariladigan to’quv iplarilarni qoʻllanish sohasining sezilarli darajada kengayib borishi va turli sanoat sohalariga yangi texnologiyalarning joriy etilishi natijasida texnologik jarayonlar talablariga javob beradigan, belgilangan xususiyatlarga ega yangi mahalliy bazalt tolalaridan ishlab chiqariladigan to’quv iplarilarni loyihalash va ishlab chiqarish zaruriyatini keltirib chiqardi. Mahalliy bazalt tolalaridan ishlab chiqariladigan to’quv iplarilarining asosiy muhim koʻrsatkichi uning havo oʻtkazuvchanligi boʻlib, u koʻp jihatdan toʻqimaning gʻovakligiga bogʻliq boʻladi. Asosan filtrli toʻqimalarning sifati uning tuzilishi bilan belgilanadi, shuning uchun zarur ekspluatatsion xususiyatlarini taʼminlaydigan muqobil tuzilishini aniqlash va asoslash filtrli toʻqimalarni loyihalashning yangi usullarini yaratishning asosiy vazifasi hisoblanadi [71; 57-63-b, 72; 107-108-b].
    Muqobil ishlab chiqarish va berilgan koʻrsatkichlari boʻyicha bir yarim qatlamli toʻqimalarni loyihalash usulining yoʻqligi xomashyodan noratsional foydalanishga, toʻqimalarni sirt zichligini ortib ketishiga, toʻquv dastgohi unumdorligining pasayishiga va 1m2 toʻqima narxining oshishiga olib keladi.
    Tadqiqotning maqsadi belgilangan koʻrsatkichlar va xususiyatlarga ega boʻlgan bir yarim qatlamli mahalliy bazalt tolalaridan ishlab chiqariladigan to’quv iplarilarni gʻovakligi boʻyicha loyihalash va toʻquv dastgohiga taxtlash omillarini aniqlashdan iborat.
    I.V Piskarev filtrlash toʻqimalari uchun asosiy talab filtrlash tezligi yuqori boʻlganda, gidravlik qarshiligi past va suyuqlik, bugʻ yoki gaz bosimining pasayishi bilan nozik tozalashni amalga oshirish qobiliyati yuqori ekanligini taʼkidlaydi. Filtrlash jarayonlari optimal gʻovaklikka ega boʻlgan toʻqimalarni talab qiladi va bu esa oʻrtacha gidravlik qarshilik bilan choʻkindiga qattiq zarrachalarning yuqori ekstraksiyasini taʼminlaydi[73].
    Filtrlash toʻqimalariga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi [74; 96‑102‑b]:
    1. Toʻqima suyuqlik, havo va gazlarni filtrlash uchun yuqori oʻtkazuvchanlikni, yuqori darajadagi tozalashni va minimal gidravlik qarshilikni taʼminlaydigan tuzilishga ega boʻlishi kerak.
    2. Filtrlangan muhitning fizik-kimyoviy xossalariga va filtrlash jarayonining texnologik sharoitlariga qarab, toʻqima mexanik jihatdan mustahkam, kimyoviy, termik, korroziyaga qarshi va biologik chidamlilikka ega boʻlishi kerak.
    3. Toʻqimaning yuzasi silliq boʻlishi kerak.
    4. Toʻqima filtrlash paytidagi bosimga bardosh berishi uchun yetarlicha minimal qalinlikka ega boʻlishi kerak.
    Gʻovaklik va toʻqimaning tuzilish koʻrsatkichlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni hisobga olgan holda, xomashyo turiga, tanda va arqoq iplarining nisbiy holati va oʻlchamlariga, toʻqimaning tanda va arqoq boʻyicha zichligiga bogʻliq . [77; 183-b, 78; 40-43-b].
    Fitrbop texnik toʻqimalarni havo oʻtkazuvchanligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday toʻqimalarni havo oʻtkazuvchanligi toʻqimaning gʻovakligi va tolaviy tarkibiga bogʻlq boʻladi. Toʻqimani mavjud toʻqimaning gʻovakligi (6+0,3%) asosida loyihalanadi [79-80].
    1. Ishning asosi shishatolali filtr toʻqima asosida bajariladi. Bunday toʻqimani loyihalash uchun bazalt tolali 300 teksli tanda va 300 teksli arqoq iplarini tanlab olindi.
    Ipning chiziqli zichligi, g/km.

    Bazalt ipining koʻndalang kesim yuzasi raqamli mikroskop yordamida aniqlandi. Bazalt iplarining koʻndalang kesim yuzasi ellips shaklida boʻladi (2.3-rasm).



    Download 2,97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Issiqlikbardosh yeng filtrlari va toʻqimalari

    Download 2,97 Mb.