• III BOB. BAZALT TOLALARINING FILTRLASH SAMARADORLIGI VA FIZIK MEXANIK XUSUSIYATLARI TAJRIBAVIY TADQIQOTLARI
  • -jadval Mavjud va loyihalangan toʻqima namunalarining gʻovaklik koʻrsatkichlari




    Download 2,97 Mb.
    bet7/9
    Sana21.12.2023
    Hajmi2,97 Mb.
    #125924
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Otaxonov Temurbek. Hisobot ITI

    2.3-jadval
    Mavjud va loyihalangan toʻqima namunalarining gʻovaklik koʻrsatkichlari

    Toʻqimada iplarning oʻlcham oʻzgarish koeffitsiyenti

    Egilish toʻlqin balandligi, mm

    Egilish toʻlqini-ning balandligi nisbati,

    Toʻqima faza tuzilish tartibi, F

    Toʻldirish koeffitsiyenti

    Gʻovaklik, %

















    Mavjud namunadagi qiymatlar

    1,387

    1,336

    0,430

    0,425

    0,072

    0,037

    1,945

    6,28

    0,840

    0,725

    6,0±0,2

    Loyihalangan yangi toʻqimadagi qiymatlar

    2,33

    2,30

    0,43

    0,45

    0,24

    0,4

    1,666

    6,27

    0,18

    0,03

    5,75

    Olingan toʻqima namunasining haqiqiy gʻovakligi, tanda va arqoq boʻyicha toʻqimaning zichligi oshishi tufayli loyihalashtirilganidan
    0,25 %ga kam.
    III BOB. BAZALT TOLALARINING FILTRLASH SAMARADORLIGI VA FIZIK MEXANIK XUSUSIYATLARI TAJRIBAVIY TADQIQOTLARI
    3.1. Bazalt tolalaridan to‘quv iplarini ishlab chiqarishning muqobil texnologik omillarini aniqlash.
    Mahalliy bazalt iplari asosida issiqlikbardosh filtr toʻqimasi ishlab chiqarishda toʻquv dastgohining unumdorligi koʻplab omillarga bogʻliq. Bu omillarga iplarning tolaviy tarkibi, toʻqimaning toʻldirish maʼlumot-lari, dastgohning taxtlash koʻrsatkichlari, toʻquv dastgohini sozlash koʻrsatkichlari kiradi [100].
    Texnologiyani takomillashtirish va ilmiy asoslangan usullarni ishlab chiqib, texnologik jihozlarni takomillashtirish yoʻllarida xomashyolardan oqilona foydalanish mumkin, toʻquvchilik korxonalarida toʻquv dastgoh-larini ishlashini samarali texnologiyasini yaratish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
    Oʻz navbatida, dastgohning unumdorligi va ishlash tezligi ipning uzilish darajasiga, ipning uzilish darajasi esa tanda iplarning turi va tarangligiga bogʻliq. Tanda iplarning tarangligi dastgoh kompyuteriga kiritiladi [101-102].
    Toʻqish tezligining oshishi bilan arqoq ipining deformatsiyasi va tarangligi oʻrtacha 30% ga, ortishi aniqlandi. Taranglovchi mexanizmlar yuzasida ip keskinligi va deformatsiyasi 19% ga kamayadi.
    TTESI "TMT" kafedra laboratoriyasi sharoitida tanda iplarning tarangligi, homuza oʻlchami va oʻrta holat miqdorining tanda iplarning uzilishiga taʼsirini baholash uchun toʻliq faktorial tajriba oʻtkazildi. Bazalt toʻqima namunasini ishlab chiqarish Somet Thema Super Excel-190 toʻquv dastgohida amalga oshirildi. Tanda va arqoq iplari uchun 300 teksli bazalt (BT) iplari ishlatildi. Bu namunada tanda iplar soni 900 ta, ishlab chiqarilgan xom toʻqima eni 100 sm. Toʻquv dastgohining qolgan koʻrsatkichlari oʻzgarmas qoldi.
    Toʻquv dastgohida turli omillarining taʼsirini oʻrganish uchun N=2K toʻliq faktorial tajriba N=20 tajriba va omillar soni K=3 bilan tanlangan [ CITATION Сев80 \l 1049 ].
    Toʻquv dastgohida toʻqima shakllanishi jarayoni quyidagi omillarga bogʻliq: X1-tanda va arqoq iplarining tolaviy tarkibi, X2-tanda va arqoq iplarining chiziqli zichligi hamda ularning nisbatiga, X3-toʻqimaning tanda va arqoq boʻyicha toʻldirilishi hamda ularning nisbatga, X4‑toʻqimada iplarning oʻzaro oʻrilish turiga, X5-tanda iplarining tarangligi, X6-arqoq iplarining tarangligi, X7-toʻqima assortimenti, X8-homuza balandligi, X8-homuzaning shakli va turi, X9-toʻquv dastgohining tezligi, X10-oʻrta holat miqdori, X11-xonaning harorati, X12-xonaning nisbiy namligi, X13-toʻquv gʻaltagidagi oʻramaning sifati, X14-arqoq ipining chuvalish tezligi, X15-tanda va arqoq iplarining namligi va boshqalar.
    Aprior maʼlumotlarini tahlil qilish va dastlabki tajribalar natijalariga koʻra chiqish koʻrsatkichiga sezilarli taʼsir koʻrsatadigan quyidagi omillar aniqlandi: X1- tanda ipining tarangligi, X2 – homuza balandligi, X3 – oʻrta holat miqdori.
    Tanlab olingan omillar tajribani matematik rejalashtirish nazariyasining barcha talablariga javob beradi, omillar bir-biri bilan oʻrin almashinuvchi emas, ular mavjud vositalar yordamida, keng doiradagi minimal va maksimal qiymatlarda oʻlchanishi mumkin hamda ularni zaruriy aniqlikda qabul qilish mumkin [103; 167-175].
    Tajriba jarayonida tanda va arqoq iplarining chiziqli zichligi, toʻquv dastgohining tezligi, xonaning harorati, xonaning nisbiy namligi, tanda va arqoq iplarining namligi kabi omillar doimiy qilib olindi.
    Toʻquvchilik jarayonida, bazalt iplarining chiziqli zichligi, havoning qarshilik kuchi va xomashyoning namligi oz taʼsir qiluvchi omillar boʻlib, ularni vaqt borasida beqarorligi, hamda oʻtkaziladigan koʻp miqdordagi tajribalarda turli jarayonlarning va natijalarning buzilishi mumkinligi hisobga olinib, ularning taʼsiri tajribalarni tasodifiy tartiblash (randomizatsiyalash) bilan yumshatildi.
    Tenzodatchik yordamida, toʻquvchilik jarayonida tanda iplarining tarangligi 300 teks bazalt tolali ipining uzilishini tadqiq qilindi. Tenzoqurilma va ossillogramma yordamida toʻqima shakllanishida tanda ipning tarangligi aniqlandi.
    Birinchi bosqichda taxtlashning dastlabki omillari oʻrnatiladi. tajribaviy-statistik matematik modelini olish va turli omillarning optimallash koʻrsatkichiga taʼsir darajasini aniqlash uchun rotatabel markaziy kompozitsion tajribasi oʻtkazildi, bu nafaqat har bir omilning optimallash koʻrsatkichiga taʼsirini, balki ularning uzaro taʼsirini ham baxolashga imkon beradi. Aprior maʼlumotlarini, dastlabki tajriba natijalari va toʻquv mashinasining texnik imkoniyatlarini tahlil kilish asosida, asosiy omillar kiymati va intervallar tanlab olindi, omillar sathi va intervallar 4.1- jadvalda keltirilgan.

    Download 2,97 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 2,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval Mavjud va loyihalangan toʻqima namunalarining gʻovaklik koʻrsatkichlari

    Download 2,97 Mb.