Arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil




Download 72.88 Kb.
Pdf ko'rish
Sana04.03.2024
Hajmi72.88 Kb.
#166284
Bog'liq
Gazlama - Vikipediya
16-mavzu, Xolboyev Ravshan (710-22) M1, Яккабоғ тумани, Hosila yordamida funksiyani toʻla tekshirish, 1. Me’da ichak faoliyatiga ta’sir etuvchi dori vositalari, ПФ-60. 28.01.2022. Давлат дастури бўйича, 10-sinf 4 nazorat, MMN savollarga javob 155, Fahriddin, Kompyuter tarmoqlari, Reja Kirish I. Bob. Cho`lponning kichik nasriy asarlari poetika, 1 Лаборатория иши (1), 2 Лаборатория иши, O`zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va komunikatsiy, Maydoniy transistor


Gazlama
arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil
boʻladigan
Gazlama — arkok va tanda iplarining
oʻrilishidan hosil boʻladigan,
pardozlangan va ishlatishga tayyor mato.
Oʻlchab — gazlab (qarang Gaz)
sotilganligi uchun shunday nomlangan. G.
qadimda daraxt poʻstloqlaridan qoʻlda,
keyinchalik tolalardan yogʻoch
dastgoxlar, doʻkonlar, toʻquv stanoklarida
toʻqilgan. Hozir asosan avtomat
stanoklarda toʻqiladi.


Oqartirilgan, sidirgʻa yoki gulli, oʻng
tomoni tukli va tuksiz G.lar boʻladi. G.dan
kiyim-kechak tikiladi, roʻzgʻor buyumlari
tayyorlanadi, u texnikaning turli
sohalarida ishlatiladi. G.lar tanda (oʻrish,
boʻylama) va arqoq (enlama) iplarning
oʻrilishi, ularning materiali, eni, pardoz
turlari, ishlatilishi bilan bir-biridan ajraladi
(ip gazlama, jun gazlama, ipak gazlama
va h. k.). G.ning pishiqlik, kirishuvchanlik,
choʻziluvchanlik, qalinlik xossalari bor.
Pishiqlik — tanda va arqoq iplarining
pishitilishi va oʻrilishiga bogʻliq, u maxsus
dinamometr yordamida anikdanadi.
Choʻziluvchanlik — tanda va arqoq iplari
yoʻnalishida tortilganda yirtilguncha
uzayishi. Dinamometrda pishiqlikni


oʻlchash vaqtida aniqlanadi.
Kirishuvchanlik — saqlash, hoʻllash,
yuvish va b. hollarda oʻlchamining
qisqarishi. U tanda va arqoq iplarining
materiali va xossalari, toʻqimaning
tuzilishi hamda pardozlash xillariga
bogʻliq; G. 3—10% kirishishi mumkin.
Qalinligi tanda va arqoq iplarining
yoʻgʻonligiga, zichligi va pardoz turlariga
bogliq. Kiyimlik G. larning qalinligi 0,1—
5,0 mm, texnikada ishlatiladiganlariniki
bundan qalin boʻladi. Qalinlik maxsus
asboblar bilan oʻlchanadi. G.larni
pardozlashda tukini yoʻqotish, ohorini
toʻkish, oqartirish, boʻyash, gul bosish,
tarash va b. ishlar bajariladi. Tukini
yoʻqotish — G. yuziga chiqib qolgan ip va


tolalarni olib tashlash; kuydirish yoki
qirqish yoʻli bilan bajariladi. Kuydirish
uchun G.lar qizitilgan metall yuzasidan
yoki gaz alangasi ustidan tez oʻtkaziladi.
Qirqish esa maxsus mashinalarda tez
aylanuvchi pichoqlar yordamida
bajariladi. Bunda G. tekis va chiroyli boʻlib
chiqadi. Ohorini toʻkish — tanda iplaridagi
ohorni yuvish, bunda G. maxsus eritmali
hovuzda ivitiladi, soʻngra yuvib ohordan
tozalanadi. Ohori toʻkilgan G. boʻyaladi,
gul bosishda boʻyovchi moddalar iplarga
yaxshi oʻrnashadi va yuvilganda
aynimaydi. Oqartirish — toʻqimadagi
tabiiy sargʻish rangni yoʻqotib, gazlamaga
oq tus berish. G.lar toʻliq oqartirilgandan
soʻng boʻyaladi yoki gul bosiladi. Sidirgʻa


boʻyash — G.larni turli ranglar bilan bir xil
qilib boʻyash. Gul bosish — G.ning oʻng
tomoniga turli ranglardan maxsus
mashinalarda bezaklar tushirish. Tarash
— toʻqimadagi arqoq iplarini titib,
tolalarini yuzaga chiqarish jarayoni. Bu
jarayon ninalik tasma (kardolenta)
yordamida tarashlash mashinalarida
bajariladi. Bunda G.lar (movut, paxmoq
va b.) issiq saqlaydigan va mayin boʻladi.
Xonalarni bezash, mebellarga qoplash,
eshik va derazalarga tutish uchun
ishlatiladigan G. bezak mato deb ataladi.
Bundam matolar toʻqiladi yoki pardozlash
vaqtida gul bosib tayyorlanadi. Ular
pishitilgan har xil rangli iplardan (paxta,
jun, ipak va kimyoviy tolalar hamda metall


iplardan) toʻqiladi. Bezak G.lar jakkard
mashinasi yordamida yirik gulli oʻrilishda
toʻquv dastgoxlarida yoki qoʻlda toʻqiladi.
Oʻngi tekis, gʻadirbudur va tukli boʻladi.
Bunday gazlamalar pishiq, yorugʻbardosh
boʻlishi kerak.
Atlas
Banoras
Batist
Beqasam
Boʻz
Chit
Toʻqimachilik
Toʻquvchilik
Yana qarang


OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Olimboyev E. Sh. vab., Toʻquvchilik
texnologiyasi va toʻquv stanoklari, T.,
1987.
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga
ishorat
 yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentyabr 2022, 19:25 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Gazlama&action=edit)
 
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
 almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Gazlama&oldid=2839774

dan olindi

Download 72.88 Kb.




Download 72.88 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Arkok va tanda iplarining oʻrilishidan hosil

Download 72.88 Kb.
Pdf ko'rish