I BOB. MUAMMONING UMUMIY TASNIFI.
Adabiyotlar tahlili
Tadqiqot ishi texnik toʻqimachilik mahsulotlarining tuzilishi, tolaviy tarkibi va toʻquv dastgohida shakllanish nazariyalari masalalari bilan shugʻullangan, shuningdek, toʻqimachilik maxsulotlarining tuzilishi va belgilangan kompleks xususiyatlari boʻyicha loyihalash ishlarini oʻrganuvchi soha olimlarining ilmiy ishlariga asoslanadi. Mahalliy bazalt tolalaridan ishlab chiqariladigan to’quv iplarilar nazariyalarni rivojlantirishda chet el olimlaridan Horrock A.R., Anand S.C., S. Adanur, Kothari V. K., Das A., S. Sing, L.V. Langenhove, S. Jayasathyakawin, F.T. Peirce, S.P. Kumaresh Babu, M. Ravichandran, Qian Qiua, Miaomiao Zhub, Zhaoling Lia, Kaili Qiua, Xiaoyan Liua, Jianyong Yuc, Bin Ding kabi olimlar shugʻullanishgan. Mahalliy bazalt tolalaridan ishlab chiqariladigan to’quv iplarilarni toʻquvchilik usuli bilan shakllantirishda Н.Г.Новиков, В.А.Гордеев, Е.Д.Ефремов С.Д.Николаев, П.Т.Букаев, Г.В.Степанов, Н.Ф.Сурнина, Г.Б.Дамьянов, В.С.Заздравных, С.С.Юхин, Г.А.Лозин, И.А.Трусова, Д.В.Сталинский, И.В. Пискарев, Л.Х.Саторов, А.А.Курбонов, В.В.Запасный, Д.А.Асанов, К.Б.Такеев, А.Т.Ермекова, А.А.Иванов va boshqa olimlar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan.
Respublikamizda texnik toʻqimachilik mahsulotlarini yaratish, ishlab chiqarish masalalarini tadqiq qilishda X.A.Alimova, R.Z.Burnashev, J.N.Akbarov, M.M.Muqimov, E.Sh.Alimbayev, F.A.Veliyev, A.D.Daminov, S.A.Xamrayeva, P.S.Siddikov, S.S.Raximxodjayev, O.A.Axunbabayev, B.K.Xasanov, N.R.Xonxodjayeva, B.X.Boymuratov, D.N.Kadirova, G.N.Valiyev, U.R.Uzakova, O.A.Ortikov, A.M.Daminov, H.Y.Rasulov va boshqa olimlarning hissalari ham salmoqlidir.
Umuman olganda, olimlar va mutaxassislar tomonidan mahalliy bazalt tolalaridan ishlab chiqariladigan to’quv iplarilarni ishlab chiqarish boʻyicha erishilgan muhim yutuqlarga qaramay, ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish muammosi hanuz mavjudligi, belgilangan xususiyatlar boʻyicha loyihalangan texnik toʻqimalarni ishlab chiqarish masalalari yetarlicha hal etilmaganligi bu sohada keng koʻlamli tadqiqotlar olib borish bugungi kunda ham dolzarb ekanligidan dalolat beradi.
|