|
-BOB. SANOAT KORXONALARI TASHKILIY TARKIBI
|
bet | 2/6 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 95,38 Kb. | | #132424 |
Bog'liq Kurs ishi Sanaot korxonasining tashkiliy tarkibini takomillashtirish1-BOB. SANOAT KORXONALARI TASHKILIY TARKIBI
1.1.Sanoat va uning milliy iqtisodiyot rivojidagi o’rni
Sanoat – bu ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’yektiv reallik
(borliq)ning yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab
chiqarishning alohida sohasi bo’lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va
ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog’liqdir. Sanoat ham
ob’yektiv borliqning muhim xodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va fazo)da
dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum miqdor
va sifatlarga, zaruriyat va imkoniyatlarga ega bo’lgan hamda ziddiyatlar qurboni
ham bo’lgan.
O’zbekiston sanoati ham o’z taraqqiyoti jarayonida bir qator bosqichlarni
bosib o’tgan. Eng avvalo, uy sanoati, so’ngra, hunarmandchilik, ya’ni xonaki
sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kelgan. Bu yerda
hunarmandchilikning juda ko’p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik,
toshtarashlik, binokorlik, o’ymakorlik, kashtado’zlik, to’quvchilik, temirchilik va
boshqalar keng tarqalgan. Bu yerda hunarmandchilik (xonaki sanoat) bronza asrida dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O’zbekiston hududida anchagina hunarmandchilik markazlari tashkil topgan. XX asr boshlarida esa hunarmandchilikning asosiy qismi artellarga, keyinchalik zavod va fabrikalarga, badiiy buyumlar korxonalariga aylantirilgan.
XVIII asrning 60-70 – yillarida Angliyada ro’y bergan sanoat to’ntarilishidan
keyin O’zbekistonda asta-sekin manufakturadan mashinalashgan industriyaga
o’tish boshlandi. Xom ashyoga birlamchi ishlov beradigan sanoat sohalari paxta
tozalash, ipakchilik, to’qimachilik vujudga keldi.
XX asrda O’zbekiston sanoatida juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. Agar asr
boshlarida sanoat mahsulotining eng muhim turlaridan 5-10 xili (paxta tolasi, xom
ipak, kimyo mahsulotlari, matbaa mahsulotlari va boshqalar) ishlab chiqarilgan
bo’lsa, hozirgi paytda yuzlab-minglab turlari tayyorlanmoqda.
Sanoat moddiy ishlab chiqarishning asosiy va yetakchi tarmog’idir.
Sanoatning vujudga kelishi va rivojlanishi ishchilar sonining o’sishi va uning
jamiyatdagi mavqei ko’tarilishiga olib keladi. Mustaqillik davrida jamiyatni tarixiy
jihatdan yangilashda ishchilarning avangardlik roli to’g’risida gap yuritilar ekan,
faqat ishchilar sinfigina mehnatkashlar ommasining birlashuviga, jipslashuviga va
istiqlolni himoya qilishga, mustahkamlashga va uni uzil-kesil ta’minlashga yordam
bera oladi, deyish mumkin. Ana shu fikrni O’zbekiston voqe’ligi kun sayin
tasdiqlamoqda. O’zbekiston ishchisi respublika yalpi ijtimoiy mahsulotining,
milliy daromadning asosiy qismini bunyod etmoqda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
salohiyatini yuqori darajaga ko’tarishda faol ishtirok etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi ishchilari qiyofasida ham barcha rivojlangan
mamlakatlar ishchilaridagidek, ongli industrial mehnatkashning va insonlar
munosabatining yuksak me’yorlari va umuminsoniy tamoyillarini, qadriyatlarini
qaror toptiruvchi, yangi hayot uchun ilg’or kurashchi xislatlari bir butun bo’lib
mujassamlashgan. Sanoat taraqqiyotining muhim qonuniyatlaridan biri sanoat xodimlarining madaniy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy darajasini o’sishi, ishlab chiqarish malakasi va tajribasining tinmay oshib borishidir.
O’zbekiston mehnatkashlarining bilim va ko’nikmasi, ishlab chiqarish
malakasi va mahorati, madaniy va ma’rifiy saviyasini yuqori darajaga ko’tarish
bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarda ham sanoatning yuqori o’rin tutishini
ko’rish mumkin.
Sanoat mamlakat mudofaa qobiliyatining moddiy bazasi, el-yurtda tinchlik va
barqarorlikni saqlashning muhim omili, qo’shni mamlakatlar mustaqilligini,
hamkorligi va birdamligini ta’minlovchi muhim sohadir. O’zbekiston davlati
mudofasini kafolatlashda sanoatning roli bebahodir.
Sanoat shunday tarmoqki, barcha mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va
tashkiliy intilishlari, ularning xo’jalik jihatdan birlashishi, ya’ni iqtisodiy
integratsiya tavsifida o’z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy,
mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan-texnikaning barcha yutuqlaridan oqilona
foydalanish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Sanoat, ayniqsa og’ir sanoat butun ijtimoiy ishlab chiqarishni industrlashtirish
muammolarini hal etish kalitidir. Shu sababli jamiyatning moddiy-texnika bazasini
qaytadan qurish ishini o’zbek xalqi Prezident boshchiligida umuman, sanoat,
xususan, uning eng muhim sohalarini rivojlantirishdan boshladi. Chunki, bu
sohalar O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini
yanada oshirishning poydevori bo’lib hisoblanar edi, bundan keyin ham shunday
bo’lib qolaveradi.
Mehnatni ijtimoiy tashkil etishning eng oliy turi – konsentratsiyaning yuqori
darajasi bilan kichik biznes va tadbirkorlikni uyg’unlashtirish asosida ijtimoiy ishlab chiqarishni uyushtirishning ilg’or usullari – ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatlashtirish ham sanoat sohasida hukmronlik qiladi va yaxshi samaralar beradi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishni ta’minlovchi buyuk harakatlantiruvchi kuch – bu raqobat, ya’ni bellashuv, raqiblar kurashi ham sanoat
sohasida rivoj topadi. Ilg’or texnika va texnologiyalardan foydalanish,
materiallarning yangi turlarini yaratish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab
chiqarishdagi mahsulotlarning raqobatbardoshligini yuqori darajaga ko’tarish,
ishlab chiqarishning boshqa bir qator texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash
asosida uning samaradorligini ko’tarish uchun harakat va boshqa mehnat an’analari
ham avvalo, sanoat sohasida vujudga keldi va kelmoqda.
Mustaqillikning afzalliklari va davlatning iqtisodiy siyosati sanoatning
yetakchi o’rnini yanada oshirmoqda. Islohotlarning asosiy yo’nalishlari va ularning
yechimini topish dastavval sanoat sohasida amalga oshirilmoqda va yaxshi samara
bermoqda
|
| |