To’qimachilik sanoatini rivojlanishida xorij tajribasining roli




Download 95,38 Kb.
bet3/6
Sana08.01.2024
Hajmi95,38 Kb.
#132424
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Sanaot korxonasining tashkiliy tarkibini takomillashtirish

1.2.To’qimachilik sanoatini rivojlanishida xorij tajribasining roli
To’qimachilik sanoati yengil sanoatning yetakchi tarmoqlaridan hisoblanib,
asosiy funksiyasi xalq iste’moli tovarlarini, birinchi navbatda gazlama va trikotaj
ishlab chiqarishdan iborat. Ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xom ashyo
turiga bog’liq holda to’qimachilik sanoati paxta tolasidan, jun, ipak, kanop
tolalaridan, kimyoviy toladan gazlama ishlab chiqarish, trikotaj matosi ishlab
chiqarish, shuningdek noto’qima materiallar ishlab chiqarish tarmoqlariga
bo’linadi. To’qimachilik sanoati zamonaviy ishlab chiqarishning eng qadimiy
tarmoqlaridan sanaladi. XVIII asrda manufaktura ishlab chiqarishidan to’qimachilik fabrikalarini tashkil etilishiga o’tilishi bilan Angliyada sanoat to’ntarilishi boshlangan edi. Keyinchalik kapitalistik sanoatlashuvning bu yo’liga Yevropaning boshqa davlatlari, Rossiya, AQSh hamda Osiyoning ayrim davlatlari ham o’ta boshladilar. Uzoq davrgacha to’qimachilik sanoati dunyoning ko’pchilik rivojlangan mamlakatlari uchun sanoatning yetakchi tarmog’i bo’lib qoldi, ammo XX asrga kelib, uning mamlakat yalpi mahsulotidagi va aholining bandligidagi salmog’i kamaya boshladi. Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi davlatlarining sanoatlashuvi natijasida Shimoliy va Janubiy mamlakatlari o’rtasida to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo’yicha nisbat o’zgardi. To’qimachilik sanoatining xom ashyo bazasining rivojlanish yo’nalishini ko’rib chiqadigan bo’lsak, u eng avvalo fan va texnika taraqqiyoti bilan bog’langan bo’lib, tarmoqning xom ashyo sarfini ko’p talab qilishini e’tiborga olgan holda, ishlab chiqarishda tabiiy tolalardan foydalanishning kamayishi va sun’iy hamda kimyoviy tolalar salmog’ining ortishi hamda aralash tolali gazlamalar ishlab chiqarilishi bilan tavsiflanadi. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan deyarli barcha ipak gazlamalar, jun gazlamalar kimyoviy tolalarga asoslanadi. Dunyoda hammadan ko’p, paxta tolasidan gazlamalar ishlab chiqariladi. Bu tarmoqning rivojlanishi brogan sari Shimoliy mamlakatlardan Janubiy mamlakatlarga o’tib bormoqda. AQSh, Yaponiya va Rossiya davlatlarida to’qimachilik sanoati rivojlangan bo’lishiga qaramasdan, dunyoda ishlab chiqariladigan ip gazlamalarning 1/2 qismiga yaqini Xitoy va Hindistonga to’g’ri keladi. Kimyoviy tolalardan gazlama ishlab chiqarish ikkinchi o’rinda turadi. Bu sohada Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Koreya, Rossiya kabi rivojlangan davlatlar hamda Xitoy, Hindiston va Braziliya kabi rivojlanayotgan davlatlarga nisbatan AQSh yetakchilik qiladi. Uchinchi o’rinni ipak gazlamalar ishlab chiqarish egallaydi va u asosan, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda, ayniqsa AQSh va Yaponiyada juda rivojlangan. Rivojlanayotgan davlatlardan faqat Xitoy va Hindiston “birinchi o’ntalik”ga kiradi.To’rtinchi o’rinda jun gazlamalar ishlab chiqarish turadi. Ishlab chiqarishning bu sohasida iqtisodiy rivojlangan davlatlar yetakchilik qilsada, rivojlanishda Italiya, Rossiya va Yaponiya singari davlatlarni quvib o’tib, Xitoy davlati birinchi o’ringa chiqib oldi. Umuman olganda, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi kabi rivojlanayotgan davlatlarda to’qimachilik sanoati Yevropa va Rossiya kabi iqtisodiy rivojlangan davlatlarga nisbatan tezroq sur’atlarda rivojlanmoqda. Shu boisdan ham, dunyo bo’yicha gazlamalar ishlab chiqarishda rivojlanayotgan davlatlarning salmog’I ortib bormoqda. To’qimachilik va yengil sanoat ko’pchilik mamlakatlarda iqtisodiyotning byudjetni shakllantiruvchi asosiy tarmoqlaridan hisoblanadi. Mazkur tarmoqning sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi salmog’i rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek Germaniya, Fransiya, AQSh da 6-8 %ni, Italiyada 12 %ni tashkil etadi. Bu esa, mamlakatlar byudjetining 20 %gachasini to’qimachilik tarmog’i va kiyim-kechaklar ishlab chiqarish hisobiga shakllantirish shuningdek, ichki bozorning 75-85 %ini mahalliy ishlab chiqaruvchilar hisobiga ta’minlash imkonini beradi. AQSh to’qimachilik va yengil sanoati mamlakat ishlab chiqarish sektorining eng yirik tarmoqlaridan hisoblanadi. Uning tarkibiga 6 mingdan ortiq korxonalar, jumladan oilaviy, kichik korxonalar, shuningdek zamonaviy dastgohlar bilan jihozlangan yirik korxonalar kiradi. AQSh to’qimachilik va yengil sanoati eng zamonaviy va yuqori unumdorlikka ega bo’lishiga qaramasdan, Janubiy Amerika va Osiyo davlatlarida to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan ishlab chiqarish xarajatlari hamda ish haqi xarajatlarining pastligi hisobiga raqobatlasha olmayapti. Amerika bozorlariga bu mamlakatlardan mahsulotlarning kirib kelishi oqimi borgan sari ortmoqda. Oxirgi 10-15 yil ichida dunyo to’qimachilik sanoatida sezilarli o’zgarishlar kuzatilyapti. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi natijasida to’qimachilik ishlab chiqarishi markazi Yevropa va AQSh dan “uchinchi dunyo” mamlakatlari, xususan Janubiy-Sharqiy, O’rta Osiyo, Janubiy Amerika davlatlariga ko’chdi. Shu bilan birga, ish haqi bo’yicha iqtisodga erishish Yevropaning yetakchi to’qimachilik kompaniyalarida ishlab chiqarishning yopilishiga hamda ularni ishchi kuchi qiymati past bo’lgan mamlakatlarga joylashtirilishiga olib keldi. O’z navbatida, rivojlanayotgan davlatlar hokimiyati o’z to’qimachilik sanoatining yaratilishi istiqbollarini tushunib, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etilishini qo’llab-quvvatladilar. Ularga soliq imtiyozlari berdilar, investitsiyalarni kiritilishini, imtiyozli kreditlarni kafolatladilar. Bunday faoliyat natijasida zamonaviy to’qimachilik sanoati dunyosi tarkibida tub o’zgarishlar yuzaga keldi. Ishlab chiqarishni ko’chirib o’tkazish rejasidan voz kechgan kompaniyalar qisman, bozorning eng keng tarqalgan sektori “hi-teach” ishlab chiqarish texnologiyalariga o’tdilar, dizaynerlik ishlanmalari va savdo markalariga investitsiyalar kiritdilar. Ammo bu holat, rivojlanayotgan davlatlarda faqat ommaviy, past sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilishini anglatmaydi. Shunday davr ham bo’lganki, turk kompaniyalari yopilayotgan Rossiya fabrikalarining mashina va dastgohlarini ommaviy ravishda sotib olganlar. Ammo, ularni Rossiya bozorlarida olingan foyda hisobiga, o’z vaqtida yangi zamonaviy mashinalar bilan almashtirganlar. Oxirgi o’n yillikda Xitoy, Pokiston, Hindiston, Turkiya kabi davlatlarda yillik tovar aylanmasi 500 mln. dollardan ortiq bo’lgan o’nlab to’qimachilik kompaniyalari hamda eng zamonaviy mashina va dastgohlar bilan jihozlangan hamda yuzdan ortiq turdagi gazlamalardan minglab assortimentdagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi minglab korxonalar barpo etilgan. Bu kompaniyalarda jahon to’qimachilik mahsulotlarining asosiy qismi ishlab chiqariladi. Shunisi qiziqki, har yili o’tkaziladigan ko’rgazmalarida Yevropa-Amerika va Osiyo mamlakatlari o’z mahsulotlarini namoyish qilish taqdimotini alohida o’tkazadilar. Oxirgi o’n yillikda jahon to’qimachilik va yengil sanoatida yetakchi o’rinni egallayotgan mamlakatlar, jumladan Turkiya davlatida mazkur tarmoqni rivojlantirish tajribasini o’rganish, ayniqsa qiziqish tug’diradi. Turkiya to’qimachilik sanoatining rivojlanish yo’nalishlarini bugungi kunda asosan, Rossiya davlatida kuzatishimiz mumkin. O’tgan asrning 70-yillarining o’rtalarida Turkiya iqtisodiyotining to’qimachilik tarmog’i mamlakatning ichki bozorini o’zining mahalliy ishlab chiqaruvchilari tomonidan import o’rnini bosuvchi tovarlar ishlab chiqarish orqali ta’minlagan. To’qimachilik sanoatining keyingi rivojlanishi eksportga yo’naltirilgan. Eksportbop mahsulotlarning ishlab chiqarilishi eksportyor korxonalarga imtiyozli shartlar bilan maqsadli kreditlar berilishi, eksport mahsulotlari qiymatiga kiruvchi soliqlardan to’liq yoki qisman ozod qilish, eksport mahsulotlari sifatini oshirish bilan bog’liq ilmiy-tadqiqot ishlari xarajatlarini qisman qoplash, eksport operatsiyalarini sug’urtalash kabi davlat tomonidan rag’batlantirish ishlarini amalga oshirishning kompleks tizimini 30 tatbiq etish orqali olib borilmoqda. Hozirgi kunda Turkiyaning to’qimachilik sanoati zamonaviy dastgohlar bilan jihozlanish darajasi bo’yicha jahonda yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Shu bilan birga, tarmoqni sifatli xom ashyo bilan ta’minlanishi natijasida turk ishlab chiqarishi jahonda an’anaviy yetakchilardan bo’lgan Italiya va Germaniya kabi davlatlarning mahsulotlari bilan ham raqobatlasha oladi. So’nggi yillarda ko’pchilik yirik turk firmalari o’zlari uchun ham iqtisodiy, ham strategic jihatdan maqsadga muvofiq hisoblangan xoldinglarga birlashmoqdalar. Bunday xoldinglar paxta kalava ipini ishlab chiqarishdan, to tayyor mahsulotgacha bo’lgan yopiq siklni o’z ichiga oladi, bunda ishlab chiqarish xarajatlarining qisqarishi hisobiga raqobatbardoshlik ortadi. Turkiyada to’qimachilik sanoatining tez sur’atlarda rivojlanishida turk investorlari, shuningdek xorijlik investorlar ham asosiy o’rin egallaydilar. To’qimachilik sanoatini rivojlantirishning strategiyasi va taktikasi bugungi kunda Turkiyani dunyoda to’qimachilik mahsulotlari va tayyor kiyimlar yetkazib beruvchi 5 yirik davlatlar qatoriga, shuningdek Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida 2-o’rinni egallashiga imkon berdi. To’qimachilik mahsulotlari va tayyor kiyimlareksporti jami eksport hajmiga nisbatan 40 %ni tashkil etadi. Turk tadbirkorlari kelajakda uning jahonda to’qimachilik mahsulotlari va tayyor kiyimlar yetkazib beradigan uchlikka kiritishi hamda Yevropa davlatlari orasida ham yetakchilik qilishiga erishishiga harakat qilyaptilar. Jahon to’qimachilik sanoatini rivojlantirish tendensiyasining asosiy yo’nalishlarini quyidagicha umumlashtirishimiz mumkin: 1. Tabiiy tolalardan gazlamalar ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada o’sish
tendensiyasiga ega emas. Ipak gazlamalarga yuqori iste’mol talabiga ega
mamlakatlarda choyshab mahsulotlari ip gazlamadan emas, ipak gazlamadan
ishlab chiqarilyapti. Sun’iy tolali gazlamalardan, aralash tolali gazlamalardan ham
keng foydalanilyapti. Ip gazlamalardan choyshab mahsulotlarini ishlab chiqarish
o’rnini cho’ziluvchan, dazmol qilishni talab etmaydigan, tashqi ko’rinishi
yaxshilangan trikotaj matolari egallamoqda.
2. Kiyim-kechaklar ishlab chiqarishda paxta tolasiga turli tolalarni qo’shib,
ishlab chiqarilgan gazlamalardan ommaviy foydalanilyapti.
3. Korxonani ilg’or texnika va texnologiya bilan jihozlash, xizmat ko’rsatish
me’yorini, mehnat unumdorligini oshirish hisobiga, mexanizatsiyalashtirilgan
potok liniyalarini joriy etish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirishga
erishilyapti.
4. Asosini biznes markazlari tashkil etuvchi tuzilmalar shakllantirilyapti. Ular
asosan mahsulotni bozorga harakatlantirish ishlari bilan hamda ishlab chiqarishga
zaruriy bo’lgan xizmatlarni ko’rsatish bilan shug’ullanadilar.
Jahon to’qimachilik sanoati yer yuzi aholisi sonining ortib borishi, ularning
to’lov qobiliyatining o’sishi bilan bog’langan holda, doimiy iqtisodiy o’sish bilan
tavsiflanadi. Jahon to’qimachilik sanoati mahsulotlari bozori ham shunga
mutanosib ravishda rivojlanmoqda. Oxirgi o’n besh yilda tovar aylanmasi
2 martadan ko’proq o’sdi. Yevropa ittifoqi davlatlarida gazlama, kiyim-kechak va
poyafzal iste’moli 90,5 %ga, AQSh da 99,3 %ga, Yaponiyada esa 2 martadan
ko’proq o’sdi.
To’qimachilik sanoati mahsulotlari xalqaro savdosi amaliyoti shuni
ko’rsatmoqdaki, ayrim sanoati rivojlangan xorij kompaniyalari mahsulotni sotish
bozorlarini diversifikatsiyalash hisobigagina emas, balki mahsulot assortimentini
yangilash, uning sifatini oshirish hamda ishlab chiqarishda yangi turdagi xom
ashyolardan foydalanish hisobiga ham muvaffaqiyatga erishmoqdalar.
Xitoy, Turkiya, Hindiston kabi rivojlanayotgan davlatlarda to’qimachilik va
yengil sanoat milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishi deb qaraladi.
Bu mamlakatlarning ko’pchiligida ishlab chiqaruvchilarni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlarini o’z ichiga oluvchi yengil sanoat tarmoqlarini
innovatsion rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilgan.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda to’qimachilik sanoatini rivojlantirish
tajribasini umumlashtirgan holda, uning bir qator asosiy yo’nalishlarini ajratish
mumkin.
Birinchi yo’nalish soliqlar va bojxona nazoratini tashkil etish hisoblanib,
Xitoyda to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga
nisbatan imtiyozli soliqqa tortish rejimi o’rnatilgan. Turkiyada tarmoq uchun olib
kirilayotgan dastgohlarga nisbatan bojxona to’lovlari va qo’shilgan qiymat solig’i
olinmaydi. Qozog’iston respublikasidagi “Ontustik” maxsus iqtisodiy zonasida
esa, yangi ishlab chiqarishlarni yaratish innovatsion-investitsion loyihalari
chegarasida to’qimachilik va yengil sanoat tarmoqlarini tashkil etishda daromad
solig’idan ozod qilinadi.
Ikkinchi yo’nalish eksportyor korxonalarni Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Jumladan, Turkiyada maqsadli imtiyozli kreditlar beriladi, eksport mahsuloti qiymatiga kiradigan soliqlar butunlay yoki qisman qaytariladi, eksport mahsulotlari sifatini yaxshilashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari xarajatlari qisman qoplanadi, eksport operatsiyalari sug’urtalanadi.
Uchinchi yo’nalish biznes infratuzilmasini yaratish hisoblanadi. Bu borada Xitoy davlatining tajribasi juda qiziqarli bo’lib, u yerda hududlar va shaharlar ma’lum turdagi mahsulotlarni, masalan gazlama, trikotaj, paypoq mahsulotlari yoki ayollar kiyimini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’ladi. Mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish hamda tarmoqning innovatsion rivojlanishini ta’minlash maqsadida hudud hokimiyati o’z maydonlarida texnoparklar, sifatni tekshirish markazlari, servis, o’quv, axborot, logistika markazlarini, shuningdek modellarni avtomatlashtirilgan loyihalash markazlarini, gazlamalarning xossa-xususiyatlarini o’rganish ilmiy-tadqiqot institutlarini o’z ichiga oluvchi biznes infratuzilmasini shakllantirishga qaratilgan faoliyat olib boradilar.
To’rtinchi yo’nalish texnika va texnologiyani yangilashdir. Jumladan,
Hindistonda to’qimachilik sanoati texnologiyalarini yangilash dasturiga ko’ra,
korxonalarga texnologiyani yangilash uchun mablag’ ajratgan kredit tashkilotlariga
5 %li kompensatsiya beriladi. Texnologik jihatdan past darajadagi mashina va
dastgohlar sotib olinganda imtiyozli foizlar belgilanmaydi. Texnika va
texnologiyani yangilashga konsession ssudalar ajratiladi.
Mazkur yo’nalishlar bo’yicha olib borilgan ishlar:
‒ to’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari jahon eksportida yetakchi
o’rinni egallash;
‒ asosiy mashina va dastgohlarni qisqa muddatlarda yangilash, xususan Xitoy
va Turkiya oxirgi 10 yil ichida barcha to’quv stanoklarini to’liq yangiladi;
‒ ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash imkonini yaratdi;
‒ rivojlanayotgan davlatlarda to’qimachilik sanoatining jadal sur’atlar bilan
rivojlanishi davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangan holda, tarmoqning ishlab
chiqaruvchi kuchlarini qayta taqsimlanishiga ta’sir ko’rsatdi.
Ekspertlar fikricha, 2016-2020 yillarda Xitoy to’qimachilik sanoat kompleksining yillik o’sish sur’atlari 9,5-10 %ni, Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlarida
3-4 %ni tashkil etadi. 2020-2025 yillardan keyin Xitoy to’qimachilik sanoat kompleksi tadbirkorlik va iqtisodiy faolligining pasayishi prognoz qilinyapti. Tahlil natijalariga asoslanilgan holda, xulosa qiladigan bo’lsak, jahon to’qimachilik sanoatini rivojlantirishning istiqbolli ustuvor yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
‒ xalq xo’jaligi tovarlarini ishlab chiqarishda kimyoviy tolalar va iplardan
foydalanishning ortishi. Bugungi kunda kimyoviy tolalar va iplardan foydalanilgan
holda ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy iste’mol hajmidagi salmog’i 60 %ni
tashkil etadi;
‒ trikotaj va noto’qima materiallarning ahamiyati va salmog’ining ortishi;
‒ to’qimachilikda ensiz gazlamalar ishlab chiqarishdan eni keng (2-3 metrgacha) bo’lgan gazlamalarni ishlab chiqarishga o’tish tendensiyasi, hamda uning borgan sari kengayib borishi;
‒ to’qimachilik korxonalarining mahsulot turlari bo’yicha universallashuvi,
talab va moda yo’nalishlariga oson va tez moslashish;
‒ tolaning turlari (paxta tolasi, ipak, zig’ir, jun tolasi) bo’yicha ishlab
chiqarishlar o’rtasidagi farqning kamayib borishi;
‒ kichik chiziqli zichlikdagi tolalardan foydalanish hisobiga oldindan berilgan
xossa va xususiyatlarga ega super zamonaviy gazlamalarni va trikotaj matolarini
yaratish;
‒ to’qimachilik korxonalarining umumiy hajmida bozordagi talab va taklif
o’zgarishlariga tez moslasha oladigan, katta bo’lmagan (ishlovchilar soni
300 kishigacha) korxonalar salmog’ining ortishi;
‒ tarmoq korxonalarini tarmoqdagi muammolarni yechishga nisbatan yagona
yondashuvga asoslanadigan, yopiq ishlab chiqarish sikliga ega bo’lgan,
assotsiatsiyalar, uyushmalar, xoldinglarga birlashtirish;
‒ tikuvchilik ishlab chiqarishini tashkil etishda aholining ayrim qatlamlari,
iste’molchilarning yoshi, iqlim sharoitlari kabi bozor segmentlarining hisobga
olinishi;
‒ to’qimachilik sanoatining rivojlanishini ta’minlovchi yuqori sifatli
bo’yoqlar, yordamchi materiallar, texnologik jihozlar, furnituralar ishlab chiqarish
tarmoqlarini rivojlantirish.


Download 95,38 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 95,38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To’qimachilik sanoatini rivojlanishida xorij tajribasining roli

Download 95,38 Kb.