|
Oilaviy tadbirkorlik rivojlantirish dasturi, yagona elektron platforma orqali elektron kredit olish imkoniyatlari
|
bet | 1/5 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 283,09 Kb. | | #135512 |
Bog'liq biznes asoslari maruza
Oilaviy tadbirkorlik rivojlantirish dasturi, yagona elektron platforma orqali elektron kredit olish imkoniyatlari
Reja
Kredit olish uchun onlayn platforma
Kreditning foiz stavkasi va muddati
Kreditnig rad etilishi va kredit berilmasligi
O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali imtiyozli kredit olish uchun onlayn ariza qabul qilish boshlandi. Bu haqda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi xabar bermoqda.
Ariza yuborish uchun mazkur havolaga o‘tish kerak → ariza yuborish.
Foto: “Oilakredit.uz”
Imtiyozli kredit olish uchun Arizachi—Manzil—Xarajatlar—Daromadlar ko‘rinishida ma’lumotlar kiritilishi kerak. Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgandan so‘ng arizani ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi.
Imtiyozli kredit quyidagi maqsadlar uchun olish mumkin:
oilaviy tadbirkorlik
baliqchilik
dehqon xo‘jaliklari
hunarmandchilik
Kredit miqdori va foiz stavkasi qancha?
Kreditlar yillik 14 foiz stavkada jismoniy shaxslarga 33 mln so‘mgacha, kichik tadbirkorlik subyektlariga 225 mln so‘mgacha, tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda 225 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi.
Kredit qancha muddatga beriladi?
3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan ma’lum mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish maqsadida;
1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun;
1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga – oilaviy mehmon uylari, xostellar, ekouylar majmuasi, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun;
3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga – bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun;
3 yilgacha muddatga – “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari va boshqalar uchun ajratiladi.
|
| |