|
Oilaviy tadbirkorlik rivojlantirish dasturi, yagona elektron platforma orqali elektron kredit olish imkoniyatlari
|
bet | 2/5 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 283,09 Kb. | | #135512 |
Bog'liq biznes asoslari maruzaKredit uchun ta’minot kerakmi?
Ta’minot sifatida:
33 mln so‘mgacha — jismoniy shaxslarga hokim yordamchisining tavsiyasi;
225 mln so‘mgacha — hokim yordamchisining tavsiyalari asosida uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, mol-mulklar garovi va boshqalar;
225 mln so‘mdan ortiq miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.
Hokim yordamchisi qarz oluvchining arizasiga asosan uning obyektiga chiqqan holda faoliyat turi bo‘yicha shart-sharoitlar, imkoniyat hamda yetarli ko‘nikma mavjudligini o‘rganadi.
Shundan so‘ng kredit ajratish uchun tavsiyanoma yoki uni rad etish to‘g‘risidagi xulosani besh ish kuni mobaynida Yagona elektron platformaga joylashtiradi.
Kreditlar qaysi banklar tomonidan ajratiladi?
Kreditlar “Agrobank”, “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” tomonidan ajratiladi.
Kreditni uydan chiqmasdan turib qanday olish mumkin?
“Oilakredit.uz” platformasi orqali kreditni quyidagi tartibda masofadan turib olish mumkin:
Kredit ajratish to‘g‘risidagi onlayn ariza to‘ldiriladi va masofadan imzolanadi. Kiritilgan ma’lumotlar va axborotlar bazasiga asoslanib, skoring jarayoni o‘tkaziladi.
Ijobiy skoring natijalaridan so‘ng, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ijobiy tavsiyanomasi yoki kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi elektron tarzda taqdim etiladi.
Marketpleys (elektron do‘kon) orqali ta’minotchi bilan qarz oluvchi tomonidan erkin va mustaqil ravishda elektron shartnoma tuziladi.
Marketpleys tizimi orqali ta’minotchi tomonidan mahsulot yetkazib berilgani to‘g‘risidagi elektron hisob-faktura shakllantiriladi.
Xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan arizachi o‘rtasidagi kredit ajratish to‘g‘risidagi shartnoma elektron shaklda tuziladi va imzolanadi.
Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining mahsulot yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi monitoring dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Har bir bosqichdagi tegishli hujjatlar qarz oluvchi, bank, ta’minotchi, va hokim yordamchisi tomonidan Elektron raqamli imzo kaliti bilan imzolanadi.
Tasdiqlanganidan so‘ng kredit mablag‘lari hisobidan pullar ta’minotchining hisobvarag‘iga ko‘chirib beriladi.
Elektron raqamli imzo kalitini “e-imzo.uz”dan olish mumkin.
|
| |