• Quyidagi hollarda ariza tizim tomonidan skoring ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi
  • Davlat dasturida yoshlar uchun ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish
  • Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi




    Download 283,09 Kb.
    bet3/5
    Sana12.01.2024
    Hajmi283,09 Kb.
    #135512
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    biznes asoslari maruza

    Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:

    • loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit bo‘lmaganda;

    • yetakchi tadbirkorlik subyektlari va “Tomorqa xizmati” bilan kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqarolarga;

    • mavsumga xos bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga;

    • ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilgani aniqlanganda;

    • qonunchilikka zid bo‘lgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda.

    Yagona elektron platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng u bir kun muddatda skoring baholash jarayonidan o‘tkaziladi.
    Quyidagi hollarda ariza tizim tomonidan skoring ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:

    • qarz oluvchining oldin yuborgan arizasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda;

    • 18 yoshga to‘lmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;

    • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga;

    • muomala layoqati cheklangan yoki mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;

    • dastur doirasida to‘liq qaytarilmagan kredit mavjud bo‘lganda;

    • bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;

    • avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;

    • salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda;

    • soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi mavjud bo‘lganda.


    Davlat dasturida yoshlar uchun ajratilgan imtiyozli kreditlardan foydalanish
    Reja

    1. Yoshlar uchun ajratilgan kredit shartlari

    2. Imtiyozli kreditlarni ajratishdan maqsad

    3. Kredit taqdim etishning foiz stavkalari




    Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Ulardan biri – bu yoshlarning investision tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar.
    Demak, ushbu kreditlar aynan qaysi loyihalar uchun va qanday shartlar asosida taqdim etilishini quyida ko‘rib chiqamiz.

    • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088 sonli qaroriga muvofiq, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hamda Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.

    Ushbu Sanoat zonalarida «startaplar» tashkil etish, yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va yuritishlari, shu jumladan, innovasion mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoniga joriy etish va natijalarini tijoratlashtirish, yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatish uchun barcha sharoitlar ta'minlanadi.
    Sizning yoshingiz 18-30 orasida hamda siz o‘z loyihangizni Yoshlar sanoat zonasida joylashtirmoqchi bo‘lsangiz tadbirkorlik loyihasiga qo‘yiladigan talablarni ko‘rib chiqamiz:
    1. Ushbu yoshlar Sanoat zonalariga, asosan, yosh tadbirkorlarning innovasion, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi hamda patent asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni ta'minlovchi startap investisiya loyihalari joylashtiriladi.
    2. Yaratiladigan yangi ish o‘rinlarining kamida 70 foizi yoshlar uchun mo‘ljallangan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarni ish bilan ta'minlash nazarda tutilgan investisiya loyihalari ustuvorlikka ega bo‘ladi.

    Download 283,09 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 283,09 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi

    Download 283,09 Kb.