|
Imtiyozli kreditlar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?
|
bet | 4/5 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 283,09 Kb. | | #135512 |
Bog'liq biznes asoslari maruzaImtiyozli kreditlar qanday maqsadlar uchun ajratiladi?
Imtiyozli kreditlar yosh tadbirkorlarga barcha yo‘nalishdagi investision loyihalar uchun ajratiladi:
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ushbu kreditlarning shartlari quyidagicha:
Miqdori - 100 ming AQSh dollari ekvivalentigacha
Muddati - 7 yil
Foiz stavkasi - 14% (milliy valyutadagi kreditlar) va 3% (xorijiy valyutadagi kreditlar)
Agar investisiya loyihalari qiymati 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan oshsa, oshgan qismi uchun ham kredit olish mumkin.
Deylik, ajoyib investision loyihangiz bor, ushbu loyiha Sanoat zonalaridan birida joylashtirilib sizga tijorat banki kredit ajratishga rozi bo‘lgan taqdirda, bunday summadagi kredit bo‘yicha garov ta'minoti sifatida nimalarni taqdim etish mumkin?
Kredit bo‘yicha quyidagilarni garov ta'minoti sifatida keltirishingiz mumkin:
1. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan investision loyihalar uchun ajratilgan kreditlar bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha miqdorida, biroq 500 mln so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik beriladi;
2. Sug‘urta tashkilotlari[1] tomonidan yillik 2 foiz stavkasida kreditni qaytmaslik xataridan sug‘urtalovchi polis taqdim etadi.
Agar sizning soliqlar hamda oldingi tuzilgan kredit shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorliklaringiz mavjud bo‘lsa, kreditlar ta'minoti bo‘yicha yuqorida ko‘rsatilgan kafillik va sug‘urta polisi sizga berilmaydi.
Ushbu holatda, siz kredit uchun boshqa ta'minot turlarini taqdim etishingiz zarur bo‘ladi.
Yosh tadbirkorlarga o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun bino va inshootlardan foydalanish bo‘yicha ham imtiyozlar mavjud.
1. Yosh tadbirkorlar Yoshlar sanoat zonalaridagi bino va inshootlardan ijara asosida foydalanishlari mumkin. Bunda, bo‘sh bino va inshootlar davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi.
2. Keyinchalik bino yoki inshootlarni o‘z balansida aktiv sifatida ko‘rishni xohlovchi yosh tadbirkorlar lizing asosida binolarni sotib olish imkoniyatiga ega.
|
| |