|
Lizing asosida binolar necha foiz asosida taqdim etiladi?
|
bet | 5/5 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 283,09 Kb. | | #135512 |
Bog'liq biznes asoslari maruzaLizing asosida binolar necha foiz asosida taqdim etiladi?
Tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlik sub'ektlariga binolarni lizing asosida berish milliy valyutada yillik 14 foiz stavkasida amalga oshiriladi.
Bunda, bino qiymatining 10 foizi tadbirkor tomonidan boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘lanadi.
Ta'kidlab o‘tish zarurki, faqatgina yosh tadbirkorlar emas, balki, yoshlarni ish bilan ta'minlashga o‘z hissasini qo‘shayotgan ish beruvchilar ham imtiyozlarga ega bo‘lishlari mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208 sonli qaroriga muvofiq, joriy yil 1 maydan 2023 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga [2] ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun to‘lagan ijtimoiy soliq summasi (12 foiz) Davlat byudjetidan to‘liq qaytarib beriladi.
Bundan tashqari, “Yoshlar daftariga” kiritilgan tadbirkorlarga quyidagi imtiyozlar yaratilgan:
1. Tadbirkorlik uchun zarur asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravarigacha (hozirgi kunda 9,8 mln. so‘mgacha) subsidiyalar ajratiladi;
2. Dehqon xo‘jaligi faoliyati bilan shug‘ullanishda urug‘liklar va ko‘chatlarni xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravarigacha (hozirgi kunda 1,96 mln.so‘mgacha) subsidiyalar ajratiladi;
3. Yosh tadbirkorlar bino va inshootlarni ijaraga olgan bo‘lsalar, bir yillik ijara xarajatlarining 30 foizi – biroq ko‘pi bilan 7,35 mln. so‘mgacha (BHM ning 25 barobari) kompensasiya qilinadi.
O‘z loyihalaringizni amaliyotga tatbiq eting, tadbirkorlik bilan shug‘ullaning hamda ushbu yo‘lda siz uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlardan xabardor bo‘lib, ulardan maksimal ravishda foydalaning!
Tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishda sherikchilik imkoniyatlaridan foydalanish
|
| |