|
-rasm. Korxonaning ishlab chiqarish tarkibi
|
bet | 6/6 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 95,38 Kb. | | #132424 |
Bog'liq Kurs ishi Sanaot korxonasining tashkiliy tarkibini takomillashtirish1-rasm. Korxonaning ishlab chiqarish tarkibi
Sexsiz boshqarish tizimiga о’tish ma’lum tayyorgarlik tadbirlarini amalga
oshirishni taqozo etadi, ya’ni rahbar xodimlarning funksiyasini qayta taqsimlash,
ba’zi bо’g’inlarni boshqarishda boshqaruvchi javobgarligini oshirish, ma’lum
tushuntirish ishlarini olib borishga tо’g’ri keladi.
2.3.Sanoat korxonalari raqobatbardoshligini baholashning
uslubiy masalalari
Bugungi kunda kompaniya yoki korxona raqobatbardoshligini baholashning
umum qabul qilingan yagona uslubi yo’q. Strategik boshqaruv bosqichlari uchun
raqobatbardoshlikni boshqarishga nisbatan yondashuvlar bir xil bo’lishi mumkin
emas. Kompaniyaning raqobatbardoshligini baholashga nisbatan oltita yondashuvni (usulni) farqlashimiz mumkin.
Birinchi yondashuv – qiyosiy ustunliklari nuqtai nazaridagi raqobatbardoshlikni o’rganishning mohiyati shundaki, kompaniya boshqa mamlakatlarda shunday tovarlarni ishlab chiqarish nisbatan qimmatroqqa tushadigan mahsulot turlarini ishlab chiqarish va eksport qilishga ixtisoslashtiriladi
Ikkinchi yondashuv – tarmoq yoki kompaniyaning raqobatbardoshligini
muvozanat nazariyasi bo’yicha baholashning (ishlab chiqarish omillari bo’yicha)
mohiyati, bir xil shart-sharoitlarda, ishlab chiqaruvchida faoliyati sohasini
o’zgartirishdan manfaatdorlik bo’lmagan holatlarda, talabning mazkur bozorda va
texnikaning rivojlanish darajasida tovarlarni maksimal darajada ishlab chiqarishi
va sotishga erishishi tushuniladi.
Uchinchi yondashuv – tarkibiy, ya’ni korxonaning bozor mavqei bo’yicha
yondashuvda, tarmoqning monopollashuv darajasini bilishga, ishlab chiqarishning
va kapitalning konsentratsiyalashuvi va korxonaning tarmoq bozoriga yangidan
kirib keluvchilar uchun to’siqlarga bog’liq holda baholashga asoslaniladi.
To’rtinchi yondashuv – funksional yondashuv hisoblanib, xarajatlarning
baho, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, mahsulot ishlab
chiqarish hajmi, foyda me’yori va boshqalarga nisbatini aniqlashga asoslaniladi.
Beshinchi yondashuv – ishlab chiqaruvchining raqobatbardoshligini
mahsulotning o’ziga xos jihatlaridan foydalangan holda uning iste’molchi
baholashi mumkin bo’lgan sifati darajasini, har bir ayrim turdagi mahsulotga
nisbatan iste’molchining ehtiyoji talablarini qondirish mezonlarini aniqlashga,
ehtiyojlar pog’onasini o’rnatishga asoslanadi. So’ngra, mazkur mahsulot
turlarining asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari boshqa raqobatlashadigan
mahsulotlarga nisbatan taqqoslanadi.
Oltinchi yondashuv – raqobatbardoshlikni baholashning matritsa usuli
matritsalarni tuzishga va strategiyani taxminiy tanlashga asoslangan.
Kompaniya yoki korxonaning raqobatbardoshligini oshirish uslubiyoti
quyidagi yondashuvlarga asoslanib, takomillashtirilishi mumkin:
– raqobatbardoshlik darajasini aniq bir bozordagi aniq bir tovarlar raqobatbardoshligi ko’rsatkichlari bo’yicha hisoblangan o’rtacha miqdor ko’rinishida aniqlash;
– kompaniya yoki korxona faoliyatining samaradorligini har bir bozordagi har
bitta tovarning raqobatbardoshligi va samaradorligidan kelib chiqqan holda tahlil
qilish maqsadga muvofiq;
– korxona faoliyatining barqarorligi ko’rsatkichini hisoblash;
– yuqorida sanab o’tilgan uchta ko’rsatkich bo’yicha kamida besh yilga
istiqbol ko’rsatkichlarini hisoblash.
Xulosa
Sanoat korxonalari respublikamizda moddiy boylik ishlab chiqaruvchi,
bir-biri bilan bog’liq sanoat korxonalari tizimidan tashkil topgan bо’lib, bozor
iqtisodiy qonunlari asosida faoliyat yuritilishini tushundim. Sanoat korxonalari tarmoq tarkibida asosan bir xil umumiy maqsadda mahsulot ishlab chiqariladi va unda texnologik jarayon va kadrlar tarkibi bir xil bо’lishini tushundim.
Korxonaning ishlab chiqarish strukturasi deganda, mahsulot ishlab chiqarish
texnologik jarayonini amalga oshirish uchun korxonaning tarkibiga kiruvchi
bо’linmalar soni, ularning joylashish tartibi va uzviy bog’lanishini tushunimdim.
Tо’qimachilik sanoat korxonasi bir nechta alohida ishlab chiqarish
bо’linmalaridan tashkil topgan bо’lsada, ma’muriy va territorial jihatdan bir butun
birlikka ega bo’ladi.
Tо’qimachilik sanoati korxonasi asosiy, yordamchi va yondosh ishlab
chiqarish sexlaridan hamda yordamchi xо’jalik sexlari, xizmat kо’rsatuvchi va
yordamchi xizmat kо’rsatuvchi xо’jaliklardan tashkil topgan bo’lishi tushunarli bo’ldi.
Har xil sanoat tarmoqlaridagi korxonalarning ishlab chiqarish tarkibi
bir-biridan farqlanadi, ya’ni ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari, hajmi, qayta
ishlash usullari, ixtisoslashgan darajasi va turi, boshqa korxonalar bilan
kooperatsiyalashganligi bilan farqlanadi. Bir xil sanoat tarmog’i tarkibidagi
korxonalar ham ishab chiqarilayotgan mahsulotlari hajmi va turlari, korxona hajmi,
ishchilar soni, foydalanilayotgan mashinalar turlari va soniga qarab ishlab
chiqarish tarkibi har xil bо’ladi. Masalan, yirik tо’qimachilik korxonasida
100000 urchuqli va 2-2,5 ming tо’qish dastgohi о’rnatilgan. Korxonaning ishlab
chiqarish tarkibi kam quvvatli korxonadan farqlanadi. Tо’qimachilik korxonalari
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari yoki qо’llanilayotgan texnologik mashinalari bо’yicha ixtisoslashgan bо’ladi. Shu sababli tо’qimachilik korxonalarida alohida bir ishlab chiqarishni о’z ichiga olsa, ularni yigirish, tо’qish yoki pardozlash korxonalari deb yuritiladi. Ba’zi korxonalar texnologik jarayonning 2 bosqichini о’z ichiga oladi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonigacha yetib bormaydi. Masalan, yigirish-tо’qish korxonasi. Xom ashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqarish jarayonida tо’liq korxonalar, bitta korxonaning mahsuloti ikkinchisiga xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulot sifatida yetkazib berilsa, ularni ishlab chiqarish birlashmasi deb yuritilishi tushunib oldim.
Bugungi kunda kompaniya yoki korxona raqobatbardoshligini baholashning
umumiy qabul qilingan yagona uslubi yo’q. Strategik boshqaruv bosqichlari uchun
raqobatbardoshlikni boshqarishga nisbatan yondashuvlar bir xil bo’lishi mumkin
emas. Kompaniyaning raqobatbardoshligini baholashga nisbatan oltita yondashuvni ya’ni usulni o’rganib oldim.
Foydalanilgan adabiyotlar
Abdukarimov B.Х. va boshqalar: Korxona iqtisodiyoti: Darslik. –Т.: Fan va texnologiya, 2013.
S.Yusupov, R.Isayev, S.Yuldashev, O.Davranov: Iqtisodiyot va menejment. –
T.: 2020, 607 bet.
https.:\\unilibrary.uz
org.wikipediya.uz
|
| |