Qidir Ishlab chiqarishni tashkil etish




Download 60.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.11.2022
Hajmi60.76 Kb.
#31123
Bog'liq
Ishlab chiqarishni tashkil etish - Vikipediya
003 jahon tarixi SOVET DAVLATINING PARCHALANISHI VA SOVET RESPUBLIKALARIDA, Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi - Vikipediya, gmurman, 05-1391 18.03.2022, Doc3, Sinf rahbar papkasi hujjatlari, file (1), 8AMALIY-ISH, Answer key, 5682, 3-Mavzu, O\'zbek tilining imlo qoidalari-fayllar.org, F.O\'roqov qo\'llanma, 4-kun Modal verbs test


Qidir
Ishlab chiqarishni
tashkil etish
Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida i.ch. re-surslari va mehnat qurollaridan
oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga
qaratilgan chora-tadbirlar majmui. I.ch.t.e. eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni
tanlash, turli i.ch. sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish
grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda i.ch. estetikasi, sanitariyasi, mehnat
muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da
namoyon boʻladi. I.ch.t.e. dan maqsad korxona uchun aj-ratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat
imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga
erishishdir.
I.ch.t.e. xalq xoʻjaligi uchun zarur boʻlgan turdagi, sifatdagi, modeldagi mahsulot, buyumlarni
yetkazib berishi, i.ch. ning oʻsishi harajatlarning kamaytirishi, mehnat sharoitining
yaxshilanishi va xodimlarning madaniy-tex-nik darajasini taʼminlashi zarur. Yangi va ishlab
chiqarilayotgan mahsulot turlarini tayyorlash ularni moder-nizatsiyalash jarayoni, i.ch.
boʻgʻinlarini boshqarish va nazorat ishlari hamI.ch.t.e. ga kiradi. U mahsulot i.ch. ning barcha
bosqichlarini qamraydi va barcha xususiy vazifalarni umumlashtirib, umumiy tizim harakterini
oladi, pirovardida jamiyat isteʼmolining maksimal qoniqishlarini, yaʼni yetarli i.ch.ni xreil qiladi.
I.ch.t.e. ning asosiy talabi jarayonlarining uzluksizligi, i.ch. boʻgʻinlarining mutanosibligi va
mahsulot i.ch.ning takroriyligidan iborat. Uzluksizlik mehnat vositalaridan foydalanib vaqtni
minimal sarflash hisobiga i.ch. ning barcha bosqichlaridan mehnat predmetlarining toʻxtovsiz
oʻtishida aks etadi. Mutanosiblik i.ch. kuv-vatlaridan toʻliq foydalanish imko-niyatni beruvchi
uchastkalarning oʻzaro moslashuv xususiyati. Takroriylik muayyan vaqt birligi ichida bir xil ish


hajmini bajarish va bir xil mahsulot i.ch. ni uzluksiz tashkil etishdir. I.ch.t.e. ning muhim
kurinishlari ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash va kombinatsiyalashdir.
I.ch.t.e. ning tarkibiy tuzilishiga koʻra, funksional (konsentratsiya, ixtisoslashtirish,
kooperatsiyalash va i.ch.ni kombinatsiyalash orqali yangi i.ch. tizimlarni yaratish yoki
eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, i.ch. uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy i.ch.
majmualari darajasida I.ch.t.e.) va vaqtga koʻra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha
boʻlgan texnologik jarayonlarini oʻz ichiga olgan) koʻrinishlari bor.
I.ch.t.e. ning xususiyatiga koʻra, potok l i (i.ch. ning har bir uchastkasida muayyan ish
nomenklaturasi, ish urni mahsulot tayyorlashga qarab belgilanadi, bunda, odatda, bir turdagi
mahsulot kuplab tayyorlanadi), yakka tartibda (alohida uchastkalarni texnologik ixtisoslashda
namoyon boʻladi) va partiyalab, toʻp-toʻp qilib i.ch. (po-tokli va yakka tartibda mahsulot i.ch.ni
ham oʻzida mujassam etadi) koʻrinishlari bor. I.ch.t.e. da ishlab chiqarish sikli davomiyligini
vaqt jiqatidan rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. Hoz. vaqtda texnikadan unumli
foydalanish va ularni oʻz vaqtida sifatli qilib taʼmirlash I.ch. t.e. ning muhim vazifasiga
aylangan.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Ishlab_c
hiqarishni_tashkil_etish&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 2 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
title=Ishlab_chiqarishni_tashkil
_etish&oldid=2843028
" dan olindi 

Download 60.76 Kb.




Download 60.76 Kb.
Pdf ko'rish