• 2. Qishloq xoʻjaligining respublika ijtimoiy iqtisodiyotida tutgan oʻrni va ahamiyati
  • 3.Ishlab chiqarish korxonalarini faoliyatini samaradorligini tahlil qilish. Ishlab chiqarish samaradorligi
  • 4.Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish. Konservalash
  • 1 variant Korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish




    Download 20.94 Kb.
    Sana31.05.2023
    Hajmi20.94 Kb.
    #67723
    Bog'liq
    savollar


    1 variant
    1.Korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish.
    Ishlab chiqarishni tashkil etish — mehnat jarayonida i.ch. re-surslari va mehnat qurollaridan oqilona foydalanib, belgilangan vazifani bajarish va yuqori samaradorlikka erishishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui. I.ch.t.e. eng maʼqul usullarni, zarur asbob-uskunalarni tanlash, turli i.ch. sohalarining mutanosib va uzluksiz ishlashini taʼminlash, ishlab chikarish grafiginit bu-zilishiga yoʻl qoʻymaslik, korxona va sexlarda i.ch. estetikasi, sanitariyasi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga mos keladigan sharoitlarni yaratish va b. da namoyon boʻladi. I.ch.t.e. dan maqsad korxona uchun aj-ratilgan moddiy, moliyaviy va mehnat imkoniyatlaridan mumkin qadar yaxshiroq foydalanish, eng yuqori moliyaviy natijalarga erishishdir.
    I.ch.t.e. ning tarkibiy tuzilishiga koʻra, funksional (konsentratsiya, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash va i.ch.ni kombinatsiyalash orqali yangi i.ch. tizimlarni yaratish yoki eskilarni takomillashtirish), makon (sexlar, i.ch. uchastkalari, korxona, birlashma, hududiy i.ch. majmualari darajasida I.ch.t.e.) va vaqtga koʻra (xom ashyodan tayyor mahsulotgacha boʻlgan texnologik jarayonlarini oʻz ichiga olgan) koʻrinishlari bor.
    2. Qishloq xoʻjaligining respublika ijtimoiy iqtisodiyotida tutgan oʻrni va ahamiyati
    O’zbekiston Markaziy Osiyoning qulay xududida joylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik samarali temperatura 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq bo’lib, bir yilda birnecha marta hosil olish imkonini beradi. O’zbekistonning jami yer maydoni 44.4 mln. gektar (2004 y.) bo’lib, shundan 50,8 foizini turli xildagi qishloq xo’jalik korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon xo’jaliklari foydalanadilar: ularning yig’indisi mamlakat qishloq xo’jaligini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste’mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatini esa xomashyoga bo’lgan talablarini qondirishdir. Buning uchun:

    • aholi birdaniga iste’mol qiladigan sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlarini barcha talablarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish;

    -qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishi lozim.


    3.Ishlab chiqarish korxonalarini faoliyatini samaradorligini tahlil qilish.
    Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi. Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega. Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
    4.Konservalangan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish.
    Konservalash — oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlash usuli; konserva tayyorlash. K.ning mohiyati: mahsulotlarni tez buzadigan mikroorganizmlar faoliyatini butunlay yoki vaqtincha toʻxtatish, fermentlar faoliyatini soʻndirishdan iborat. Koʻp qoʻllaniladigan usullari: pasterizatsiya, sterilizatsiya, quritish (qoqi qilish), muzlatish, achitish, tozalash va dudlash.
    Download 20.94 Kb.




    Download 20.94 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1 variant Korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish

    Download 20.94 Kb.