Smartfonni qanday tanlash kerak? Operatsion tizimdan tortib akkumulyator sig‘imigacha telefon xarididan avval e'tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar




Download 143.54 Kb.
bet1/5
Sana27.02.2024
Hajmi143.54 Kb.
#163060
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Smartfonni qanday tanlash kerak
Документ Microsoft Word (3), 4-mustaqil ish, ВВЕДЕНИ1, 962-18. Исмоилова Матлуба, Bolaning rivojlanish xaritasi, 1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627, N23 Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar., Bizning jonajon armiya” haqida suhbat, Mavzu Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari. Reja-fayllar.org, MEHRJON BAYRAMI SENARIYSI(1)(1), sinf rahbari hujjati yangi varianti (2), 10-Mavzu Mehnat, ШИОР 2018 ЙИЛ, MTM-ingliz-tili-ish-reja

Smartfonni qanday tanlash kerak?
Operatsion tizimdan tortib akkumulyator sig‘imigacha - telefon xarididan avval e'tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar.

Foto: Layfhaker
Operatsion tizim
Smartfon tanlash haqidagi suhbatlarda ko‘pincha operatsion tizimlar haqidagi tortishuvlarga duch kelamiz. Android va iOS tarafdorlari ko‘p yillardan buyon bir-birlariga qaysi OT yaxshiroqligini isbotlashga behuda urinib kelishadi.
Android’ning asosiy afzalligi shundaki, uning boshqaruvida har qanday budjet va talabga mos keluvchi yuzlab modeldagi uskunalar ishlaydi. Agar mablag‘ cheklangan bo‘lsa, oddiyroq tasnifdagi nisbatan arzon smartfonni sotib olish mumkin.
Agar puldan muammo bo‘lmasa, do‘konlardan yetakchi ichki tuzilmaga ega ko‘plab ajoyib flagmanlarni topish imkoniyati bor. Texnik qobiliyatlar, sifat va narx orasidagi tenglikni istagan foydalanuvchilar uchun esa o‘rta sinf qurilmalari mavjud.
iPhone’lar haqida gapiradigan bo‘lsak, ular orasida na budjet turidagi va na o‘rtacha narxdagi uskunalarni uchratamiz. iOS’da ishlovchi barcha smartfonlarni qo‘rqmasdan premial segmentga kiritish mumkin. Yetarli mablag‘i bor insonlar uchun ushbu jihat xarid jarayonini faqat osonlashtirishga xizmat qilsa, boshqalar uchun jiddiy to‘siq bo‘la oladi.
Android’ning iOS’ga nisbatan afzalliklari orasiga shuningdek, keng erkinlik va foydalanishga moslashuvchanlikni kiritish mumkin.
Ammo bu ustunlik juda shartlidir: bir qator foydalanuvchilarga ko‘pincha dastlabki sozlamalarsiz qulay tizim kerak.
Navbat iOS smartfonlarining ustunligiga. Barcha iPhone’lar ishlab chiqarilgan kundan boshlab bir necha yil davomida kafolatlangan muntazam tizim yangilanishiga ega bo‘ladi. Apple bu vaqt davomida dasturiy muammolarni tezkorlik bilan hal qiladi va yangi funksiyalar qo‘shib boradi.
Android uskunalarga keladigan bo‘lsak, ularning aksariyati tizim yangilanishini katta kechikish bilan qabul qiladi yoki umuman yangilanmaydi. Bunday gadjetlardagi dasturiy ta'minot zaifliklari va kamchiliklari hisobga olinmaydi. Shuning uchun biror Android smartfonini sotib olishdan avval, ishlab chiqaruvchi veb-saytidan uskuna OTning qaysi versiyasigacha yangilanishi mumkinligini tekshirib ko‘rgan ma'qul. Uning uchun mavjud bo‘lgan eng so‘nggi versiya qanchalik yangi bo‘lsa, shuncha yaxshi.
iPhone holatida esa tizim yangilanishlari bilan bog‘liq muammolar faqat eski uskunalarda yuzaga keladi.
iOS’ning keyingi ustunligi — yaxshi optimizatsiya. iPhone uchun dasturiy ta'minot va qo‘shimcha qurilmalar bitta kompaniya tomonidan ishlab chiqiladi, shuning uchun ikkala komponent mukammal darajada o‘zaro mos keladi. Va hech qanday boshqa ishlab chiqaruvchi iOS faoliyatiga aralashmaydi. Shuningdek, iPhone modellarining o‘zi ham unchalik ko‘p bo‘lmagani sababli, dastur ishlab chiqaruvchilari uchun kodni optimallashtirish qulayroqdir. 
Android bilan vaziyat boshqacha. Ko‘pgina brendlar ushbu OTni o‘z ehtiyojlari uchun o‘zgartirishadi: shaxsiy grafik qobiqlar, ko‘pincha keraksiz bo‘lgan dasturlar va turli funksiyalar qo‘shishadi. Bu savodsizlik bilan qilinsa, ishlash qulayligi va tezlikka putur yetadi. Yaxshiyamki, bu kabi holatlar borgan sari kam kuzatilmoqda. Bundan tashqari, sof va har qanday o‘zgartirishlardan xoli Android versiyasida ishlaydigan Google Pixel kabi smartfonlar ham mavjud. 

Download 143.54 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 143.54 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Smartfonni qanday tanlash kerak? Operatsion tizimdan tortib akkumulyator sig‘imigacha telefon xarididan avval e'tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar

Download 143.54 Kb.