• Akkumulyator
  • Operativ xotira
  • Smartfonni qanday tanlash kerak? Operatsion tizimdan tortib akkumulyator sig‘imigacha telefon xarididan avval e'tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar




    Download 143.54 Kb.
    bet4/5
    Sana27.02.2024
    Hajmi143.54 Kb.
    #163060
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Smartfonni qanday tanlash kerak
    Документ Microsoft Word (3), 4-mustaqil ish, ВВЕДЕНИ1, 962-18. Исмоилова Матлуба, Bolaning rivojlanish xaritasi, 1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627, N23 Korxonalar buxgalteriyasida dasturiy ta’minotlar., Bizning jonajon armiya” haqida suhbat, Mavzu Ijtimoiylashtirishning omillari va mexanizmlari. Reja-fayllar.org, MEHRJON BAYRAMI SENARIYSI(1)(1), sinf rahbari hujjati yangi varianti (2), 10-Mavzu Mehnat, ШИОР 2018 ЙИЛ, MTM-ingliz-tili-ish-reja
    Qobiq materiali
    Shisha bilan qoplangan orqa panel chiroyli, ammo eng chidamli variant emas. Nozik materiallar tirnaladi va sinadi, bunday yechimning estetik qiymati barmoqlarimizning yog‘ chiqarish qobiliyati bilan yopilib ketadi. Barmoq izlari bilan batamom kirlangan smartfonni tomosha qilish va qo‘lda tutish hammaga ham yoqimli emas.
    Plastmassa qo‘lga yaxshi o‘rnashadi, ayniqsa sirt teksturalangan yoki kauchukga o‘xshash tarkib bilan qoplangan bo‘lsa. Bu arzon ko‘rinadi va qichitishi mumkin, ammo egiluvchanligi tufayli mayda tushishlarga bardosh beradi.
    Xiaomi Redmi 7A — plastik korpusli hamyonbop smartfon
    Metall allaqachon premium material maqomini yo‘qotgan. Xitoyliklar alyuminiy qoplamlar ishlab chiqarishni va eng budjet modellar uchun ham ularni yetkazib berishni o‘rganishdi. Qurilma yanada mustahkam ko‘rinadi, lekin ayni paytda ko‘proq sirpanadi. Metall issiqlikni yaxshi qaytaradi, bu kuchli va qaynoq o‘yin smartfonlari uchun muhimdir, ammo sovuq havoda akkumulyatorni tezroq muzlatib qo‘yadi.
    Har bir materialning ushbu afzalliklari va kamchiliklariga e'tibor bering. Agar qo‘shimcha «chexol» ishlatmoqchi bo‘lsangiz, unda ularning aksariyati siz uchun rol o‘ynamaydi.
    Akkumulyator
    Har qanday smartfonning eng zaif nuqtasi batareya zaryadidir. Standart batareyali smartfon quvvati 2500-3000 mA/soat bo‘ladi, tuni bilan to‘liq zaryadlangan qurilma faol foydalanilganda kechgacha zo‘rg‘a «yetib boradi».
    Agar tez-tez sayohat qilsangiz; narsalarni xususan, quvvatlagichni unutib qo‘yishga moyil bo‘lsangiz; biror sababga ko‘ra rozetka sizdan uzoqda bo‘lsa, batareya sig‘imi 3000 mA/soatdan ortiq bo‘lgan gadjet sotib oling. Android’da 4000 mA/soat va undan yuqori ko‘rsatkichlarga e'tibor qaratish yaxshiroqdir.
    Har qanday batareyali smartfonga qo‘shimcha tashqi akkumulyator sotib olish ham aqlli qaror bo‘lish mumkin.
    Protsessor
    Deyarli barcha zamonaviy smartfonlar har qanday dastur va oddiy o‘yinlarni osongina ishga tushirishga imkon beradigan protsessorlar bilan jihozlangan. Shuning uchun, ko‘pchilik foydalanuvchilar chipga e'tibor qaratishmasa ham bo‘ladi. Eng arzon qurilmalardan qochishning o‘zi yetarli.
    Ammo kichik bir farq bor: yomon optimallashtirilgan tizim kuchli uskunalarda ham muvaffaqiyatsizlikka uchrashi mumkin.
    Agar optimallashtirishga shubha qilsangiz yoki baribir budjet qurilmasini tanlasangiz, sotib olishdan oldin uning ishlashini tekshiring. Smartfonni qo‘lga olib, dastur va tizimlar tez hamda to‘xtalishlarsiz ishlayotganiga ishonch hosil qiling. Agar buning iloji bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda tarmoqdagi videosharhlarda sizni qiziqtirgan qurilmaning interfeys va ilovalarni qanday aks ettirayotganini ko‘zdan kechiring.
    Agar o‘yinlar xohlasangiz, protsessori kuchliroq smartfon tanlashingiz kerak. Mukkasidan ketgan mobil geymerlar an'anaviy ravishda so‘nggi yoki o‘tgan yilgi flagman modellarini tanlashadi. Samaradorlik bo‘yicha yetakchilar, iPhone’dan tashqari, odatda hozirgi Exynos va Qualcomm Snapdragon protsessor modellariga asoslangan smartfonlardir.
    Operativ xotira
    2 GB tezkor xotiraga ega qurilmalar ko‘p sonli dasturlar bilan ishlashda sekinlashishi mumkin. 4 GB’dan oshiq hajm esa eng ko‘p sarfli o‘yinlardan boshqa narsa uchun zarur emas. Agar ular sizni qiziqtirmasa, 3-4 GB operativ xotira siz uchun to‘liq kifoya qiladi. Ammo Android smartfon ishlab chiqaruvchilari bu miqdorni kundan-kunga oshirib, xaridorlarni ko‘proq sarflashga majbur qilishmoqda.

    Download 143.54 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 143.54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Smartfonni qanday tanlash kerak? Operatsion tizimdan tortib akkumulyator sig‘imigacha telefon xarididan avval e'tibor qaratish zarur bo‘lgan jihatlar

    Download 143.54 Kb.