Mavzu bo‘yicha amaliy topshiriqlar




Download 16,43 Kb.
Sana12.12.2023
Hajmi16,43 Kb.
#116834
Bog'liq
16-amaliy


Mavzu bo‘yicha amaliy topshiriqlar



  1. Mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan o‘zgaruvchan harajatlar 2020 yilda 1 birlik mahsulotga 100 so‘mni tashkil etdi. Yil davomida jami 5000 birlik mahsulot ishlab chiqarildi. Doimiy harajatlarning yil davomidagi qiymati 20000 so‘mni tashkil etgan. Mahsulot ishlab chiqarilgandan so‘ng unga 20 foiz ustama qo‘yish belgilangan. Mahsulot tannarxini, sotish narxini va korxonaning barcha mahsulot sotilgandagi tushumini aniqlang.




  1. Hisobot yilida mahsulot sotishdan tushgan tushum 100000 so‘mni tashkil etdi. Bir birlik mahsulotning narxi 500 so‘m. Keyingi (rejali) yilda sotishning natural hajmi 4 foizga oshirilishi, mahsulot narxi esa 4 foizga kamaytirilishi rejalashtirilayotgan bo‘lsa, keyingi yildagi mahsulot sotishdan tushadigan tushum miqdorini aniqlang.




  1. 2022 yilda korxonada 500 birlik mahsulot ishlab chiqarildi. Ishlab chiqarish va sotish harajatlari 900000 so‘mni tashkil etdi, shundan 450000 so‘m – doimiy harajatlar. 2023 yilda mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini 20 foizga oshirish rejalashtirildi. Aniqlang:

  1. 2022 yilda mahsulot tannarxini aniqlang.

  2. 2023 yilda ishlab chiqarish va sotish harajatlarining jami rejalashtirilgan miqdorini aniqlang.

  3. 2023 yildagi mahsulot tannarxning rejalashtirilgan miqdorini aniqlang.

  4. Agar ishlab chiqarish hajmi 10 foizga pasaysa, mahsulo tannarxi qanday o‘zgarishini aniqlang.




  1. Zavodda 5 dona DAEWOO Matiz va 10 dona DAEWOO Nexia avtomobillari ishlab chiqarildi. Bir dona DAEWOO Matiz avtomobilini ishlab chiqarishga sarflangan moddiy harajatlar 130000 ming so‘mni, mehnat haqi harajatlari esa 30000 ming so‘mni tashkil etdi.

Bir dona DAEWOO Nexia avtomobilini ishlab chiqarishga sarflangan moddiy harajatlar 170000 ming so‘mni, mehnat haqi harajatlari esa 35000 ming so‘mni tashkil etdi.
Shu davr mobaynida zavodning doimiy harajatlari 300000 ming so‘mni tashkil etdi. Har bir avtomobilning tannarxini va jami tannarxni aniqlang.



  1. XYUSning keyingi yildagi foydasi miqdorini aniqlang. Hisobot yilida korxona 700000 so‘mlik mahsulot realizatsiya qildi. Ishlab chiqarish va sotish harajatlari 450000 so‘mni, shundan o‘zgaruvchan harajatlar 200000 so‘mni tashkil etdi. Rejalashtirilmoqda:

  1. Korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumini 10 %ga oshirish;

  2. Korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumini 20 %ga pasaytirish;

  3. Korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumini 25 %ga oshirish.

Download 16,43 Kb.




Download 16,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu bo‘yicha amaliy topshiriqlar

Download 16,43 Kb.