Bugungi rivojlanayotgan kunga kelib jamiyatimiz taraqqiyoti bevosita o’sha




Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana24.04.2024
Hajmi0.99 Mb.
#206752
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
yorug\'lik to\'lqini to\'g\'risidagi tasavvurlarni paydo bo\'lishi
4, Matematika 10-sinf Yosh matematik to\'garak 34 soat, MAVZU 5 ikki tartibli, ta\'lim tizmi, 1 kurs ishi, 2 5244670636290230259, YORUG\'LIK DISPERSIYASI



MUNDARIJA 
KIRISH ...................................................................................................................... 3 
I. BOB. TABIIY YORUG’LIK MANBALARI ....................................................... 6 
1.1. Yorug’lik nurining elektromagnit tabiati ........................................................... 6 
II. BOB. TABIIY VA SUN’IY YORUG’LIK MANBALARI ................................ 8 
2.1. Yorug’likning tabiiy va sun’iy manbalari .......................................................... 8 
2.2. Qutiblangan yorug’likni hosil qilish ................................................................ 10 
2.3. Qutiblanuvchanlik darajasini tekshirish ........................................................... 14 
2.4. Yorug‘likning elliptik va doiraviy qutblanishi ................................................ 16 
III. XULOSA ........................................................................................................... 22 
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .......................................................... 25 



KIRISH 
Bugungi rivojlanayotgan kunga kelib jamiyatimiz taraqqiyoti bevosita o’sha 
jamiyatni axborotlashtirish bilan ham bog’liq bo’lib har bir davlat o’z axborotlash 
strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo’llashga katta ahamiyat bermog’i 
lozim. Davlat Ta’lim Standartlarini ta’lim tarbiya jarayonlariga tezkor joriy qilish 
mexanizmlar, o’quv dasturlar, darsliklar hamda o’quv meodik qo’llanmalar vositasi 
amalga oshirildi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislarini 
fikricha “Pedagogik texnologiya” bu o‘quvchilarni o‘qitish, o‘rgatish va ularni har 
tomonlama rivojlantirish qonun-qoidalarini o’z ichiga olgan pedagogik tadbirlar 
tizimidan iborat. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ta’limni 
texnologiyalashtirishni asosini, ta’lim oluvchilarni, uning samaradorligini oshirish 
hamda ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda hamda ajratilgan vaqt ichida 
loyixalashtirilayotgan o‘quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq 
boshqarish g‘oyasini tashkil etishdir [1]. 
Muhtaram birinchi prezidentimiz aytganidek "Bugungi kunda yoshlarimiz 
nafaqat o'quv dargoxlarida, balki radio-televideniya, matbuot, Internet kabi vositalar 
orqali ham rang-barang axborot va ma'lumotlarni olmoqda. Jahon axborot maydoni 
tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimizning ongini faqat 
o'rab-chirmab, uni o'qima, buni ko'rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, ularning 
atrofini temir devor bilan o'rab olish, hech shubhasiz, zamonning talabiga ham, 
bizning ezgu maqsad-muddaolarimizga ham to'g'ri kelmaydi. Nega deganda, biz 
yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat qurish vazifasini o'z oldimizga qat'iy 
maqsad qilib qo'yganmiz va bu yo'ldan hech qachon qaytmaymiz. Binobarin, biz 
davlatimiz kelajagini o'z qobig'imizga o'ralib qolgan holda emas umumbashariy va 
demokratik qadriyatlarni chuqur anglab o'zlashtirgan holda tasavvur etamiz. Biz 
istiqbolimizni taraqqiy topgan mamlakatlar tajribasidan foydalanib, davlat hamda 
jamiyat boshqaruvini erkinlashtirish, inson huquq va erkinliklarini, fikrlar rang-
barangligini o'z hayotimizga yanada kengroq joriy qilishda ko'ramiz. Biz butun 
ma'rifatli dunyo, xalqaro hamjamiyat bilan tinch- totuv, erkin va farovon hayot 
kechirish, o'zaro manfaatli hamkorlik qilish tarafdorimiz" fikrlarini isbotni bugungi 



kunda davlatimiz yoshlarining har sohadagi yurishayotgan yutuqlari timsolida 
ko'rmoqdamiz."Ta'lim-tarbiya tizimidagi islohotlar boshlangan dastlabki yillarda 
men jahon tajribasi va hayotda ko'p bor oqlagan haqiqatdan kelib chiqib, agar bu 
maqsadlarimizni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak tez orada 
hayotimizdagi ijobiy ma'nodagi " portlash effekti " ga ya'ni yangi ta'lim modelining 
kuchli samarasiga erishamiz " - degan edilar muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov. 
Biz hayotni tabiiy va sun'iy yorug’liksiz tasavvur eta olmaymiz. Ularning 
atrof muhitga ta'siri mohiyati bir hilda emas va murakkabdir. Yer kurrasini biologik 
hayotining energetik asosini - quyosh nurlanishi tashkil etadi. Issikliq - bu quyosh, 
non - bu quyosh, go'sht - bu quyosh. Yer kurrasida bir yil ichida fotosintez natijasida 
100 mlrd. tonna organik moddalar paydo bo'ladi, atmosferadan 200 mlrd. tonna 
karbonad angidrid gazi olinadi va yer atmosferasi 145 mlrd. tonna kislorod bilan 
to'yinadi. Issiqxona, chorvachilik hamda suv xo'jaligi ishlab chiqarishining turli 
honalaridagi lokal sharoitlarida, inson quyosh nurlarini sun'iy elektr nurlari bilan 
muvaffaqiyatli almashtirilmoqda. Buning uchun avvalo biologiya, fiziologiya, 
elektrotehnika, kimyo va fizika sohasida ishlovchi juda ko'p mutahassis olimlarning 
mehnati sarf bo'ldi. Ana shu olimlarning ilmlarini birlashuvidan hozirgi zamon 
yoruѓlik nazariyasi va tehnikasi paydo bo'ldi. "Elektr yoritish va nurlatish" fani 
yoritish tehnikasining nazariy va amaliy asoslarini tushuntirish, ularni qishloq va 
suv xo'jaligining barcha sohalarida intensifikatsiyalash masalasini yechish uchun 
qo'llashni o'z ichiga oladi. Bizning respublikamizda elektr yoritish uchun jami ishlab 
chiqarilayotgan elektr energiyasining o'rta hisobda 10....13% sarf qilinadi. Nurlanish 
qurilmalariga sarf etilayotgan elektr energiyasi undan ham ancha ko'proq. Ko'p 
mamlakatlarning ilg’or tajribalari shuni ko'rsatadiki ratsional loyihalash yechimiga, 
energiya tejovchi nurlanish qurilmalariga va kam energiya sarflovchi lampalarga 
o'tish 20% elektr energiyasini tejar ekan bu esa quvvati 6 mln.kVt. energiya beruvchi 
elektrostansiya qurish rejasini qisqartirar ekan. Yoritish va nurlatish qurilmalarini 
to'g‘ri qo'llashdan 5...10% ish unumi, 8...15% mollar hosildorligini oshirish, yopiq 
tuproqli honalarda qishloq ho'jaligi o'simliklaridan yuqori hosil olish, ta'mirlash va 
qayta ishlash sanoati korhonalari chiqarayotgan mahsulotlarning sifatini yahshilash 



mumkin. Yer kurrasi uchun muhim bo'lgan tabiiy optik nurlanish (ON) manbai-
quyoshdir. Uning spektrida ON barcha diapazoni bor bo'lib butun yil davomida 
o'rtacha 300 dan 1000 nm to'lqin uzunligini tashkil etadi. A.N. Lodiginning dastlabki 
ko'mir tolali cho'g’lanma lampalari, keyinchalik volframli lampalari ishlatilishining 
soddaligi va uskunalarning arzonligi tufayli jahon bozorini tez egalladi. To'g‘rirog‘i 
cho'g‘lanma lampalarni (CHL) konveyer usulida ishlab chiqarishni amerikalik 
ixtirochi va injener T.S. Edison amalga oshirdi, g‘arbda hozirgacha uni elektr CHL 
ixtirochisi sifatida bilishadi. P.N. Yablochkovning gaz razryadli lampalari yorug‘lik 
tehnikasining rivojlanishiga asos bo'ladi. P.N. Yablochkovning chet elda "Rus 
chirogi" deb ataluvchi lampalari o'sha davrda Luvr muzeyini, Kolizeyni, Piterburgda 
esa "Anichkov ko'prigi" va boshqa 3 maydon hamda arxitektura ansambllarini 
yoritardi, shu bilan birga ular elektr yoyining yuqori ravshanligi bilan farq qilardi. 
Hozirgi zamon yoritish manbalari yetarli darajada rivojlangan, ularning FIK oshgan, 
ishlab chiqarilishi takomillashtirilgan, qo'llanish sohalari kengaygan. 
Mavzuning dolzarbligi: Elektromagnit to‘lqin tabiati tadqiq qiladigan 
qurilmalarni ajrata olish qobilyatini va ularning tuzilishi , ishlash prinsipini ва 
uning fan taraqqiyotida tutgan o’rnini o’rganish. Davriy jurnallar va internet 
saytlaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilish. 




Download 0.99 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bugungi rivojlanayotgan kunga kelib jamiyatimiz taraqqiyoti bevosita o’sha

Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish