2-Mavzu: Strategik rejalashtirish va biznes-rejani shakllantirish




Download 1.05 Mb.
bet1/4
Sana08.04.2024
Hajmi1.05 Mb.
#191138
  1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza mashg\'uloti
O‘ZBEKISTONNING DUNYONING RIVOJLANGAN DAVLATLARI BILAN IQTISODIY, 1. Innovatsion loyiha va dasturning kontseptsiyasi va turlari

2-Mavzu: Strategik rejalashtirish va biznes-rejani
shakllantirish.


1. Biznes-rejani tuzish va uni sinovdan o’tkazish. Biznesning missiyasi,
maqsadi va vazifalari

Biznes-reja korxona (firma) xo’jalik yuritish jarayonini, uning rahbarlari


o„zlarining maqsad va vazifalariga qanday usullarda erishishni hamda eng avvalo,
rentabelligini oshirish yo’llarini o’zida to’la-to’kis aks ettiradigan hujjatdir.
Biznes-reja nima uchun kerak:

  • yangi biznesni boshlash uchun;

  • o’zining avvalgi biznesini kengaytirish, ya’ni rivojlantirish uchun:

  • kredit (ssuda, investitsiya) olish uchun;

  • o’zining biznesini sotish yoki boshqa shaxsga berish uchun.

Biznes-reja qanday shaklda tuzulishidan qat’i nazar quyidagi bo’limlarni
o’zida aks ettirishi kerak:

  • qisqacha tavsif;

  • korxonaning (firmaning) tavsifnomasi;

  • marketing rejasi;

  • ishlab chiqarish (xizmat ko„rsatish) rejasi;

  • boshqarishni tashkil etish rejasi;

  • moliya rejasi.

Korxonani (firmani) yaratish bo’yicha biznes-reja quyidagi qo’yilgan
savollarga javob berish kerak:

  • nima uchun men shu yo’nalishdagi korxonani yaratmoqchiman?

  • mening tovarim yoki xizmatim nimasi bilan jozibador?

  • mening mijozlarim kimlar va ular qayerda joylashgan?

  • mening mahsulotimni (xizmatimni) mijozlar qanday sotib oladilar?

  • mening raqobatchilarim kimlar?

  • mening mahsulotimning (xizmatimning) bozor potensiali qanday?

  • mahsulotimning (xizmatimning) bozor hissasi qanchani tashkil etadi?

  • mening korxonam (firmam) qayerda joylashadi?

  • korxonamning (firmamning) kattaligi qanday bo’lishi kerak?

  • mening korxonamga (firmamga) qanday asbob-uskunalar kerak?

  • mijozlarni o’zimga qanday jalb etaman?

  • mening korxonamga qanday kasbdagi personal (xodimlar) kerak bo’ladi?

  • korxonani (firmani) boshqarish shakli qanaqa bo’ladi?

  • korxonani (firmani) tashkil qilish uchun qancha mablag’ kerak bo’ladi?

  • korxona (firma) yil davomida qancha foyda olishga erishadi?

  • korxonaning (firmaning) zarasizlik nuqtasi qanchadan iborat?


Biznes-rejani sinovdan o„tkazish uchun 3 ta testdan o’tkazish maqsadga
muvofiq:
Reallik testi (Reality test) – yangi mahsulot uchun bozor/talab mavjudmi?
Rejada ko„rsatilgan narxda qurish va ishlab chiqarib sotish imkoniyati haqiqatdan
ham mavjudmi? Raqobatbardoshlilik testi (Competitive test) – kompaniyaning raqobatchilarga nisbatan pozitsiyasi qanday? Menejment va xodim/personalning qobilyati, bilim saviyasi raqobatdagi ustunlikni yaratishga yetadimi?
Qiymat/qardlilik testi (Value test) – yangi biznes investorlar va kreditorlar
uchun qanchalik jozibali, sarflangan sarmoyalar qanchalik tez qaytadi, foydalilik
darajasi qanchalik baland?
Biznes reja sizning muvaffaqiyatingizni kafillab bermaydi. U sizga notanish
hududga, xavfli safarga yo„lga chiqqaningizda yo’l xaritasi vazifasini bajarib beradi.
Ko„pincha yangi kompaniyalar tashkil qilinganda, kompaniya asoschilari,
ta’sischilari kompaniyaning missiyasi, maqsadi va vazifalari haqida aniq tasavvurga
ega bo’lmaydi. Maqsad nima, degan savolga pul topish, boyish ma’nosidagi
javoblarni berishadi. Ammo muvaffaqiyatli biznes tashkil qilish uchun “vision,
mission, goal, objectives” ning ahamiyati qanchalik muhim.

Vision (uzoqni / kelajakni ko„rish) kompaniyaning kelajakda nimaga


erishishini oldindan ko„rish, tasavvur qilish. Vision xodimlarni ruhlantirishi,
ularning motivatsiyasini ko„tarishga xizmat qilishi kerak. Vision yo’nalishni aniqlab
beradi, qaror unga asoslanadi, xodimlarning ishlashga motivatsiyasi oshiradi.
Masalan: Apple Inc.ning “vision” dunyodagi studentlar, ta‟lim beruvchilar, kreativ
mustaxassislar va foydalanuvchilarga innovatsion qurilmalar, dasturlar va internet
xizmatlari orqali eng yaxshi shaxsiy kompyuterdan foydalanish hissiyotini
(tajribasini) berishdan iborat.
Mission (missiya) “vision”ni amalga oshirish uchun nima qilish kerakligini
ko’rsatadi. Missiya aniq va xodimlar uchun tushunarli bo’lishi lozim. Ular ish joyida
nima uchun ishlayotganini his qilishi, katta bir maqsad yo„lida ishlayotganligini
anglashi lozim. So’rovnomaga ko’ra 89 % xodim o’zi ishlaydigan kompaniyaning
missiyasini biladi, ammo 23 %gina uni biznesda haqiqatda qo’llanilayotganiga
ishonadi. Masalan: Apple Inc.ning “mission” – eng yaxshi innovatsion dasturlar,
qurilmalar yaratish, mavjud steoratip, tizim va qarashlardan farqli yangi
o’zgarishlarni amalga oshirish, yangiliklarni yararishda birinchi bo’lish. Xuddi
“Iphone”, “Ipad”larni yaratish kabi. Goal (maqsad) korxona o’z oldiga aniq, spetsifik, erishsa bo’ladigan, chegaralangan vaqt oralig„ida amalga oshirsa bo’ladigan, o’lchash mumkin bo’lgan maqsaddir. Masalan: foydani ko’paytirish emas, balki 2018-yilning 4-choragida savdo hajmini 15 % oshirish, shunda sof daromadni 80 million so’mga yetkazish. Objectives (vazifa) korxona o’z oldiga qo’ygan maqsadni amalga oshirish uchun nima ishlarni amalga oshirishi lozimligini ko’rsatadi. Masalan: 2018-yilning 4- choragida savdo hajmini 15 % oshirish, shunda sof daromadni 80 million so’mga yetkazish maqsadini amalga oshirish uchun xaridor (mijozlar) bilan uchrashish, promoaksiya o’tkazish, iste’molchilar tasavvurida reklamalar, PR va ijtimoiy mas’ullik orqali ijobiy imij yaratish. Bu tadbirlar xarajatlari ko’zda tutilgan daromad va sof foydaga salbiy ta‟sir etmagan holda tashkil qilinishi lozim.

Download 1.05 Mb.
  1   2   3   4




Download 1.05 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-Mavzu: Strategik rejalashtirish va biznes-rejani shakllantirish

Download 1.05 Mb.