Texnologiyalarining samaradorligi




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana23.07.2024
Hajmi0,62 Mb.
#268317
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
boshlang-ich-ta-limda-didaktik-o-yinli-ta-lim-texnologiyalarining-samaradorligi

2022 
№ 3
140 
ikkala himoya vaqtida oʻqituvchi iloji boricha oʻz fikr va mulohazasini bildirmaslikka, savol 
bermaslikka harakat qiladi, hech qaysi guruhga yon bermagan holda muloqotni boshqaradi, 
guruh himoyasi vaqtida tartib saqlanishi va muloqotni oʻtkazishga qoʻyilgan talab-qoidalarning 
toʻliq bajarilishiga erishishga harakat qiladi. Bu bosqichda, asosan uchala guruhdagi 
boshlangʻich sinf oʻquvchilari erkin, mustaqil faoliyat koʻrsatishlari kerak boʻladi.
4-bosqich.
Guruhlar bir-birlariga savol berishni boshlaydi. Guruhlar tomonidan beriladigan savollar 
ular himoyasi vaqtida aytilgan dalillar, misollar, fikrlarni yanada oydinlashtirish maqsadida, 
shuningdek, oʻz guruhlarining fikrlarini yanada taʼkidlab, isbotlab, qolganlarni ham shu fikrga 
qoʻshilishlariga daʼvat qilish uchun berilishi mumkin. Tinglovchilar erkin holda oʻzlarining 
chiqishlari bilan barchaga taʼsir koʻrsatishga, oʻz fikrlarini maʼqullashga harakat qiladilar. 
Oʻqituvchi bunday holatga sharoit, imkoniyat yaratadi, yaʼni u bahs-munozarani samimiylik 
bilan boshqaradi.
5-bosqich.
Oʻqituvchi har ikki tomonning bir-birlariga savollari, maʼqullaydigan soʻzlari tugagach 
har ikki guruh tomonidan aytilgan fikrlarni umumlashtiradi va oʻzini bu masala haqidagi fikr-
mulohazasini bayon etadi va guruh tinglovchilari tomonidan tushgan savollarga kerakli 
javoblarni berishga harakat qiladi. Mashgʻulot oxirida oʻqituvchi har uchala guruhning 
mashgʻulot jarayonidagi faoliyatlarini tahlil etib, ularga minnatdorchilik bildiradi va faol 
oʻquvchilarni ragʻbatlantiradi.
IV. Yangi mavzuni oʻrganish: oʻqituvchi dars jarayonida oʻquvchilarga yangi mavzuni 
tushuntirishda dars sifati va mazmuniga eʼtibor bergan holda quyidagi ketma-ketlikni amalga 
oshiradi: oʻquvchilarga yirtqich hayvonlar: sher, arslon, yoʻlbars, ayiq, boʻri, oʻtxoʻr hayvonlar 
haqida (ekranda yirtqich hayvonlar tasviri namoyish etiladi) ilmiy-nazariy bilimlar beriladi; 
“Tabiatshunoslik” darsligidan “Yirtqich hayvonlar” mavzusi konspekt qilinadi.
V. Yangi mavzuni mustahkamlash: oʻquvchilar guruhi oʻqituvchining tavsiyasiga koʻra 
yangi mavzu yuzasidan egallagan bilimlariga tayangan holda koʻrgazmali qurollar asosida 
mavzuni tushuntirib berishadi. Soʻngra oʻquvchilar oʻrtasida bahs-munozara oʻtkaziladi.
VI. Oʻquvchilarni ragʻbatlantirish va reyting mezoni asosida baholash.
VII. Darsni yakunlash. Darsda faol ishtirok etgan oʻquvchilar ragʻbatlantiriladi va baholar 
eʼlon qilinadi. Dars tabiatdagi oʻsimlik va hayvonlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, 
ularni asrab-avaylab, bizga inʼom etilgan boyliklardan tejab-tergab foydalanish kabi fikrlar, 
daʼvatlar bilan xulosalanadi.
VIII. Uyga vazifa berish. “Yirtqich hayvonlar” mavzusini oʻqib, oʻquvchilarga oʻzlari 
yashayotgan xududdagi noyob oʻsimlik va hayvonlar haqida kichik hikoya yozib kelish vazifasi 
topshiriladi. 
XULOSA.
Boshlangʻich sinflarda tabiatshunoslikni oʻqitish jarayonida foydalaniladigan didaktik 
oʻyinli darslarning quyidagi afzalliklari mavjud:
- oʻquvchilar didaktik oʻyinli darslarga katta qiziqish bilan tayyorgarlik koʻradilar, 
natijada yangi bilimlarni oʻzlashtirish samaradorligi sifatli boʻladi;
- didaktik oʻyinli darslar boshlangʻich sinf oʻquvchilarining ilk bor kasb tanlashida oʻz 
kuchi, bilimi, iqtidorini sinab koʻrishda, shuningdek, ularni hayotga tayyorlashda muhim 


ISSN: 2181-3337
SCIENCE AND INNOVATION 
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 

Download 0,62 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish