|
I-bob. Tadbirkorlikni rivojlantirishning ijtimoiy –iqtisodiy mohiyatini nazariy asoslari
|
Sana | 03.12.2023 | Hajmi | 24,23 Kb. | | #110482 |
Bog'liq Asadbek tadbirkorlik
I-BOB. TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY –IQTISODIY MOHIYATINI NAZARIY ASOSLARI
Tadbirkorlik haqida tushunchalar.
Tadbirkorlik – bu iqtisodiy faoliyatning alohida turi bo`lib, uning zamirida mustaqil tashabbus, javobgarlik, tadbirkorlik g`oyasiga asoslangan, foyda olishga yo`naltirilgan, maqsadga muvofiq faoliyatdir.
Tadbirkorlik iqtisodiy faollikning alohida turi bo`lib, uning boshlang`ich bosqichi, odatda, fikrlash faoliyati yoki uning natijasi bilan bog`langan bo`ladi, faqat u keyin moddiy shaklni oladi.
Tadbirkorlik yangilik kiritish, tovar ishlab chiqarish faoliyatini o`zgartirish yoki korxonani (shu jumladan, kichik korxonani) tashkil qilish sohasida ijodkorlikning mavjudligi bilan ta`riflanadi. Tadbirkorlik faoliyatining ijodkorlik jihatlari boshqaruvning yangi tizimda ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi usullari yoki yangi texnologiyalarini tadbiq etishda o`z ifodasini topadi.
1.1. Iqtisodiyotni barqaror rivojlanishida tadbirkorlikni tutgan o‘rni
Respublikamizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar
yaratilgandir. Avvalom bor tadbirkor – bu ishlab chiqarishni tashkil etish va
boshqarish borasida bilim va malakaga ega bo’lgan, foyda olish maqsadida
tavakkalchilik bilan ish ko’ra oluvchi tashabbuskor shaxs.
Tadbirkor muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ish bajarish xizmat
ko’rsatish bo’yicha faoliyati tadbirkorlik faoliyatini tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining
kafolatlari to’g’risida”gi qonunida ta’riflanishicha “Tadbirkorlik faoliyati
(tadbirkorlik) – tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonuun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida
daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat”.
Tadbirkorlik faoliyati asosida bir qator shart va talablar mavjud bo’ladi.
Birinchidan, tadbirkor tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab
chiqarish omillarini birlashtiradi va “kotalizator” vazifasini bajaradi.
Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u mustaqil qarorlar qabul qilishdek
qiyin bir vazifani zimmasiga oladi.
Uchinchidan tadbirkor – tashkilotchi shaxs bo’lib yangi ishlab chiqarish
texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi.
To’rtinchidan, tadbirkor – tavakkal qilishdan qo’rqmaydigan insondir. U
nafaqat o’z mol – mulkini, vaqti, mehnati bilan, Balki o’z sheriklari, hisadorlari
qo’shgan mablag’lar bilan ham tavakkal qilishga boradi.
Tadbirkorlik faoliyati to’g’risida yuqorida keltirilgan turli xil fikr va
yondoshuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish
mumkin: tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’iy nazar, foyda olish va
undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyatinig amalga oshirilishida quyidagi bir qator qoidalarga
rioya etishni talab qilinadi:
-Tadbirkorning xo’jalik yuritish bo’yicha huquq va erkinliklariga ega
bo’lishi;
-Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o’zi tomonidan ham, uning mol – mulki
asosida ish yurutuvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirishi mumkinligi;
- Xo’jalik yuritish erkinligini ta’minlovchi qulay iqtisodiy muhit va ijtimoiy
– siyosiy sharoitning mavjud bo’lishi;
- Mukchilik va o’zlashtirishning turli – tuman shakillari va turlarining
mavjudligi;
- Tadbirkorning maxsus bilimga, ma’lumot va malakaviy tayyorgarlikga ega
bo’lishi.
Tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari xilma-xil bo’lib, ular orasida
o’zining xo’jalik yuritish ko’lamini cheklangani bilan ajratib turuvchi kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik muhim o’rin tutadi.
Tadbirkorlikning mamlakat ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va
amaliyoti bu soha tomonidan amalga oshiriluvchi vazifalar orqali namoyon
bo’ladi. Bunday vazifalarning turli – tumanligi esa kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasining jahondagi barcha mamlaakatlar uchun ham, o’ziga xos
xususiyatlarga ega bo’lgan alohida bir mamlakat uchun ham qandaydir darajada
ahamiyat kasb etishidan darak beradi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasida aytib
o‘tilganidan mikroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, milliy
iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Barchamizga ayonki, aynan ana shu ijtimoiy qatlam – ya’ni o’rta sinf
yurtimizda amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirimizdan,
mamlakatimizning izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko’p mafaatdordir. Shu
bois kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiyva siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizning taraqqiyot yo’lidan faol harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda.
Bugungi kunda tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati to’g’risada so’z
yuritilganda, eng avvalo, uning istemol bozoridagi muvozanatni ta’minlash
vazifasini ta’kidlash lozim. Uzoq yillik sobiq rejali iqtisodiyot tajribasidan
ma’lumki, o’ta darajada yiriklashgan ishlab chiqarish ehtiyojlar va talab
tuzilishidagi o’zgarishlarga qiyin moslashuvchan, harakatchanlik borasida o’ta sust hisoblanadi. Bundan farqli o’laroq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
iqtisodiyotning eng moslanuvchan, o’zgarib turuvchi talablariga tez javob
beruvchi sohasi hisoblanib, turli ehtiyojlardan kelib chiqqan holda, istemolchi
uchun zarur bo’lgan mahsulot va xizmatni yetkazib berish muammosini zudlik
bilan hal etadi. Shu bilan birga, ular aholi ehtiyojlarining o’zgarishi natijasida
mahsulot turlarini o’zgartirish va ishlab chiqarishga joriy etishni yirik ishlab
chiqarishga nisbatan kam harajat qilgan holda amalga oshira oladi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda tadbirkorlikning ahamiyati, ayniqsa,
ko’lami jixatidan katta bo’lmagan yangi bozorlarni o’zlashtirishda yaqqol
namoyon bo’ladi. Mavsumiy, milliy, mahalliy ahamiyatga molik ba’zi mahsulot va
xizmatlar talab xajmiga ko’ra yirik ishlab chiqarish uchun ko’p ham istiqbolli
hisoblanmaydi. Biz kundalik turmushda kerak bo’ladigan uy-ro’zgor buyumlaridan
tortib ularning ta’siri va shu kabi maishiy xizmatlarni ko’rsatadigan
korxonalarning rolini odatda to’la tassavur eta olmaymiz.
Tadbirkorlikning ijtimoiy sohadagi xizmatlaridan biri- bu aholining ish bilan
bandlik darajasini oshirishdir. O’z navbatida u mazkur vazifani ikkita asosiy yo’l
orqali bajarishi mumkin: yangi ish o’rinlarini barpo etish va vaqtincha bo’sh
bo’lgan yoki ish bilan qisman band bo’lgan aholini ishga jalb etish, yoki
boshqacha aytganda, ikkilamchi bandlikni ta’minlash. Aholining ish bilan bandligi
va qo’shimcha daromad olish imkonini yaratish orqali jamiyatdagi ijtimoiy
muvozanatni saqlashga katta hissa qo’shish mumkin. Ushbu jihatlarni ham alohida
e’tirof etgan holda, Prezidentimiz «Ichki bozorimizni raqobatdosh va sifatli
mahsulotlar bilan to’ldirishda, bugungi kunda biz uchun eng dolzarb masalalardan
biri bo’lmish aholimizni, avvalambor, yoshlarimizni ish bilan ta’minlash va shu asnoda ularning munosib daromad topishi, farovonligining oshib borishiga erishishda ayni shu sohani tez va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish eng aso siy omillardan biri ekanini xech unutmasligimiz darkor», deb ta’kidlab o’tganlar.
Tadbirkorlik sohasining rivojlantirilishiga xo’jalik yuritishning ma’muriy-
buyruqbozlik tizimi salbiy oqibatlarini bartaraf etishdagi asosiy yo’nalishlar
sifatida ham qarash mumkin. Jumladan, aynan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi
davrida notug’ri yuritilgan ijtimoiy siyosat oqibatida yirik shaharlarda ishlab
chiqarishning xaddan ziyod to’planishi, kichik shahar va qishloq joylarda esa
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning past darajada qolishi tabaqalashuvni
keskinlashtirdi. Bunday yaroqsiz usul ayniqsa, mamlakatimizdagi ko’plab kichik
shahar va qishloqlardagi ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmaga salbiy ta’sir
ko’rsatdi. Respublika aholisining asosiy qismi qishloqlarda joylashganiga
qaramay, mavjud ortiqcha ish kuchi uchun yangi ish joylarini tashkil etish
muammosi hal etilmadi. Shunga ko’ra, bu muammoni tezlik bilan hal etishning
asosiy yo’llaridan biri kichik korxonalarni, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishga va
qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan kichik korxonalarni
tashkil etishdir.
Keyingi o’n yillikda jahondagi yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotidagi kichik
biznesning roli sezilarli darajada o’zgardi. Mazkur sohada YaIMning salmoqli qismi ushbu sohada ko’proq ishlab chiqarilmoqda, ishchi kuchi aksariyat
qismining ish bilan bandligi ta’minlanmoqda, barcha innovasiyalarning yarmidan
ko’proq qismi yaratilmoqda.
Rivojlangan davlatlarda tajribasi tadbirkorlik sohasida shuni ko’rsatadiki,
kichik biznesni rivojlantirishdan qator mamlakatlarda iqtisodiy siyosatning o’ziga
xos dastagi sifatida foydalanib kelinmoqda. Jumladan:
- ishchi kuchi bandligini ta’minlashning asosiy sohasi;
- iqtisodiyot innovasiya salohiyatini rivojlantirish manbai;
- ishlab chiqarish faoliyati yangi shakllarini izlash va joriy etish manbai;
- davlat byudjetni soliq bilan to’ldirish (masalan, Germaniyada soliqlarning
deyarli yarmini kichik biznes ta’minlaydi);
- ishlab chiqarish pasayishining oldini olish (Vengriya, Chexiya, Polsha); yirik biznes bilan uzviy bog’lik holda, mamlakat barqaror rivojlanishi hamda uning iqtisodiyoti raqobatdoshligini oshirishning asosi. Ushbu yo’nalishlarni quyidagi jadval orqali yaqqol tasavvur etish mumkin
Tadbirkorlikning iqtisodiyot rivojidagi muhim o’rni shu bilan ham belgilanadiki, u aholining ishbilarmonlik faolligini oshirishning, bozor iqtisodiyoti sharoitida hal qiluvchi bunyodkor kuch bo’lgan tadbirkorlikni shakllantirishning
samarali vositasi hisoblanadi. Aynan shu soha tufayli markazlashgan tarzda
foydalanishning iloji bo’lmagan ichki zaxiralar - aholining bo’sh pul mablag’lari,
moddiy va mehnat resurslarini harakatga tushirish imkoni vujudga keladi.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikga keng yo’l ochish orqali
halqning ma’naviy qadriyatlarini - milliy hunarmandchilikni yanada
rivojlantirishga, unutilgan sohalarni qayta tiklashga imkon yaratiladi.
Ma’lumki, bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri – atrof –
muhitni muhofaza qilish muammosidir. Chunki insoniyat tomonidan ekstensiv
xo’jalik yuritish orqali tabiatga o’tkazilgan tazlik, yer osti va yer usti boyliklaridan
ayovsiz foydalanish hozirda o’z oqibatini ko’rsatmoqda. Endilikda atrof – muhitni
ifloslantiruvchi, o’zidan zararli chiqindilarni chiqaruvchi, barcha tirik
organizmlarni zaxarlovchi yirik korxonalarning faoliyatiga mutlaq erk berish -
insoniyat uchun jiddiy xatardir. Bu muammo esa ko’proq mahalliy xomashyolarni,
yirik sanoat korxonalarining chiqindilarini qayta ishlash qobiliyatiga ega bo’lgan,
ishlab chiqarishda chiqitsiz texnologiyalardan samarali foydalanuvchi hamda eng
muhimi, atrof – muxitga deyarli ta’sir ko’rsatmaydigan zamonaviy texnologiyalar
bilan qurollangan kichik korxonalarning ko’prok tashkil etilishi orqali hal etilishi
mimkin.
Mamlakat iqtisodiyotida xususiy tadbirkorlikning ahamiyatli tomonlaridan
yana biri shundaki u yirik kompaniyalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni
bilvosita rag’batlantiradi. Ko’pincha kichik korxonalarning yirik yakkaxukmron
ishlab chiqarishga bog’liqligi ta’kidlanadi. Birok bu bog’liqlik bir tomonlama
bo’lmay, aslida yirik korxonalar faoliyatini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
yordamisiz tasavvur etish mumkin emas. Ko’plab mayda va o’rta kompaniyalar
yirik korxonalar uchun turli ishlarni bajarib, butlovchi detal va qismlarni yetkazib
berib, ularning ichki pudratchisiga aylanadi. Ichki pudrat tizimi yakkaxukmron
ishlab chiqaruvchilar uchun o’ta foydalidir. U boshqaruv xarajatlarini qisqartirish,
mahsulot tannarxini pasaytirish va sifatini oshirish, unchalik foyda bermaydigan
turli ishlarning katta qismini mayda tadbirkorlarga yuklash orqali yakkaxukmron
korxonalarning kapital tejashlariga imkon yaratadi.
Bundan ko’rinadiki, hozirgi paytda mamlakatimizda kichik biznes
korxonalarining yanada rivojlanishi yirik korxonalar rivojlanishi va ular o’rtasidagi
kooperasion aloqalarning chuqurlashuviga bog’lik. Bu borada, ayniqsa, yetakchi
korxonalarni modernizasiya qilish va yangilash jarayonlari imkoniyatlaridan keng
foydalanish lozim.
Buning uchun yangi zamonaviy korxonalarni barpo etish bilan bir qatorda,
mavjud yirik korxonalarni tarkibiy qayta tuzish orqali kichik zamonaviy
korxonalar faoliyatini yo’lga qo’yish muhim hisoblanadi.
Iqtisodiyotning turli soha va jarayonlari o’rtasidagi mutanosiblikni
ta’minlash muammosi unda faoliyat ko’rsatayotgan xo’jalik yuritish shakllarining
oqilona nisbatlariga ham bog’likdir. Xususan, iqtisodiyotdagi korporativ
tuzilmalar, transmilliy korporasiyalar va boshqa turdagi yirik korxonalar bilan
kichik biznes va xususiy korxonalar o’rtasidagi dialektik bog’liklik aynan shunday
mutanosiblikni taqozo etadi.Kichik biznes sektori iqtisodiyotdagi yirik korxonalar
sektorining zaif jixatlarining ta’sirini kamaytiradi, ular uchun samarasiz bo’lgan
jarayonlarni bajarib, yaxlit iqtisodiyotdagi «bo’shlik»larni «tuldirib» turadi.
Milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va
unyng natijalarini aks etgaruvchi ko’rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori
bo’lishiga ham bog’liq ekani shubxasizdir.
Quyidagi jadvalda Samarqand viloyati bo’y’icha xorijiy capital ishtirokidagi
korxonalar aks ettirilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
«Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlantirish to'g‘risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuni. Т.: O'zbekiston, 1995.
Kichik biznes va tadbirkorlik: (oliy o‘quv yurtlarining barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qo'llanm a) / M.R. Boltaboyev (va boshq.); 0 ‘zR Oliy va o ‘rta-maxsus ta’lim vazirligi. — Т.: Noshir, 2011. — 280 b.
https://uz.periodicalfinance.com/10584261-organizational-and-legal-forms-of-entrepreneurial-activity
|
| |